Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet42/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

1.Izohli lug‘at. So‘zlarning ma’nosi, qo‘llanishi, nutqdagi semalari, fonetik va grammatik xususiyatlarini ochib beruvchi lug‘at. Masalan: “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”. M., 1981, 1-2 jildlar; Ожегов С.И.ning “Толковый словарь русского языка. 20-e изд., M., 1988; O‘TIL – 60000dan ortiq so‘z va so‘z birikmasini o‘z ichiga oladi.
2. Tarjima lug‘at. Bir tilga oid so‘z va iboralarni boshqa bir yoki bir necha tilga o‘girib ifodalovchi manbalar. Bunday lug‘atlar har bir til leksikografiyasida juda ko‘p tuzilgan va yaratilmoqda. Masalan:
Nemischa – o‘zbekcha lug‘at. T., 1964;
O‘zbekcha- nemischa lug‘at. T.,1967;
Inglizcha – ruscha, ruscha- inglizcha lug‘at. Bishkek, 1995.
Ruscha –o‘zbekcha lug‘at. M., 1954.
Ruscha-o‘zbekcha lug‘at. М., 1950-1955;
Arabcha-o‘zbekcha lug‘at. 1986 va h.
3. O‘zlashma so‘zlar lug‘ati. Bunday lug‘atlar bir tilga o‘zlashgan, lekin tarjima va izohni talab qiladigan so‘zlar asosida tuziladi. Usmonov O., Doniyorov R. “Ruscha –internatsional so’zlar lug‘ati”ni nashr ettirganlar. (T., 1965) Yana «Словарь иностранных слов». 18-e изд., M., 1989. lug‘ati ham mavjud.
4. Tarixiy lug‘atlar. So‘zlarning qachondan boshlab va qanday kelib chiqishi, dastlabki fonetik, semantik, morfemik va grammatik shakllari rivojini ochib beruvchi lug‘atlar. O‘zbek tilida tom ma’noda bunday lug‘atlar hali yaratilmagan, biroq E.Fozilovning “Староузбекский язык: Харезмские памятники. XIV века” ( ч.1-2., T., 1966, 1971) asarini shunday manbalar sirasiga kiritish mumkin.
5. Imlo lug‘ati. Muayyan bir tilning orfografik qoidalari, imloviy prinsiplari asosida to‘g‘ri yozishni o‘rgatuvchi lug‘atlar. O‘zbek lug‘atchiligida hozirga qadar 20 dan ortiq imlo lug‘atlari yaratilgan. Shulardan eng mukammali 1975-yilda nashr qilingan, 6500 so‘z va so‘z shakllarini o‘z ichiga oluvchi lug‘atdir. Lotin grafikasiga asoslangan Yangi o‘zbek imlo lug‘ati esa 1995-yilda bosilib chiqdi.
6. Qiyosiy (tipologik) lug‘atlar. Bir oilaga mansub tillarni o‘zaro chog‘ishtirib izohlovchi manbalar: Будагов Л. «Сравнительный словарь турецко-татарских наречий». ч. 1-2., 1869; Радлов В.В. «Опыт словаря тюркских наречий. 1-4. С.-Пб. 1888-1911.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling