7. Sheva lug‘ati. Bir til doirasidagi sheva. Dialekt va lahjalariga xos bo‘lgan fonetik yoki semantik jihatlarni adabiy til bilan solishtiruvchi lug‘atlar: O‘zbek xalq shevalari lug‘ati, 1971; Cловарь русских народных говоров. M., 1965-74.
8. Orfoepik lug‘at. To‘g‘ri talaffuz qoidalarini, ya’ni adabiy talaffuz me’yorlarini ko‘rsatuvchi lug‘at. Sodiqova M., Usmonova O‘.O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati. T., 1977.
9. Frazeologik lug‘at. Frazeologik so‘z va iboralar ma’nosini sharhlaydigan manba: Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. T., 1978. Sodiqova M. Ruscha – o‘zbekcha frazeologik lug‘at. 1972; Jukov V. Фразеологический словарь русского языка. M., 1967.
10. Morfem lug‘at. So‘zlarning morfem tarkibini tahlil qiluvchi qomus: G‘ulomov A.va b. O‘zbek tilining morfem lug‘ati. T., 1977.
11. Ma‘lum bir yozuvchi yo asar tilini sharhlovchi lug‘at. Bular sirasiga: A.Navoiy asarlari tiliga bag‘ishlangan “Abushqa” lug‘ati; Navoiy asarlari lug‘ati, 1972; A.Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati, 1-4-j.lar. 1983-1984; Словарь языка Пушкина. 1-4, M, 1956-61; Hasanov B. “Qur’oni Karim” so‘zlarining arabcha-o‘zbekcha ko‘rsakichli lug‘ati, 1995.
12. Etimologik lug‘atlar. So‘zlarning kelib chiqishini beruvchi lug‘at. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. T., 2000; Севортян Э.В. Этимологический словарь тюркских языков, shuningdek, Фасмер M. Этимологический словарь русского языка. M., 1964-73.
13. Sinonimlar lug‘ati: Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. T., 1980; Словарь синономов русского языка. 3-e изд. M., 1971.
14. Omonimlar lug‘ati. Aхманова О.С. Словарь омонимов русского языка. M., 1974, o‘zbek tilida ham omonimlarning izohli lug‘ati mavjud.
15. Antonimik lug‘at. Rahmatullayev SH. va b. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati. T., 1980.
16. Antroponimik lug‘at. Begmatov E. O‘zbek ismlari lug‘ati. T., 1991.
17. Toponimik lug‘at. Do‘simov Z, Egamov X. Joy nomlarining izohli lug‘ati. T., 1977.
Do'stlaringiz bilan baham: |