Tilshunoslik va madaniyatshunoslik. Lingvokulturologiya


Download 82 Kb.
bet1/3
Sana11.11.2023
Hajmi82 Kb.
#1766627
  1   2   3
Bog'liq
Tilshunoslik va madaniyatshunoslik

Tilshunoslik va madaniyatshunoslik. Lingvokulturologiya

Reja:


    1. Madaniyat‖ tushunchasi. Jamiyat, madaniyat va inson.

    2. Til va milliy madaniyat mushtarakligi.

    3. Lingvokulturologiya insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fan sifatida.

Tayanch so’z va iboralar: til, madaniyat, inson, jamiyat, tamaddun, madaniyatlilik, olamning lisoniy manzarasi, muqobilsiz leksika va lakunalar, mifologiyalashtirilgan til birliklari, maqol va matallar, frazeologik birliklar, o„xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metafora va obrazlar, nutqiy muomala madaniyati

  1. Madaniyat” tushunchasi. Madaniyat va inson. Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma‘naviy boyliklarda ifodalanadi. ―Madaniyat‖ tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o’zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo’llaniladi. Tor ma‘noda ―madaniyat‖ termini kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

―Madaniyat‖ arabcha madina (shahar) so’zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – ko’chmanchi holda dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda o’troq holda yashab, o’ziga xos turmush tarziga ega bo’lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.1
―Madaniyat‖ (arabcha ―madaniyat‖ – madinalik, shaharlik; ta‘lim- tarbiya ko’rganlik) so’zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi – Madina shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta‘lim-tarbiyani asosan Madinada olganlar.2
O’zbek tilida madaniyat so’zi (arab. – sivilizatsiya) quyidagi ma‘nolarda qo’llaniladi: 1) jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida qo’lga kiritgan yutuqlari; 2) biror ijtimoiy guruh, sinf yoki alqning ma‘lum davrda qo’lga kiritgan shunday yutuqlari; 3) o’qimishlilik, ta‘lim-tarbiya ko’rganlik, ziyolilik, ma‘rifat;
4) madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit; 5) qishloq xo’jaligida o’simlik yoki ekin turlarini o’stirish, yetishtirish. 3
Yevropada ―madaniyat‖ deyilganda, dastlab insonning tabiatga ko’rsatadigan maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim- tarbiya berish tushunilgan (lot. cultura - yerni ishlash, parvarishlash; tarbiya, rivojlanish, hurmatlash, ehtirom; ruschadagi ―kultura‖ so’zi ham shundan olingan).
XVIII asrdan e‘tiboran kultura so’zi bilan insonning faoliyati, uning aniq bir maqsadga yo’nalgan fikrlashi tufayli yuzaga kelgan barcha narsalar tushunila boshlangan. Biroq mazkur so’z dastlab
―insonni tabiatga ta‘siri, inson manfaatlari yo’lida tabiatni o’zgartirish, ya‘ni yerni ishlash‖ ma‘nosida qo’llanilgan. Kultura – ijtimoiy- gumanitar bilishning fundamental tushunchalaridan biri sanaladi. Mazkur so’z XVIII asrning ikkinchi yarmi (―Ma‘rifat asri‖)dan boshlab ilmiy termin sifatida iste‘molga kirgan.4 Madaniyat faqat mavjud me‘yor va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini rag’batlantirishni ham o’z ichiga olgan. Demak, madaniyat biologik mahsulot emas, balki ijtimoiy mahsulotdir.
Madaniyat moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o’zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta‘lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko’rsatish, turmush tarzi kabilar bilan bog’liq keng qamrovli voqeadir. Shuning uchun u jamiyat bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Jamiyatdan tashqarida madaniyat yo’q. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o’zgarish madaniyatga ta‘sir ko’rsatadi va u bu munosabatlarning qanday natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Shu boisdan madaniyat nafaqat o’tmish yoki bugunga, balki kelajakka munosabatdir.
Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko’rsatkichidir. Shu bilan birga insonning o’zi ham, pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Hatto, aytish mumkinki, madaniy muhit qanday bo’lsa, inson ham shunday shakllanadi.
Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalqdir. Xalq madaniyatida avlodlar yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklar jamlangan. Ularni o’zlashtirmay, bilmay turib madaniyatli kishi bo’lib yetishish qiyin. Shuning uchun barkamol insonni shakllantirishda madaniyatning o’rni katta.


  1. Download 82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling