Tilshunoslik nazariyasi


Por-Royal grammatikasi (umumiy ratsional grammatika)


Download 218.44 Kb.
bet5/7
Sana14.12.2022
Hajmi218.44 Kb.
#1006335
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
24.Tursunaliyerva Shahzoda

Por-Royal grammatikasi (umumiy ratsional grammatika)

  • Por-Royal grammatikasi qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratildi. Ammo u qiyosiy yoki chog‘ishtirma grammatika emas, balki mantiqiy-tipologik grammatika hisoblanadi. Ushbu grammatika o‘z oldiga «barcha tillarga xos umumiy printsiplarni va ularda uchraydigan farqlarning sabablarini» aniqlash vazifasini qo‘yadi.
  • Por-Royal grammatikasi ikki qismdan - fonetika va grammatikadan iborat bo‘lib, olti bobdan tashkil topgan birinchi qismda tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘inga ajratish kabilar haqida ma‘lumotlar beriladi. Grammatikaning yigirma to‘rt bobdan iborat ikkinchi qismining yigirma uch bobida esa morfologiya masalalari - ot, sifat, olmosh, fe‘l, sifatdosh, ravish, bog‘lovchi, undov ularga xos xususiyatlar, kategoriyalar; faqat oxirgi yigirma to‘rtinchi bobida esa sintaksis masalalari so‘z birikmasi va gap kabilar haqida fikr yuritiladi.

RUS TILSHUNOSLIGI

  • XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa rus sharqshunoslik maktabining tashkilotchilari va buyuk vakillari V.R.Rozen, V.V.Bartold, qadimgi Sharq mamlakatlari va misr tillari bo‘yicha eng yirik mutaxassis B.A.Turaev, semit tillari bo‘yicha P.K.Kokovtsov, turkiy tillar bo‘yicha N.I.Il`minskiy, N.I.Ashmarin, V.V.Radlov, P.Melioranskiy, mo‘g‘ul tili bo‘yicha O.M.Kovalevskiy, B.YA.Vladimirtsov, arab tili bo‘yicha V.F.Girgas, I.YU.Krachkovskiy, F.YE.Korsh, hind tili bo‘yicha K.A.Kossovich, I.P.Minaev, eron tillari bo‘yicha V.F.Miller, K.G.Zaleman, V.A.Jukovskiy, xitoy tili bo‘yicha V.P.Vasilev, P.Kafarov, V.M.Alekseev, suriya tili bo‘yicha M.Nikolskiy va boshqa taniqli olimlar ish olib bordilar.

LOMONOSOV

  • Buyuk qomusiy olim M.V.Lomonosov o‘z asarlari, grammatikaga, notiqlikka va uslubshunoslikka oid tadqiqotlari bilan rus tilshunosligining mustahkam poydevorini qurib berdi. U 1755 yilda rus tilining birinchi grammatikasini –«Rossiya grammatikasi» asarini rus tilida e’lon qildi, ya‘ni M.V. Lomonosovgacha rus tili bo‘yicha e’lon qilingan ishlar ayni tilda yaratilmagan edi.
  • M.V.Lomonosov grammatika haqida shunday deydi, «Grammatikasiz notiqlik ma’nosiz («o‘tmas»), she’riyat to‘mtoq, falsafa asossiz, tarix yoqimsiz, huquq ishonchsizdir».
  • M.V.Lomonosovning «Rossiya grammatikasi» asari olti bo‘limdan (nasihatdan) iborat. Bular quyidagilar:
  • 1. So‘z haqida;
  • 2. Orf oepiya va orfografiya haqida;
  • 3. Nom (ot) haqida;
  • 4. Fe’l haqida;
  • 5. Ko‘makchi (yordamchi) so‘zlar haqida;
  • 6. Sintaksis haqida.

Download 218.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling