Tilshunoslik nazariyasi
Download 0.85 Mb.
|
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020
Taktlar bo`g`inlarga ajraladi. Bo`g`in ham nutqning bir bo`lagidir. Bo`g`in bir yoki bir necha tovushlar birikmasining bir havo zarbi bilan aytilishidan hosil bo`ladi. Har qanday tovush bo`g`in hosil qilavermaydi. Unli tovushlargina bo`gin hosil qiladi. Masalan, maktabimiz so`zida to`rt unli ishtirok etganligi tufayli bu so`z to`rt bo`g`inga ajraladi: mak –ta –bi -miz yoki rus tilidagi книга, вода, партаso`zlari tarkibidagi unlilarga qarab ikki bo`g`inga ajraladi. Ba’zi tillarda bir bo`g`in tarkibida ikki va undan ortiq unli ishtirok etishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda diftong atamasi bilan qo`llaniladi. Diftong yunoncha so`z bo`lib, “qo`sh tovush “degan ma’noni bildiradi. Ayrim tillarda bu hodisani kuzataylik : Qirg`iz tilida – tooda – tog`da Ingliz tilida – you – siz Fransuz tilida – moi – men
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling