241
SUN’IY TIL. Insonning tabiiy tilidan farq qiluvchi, biror
shaxs tomonidan maxsus lshlab chiqilgan yordamchi til. Mas.,
e
speranto (L.Zamengof, 1887),
volapyuk (L.Shleer, 1870). XX
asrning birinchi yarmida 400 ga yaqin sun’iy
tillar ishlab
chiqilgan.
SUPERSEGMENT
BIRLIKLAR.
Urg‘u,
ohang,
melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so‘zga, frazaga,
gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo‘lishi bilan segment
birliklardan farq qiladi.
SUPERSEGMENTAL FONETIUM (PROSODIKA).
Nutqning bo‘g‘in, takt, fraza kabi birliklarini o‘rganuvchi
fonetika bo‘limi.
SUFFIKS (lot. suffixus –
qadalgan, biriktirilgan)
. So‘z
o‘zagiga qo‘shilib, uning ma’nosini o‘zgartiradigan yoki
boshqa so‘z bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan morfema;
qo‘shimcha.
TABIIY TIL. Kishilar o‘rtasida aloqa,
fikr almashuv
vositasi sifatida qo‘llanayotgan eng muhim aloqa vositasi.
TABU. Diniy e’tiqod, irim, qo‘rqish ta’sirida ayrim
so‘zlarning qo‘llanishini
cheklash va man etish; ishlatilishi
cheklangan so‘zlar. Masalan,
chayon so‘zi o‘rnida
eshak, oti
yo‘q so‘zlarining ishlatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: