Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

ASSIMILYATSIYA ing. assimilation, nem. Assimilation, Angleichung, rus. upodo-
bleniye. Bir turdagi tovushlarning-undoshlarning bir-biriga o’xshab ketishi. 
DISSIMILYATSIYA ing. dissimilation, nem. Dissimilation, Entahnlichung. Ikki bir xil 
yoki bir-biriga o’xshash bo’lgan tovushlardan birining boshqa tovushga o’zgarib 
ketishi. Masalan: fevral - fevrar. 
FONEMA ing. phoneme, nem. Phonem. So’z va morfemalarni farqlash uchun xizmat 
qiladigan tovush tipi. 
FONEMA VARIANTI ing. phoneme variant, nem. Variante eines Phonems. Bir 
fonemaning boshqa ko’rinishi. So’z ma’nosini o’zgartirmaydi. Masalan: [R] [r] . 
SINGORMONIZM ing. vowel harmony, vocalic harmony, nem. Vokalharmonie, 
Harmonisierung, assimilatorische Umfarbung, rus. garmoniya glasnix. Affikslardagi 
unlilarning o’zakdagi unlilar bilan moslashuvi, ohangdoshligi, o’xshab ketishi. 


74 
KOMBINATOR O’ZGARISHLAR ing. combinative change, nem. kombinatorische 
Veranderungen. Tovushlarning kombinatsiyasi (qaysi tovush bilan yonma -yon 
kelishiga) ko’ra o’zgarishi. 
POZITSION O’ZGARISHLAR  ing. positional change, nem. pozitionelle Verander-
ungen. Tovushlarning joylashuviga ko’ra o’zgarishi: Anlaut, Inlaut, Auslaut. 
METATEZA Tovushlarning so’z ichida o’rin almashuvi. Masalan: daryo -dayro
yomg’ir-yog’mir, ahvol-avhol, tuproq-turpoq, to’g’ramoq-to’rg’amoq. 
PROTEZA So’z boshida bitta unlining orttirilishi. Stol-istol, stul-istul, Stambul-
Istambul. 
EPENTEZA Ikki undosh orasiga unli qo’shish. Fikr-fikir, hukm-hukum, nutq-nutiq, 
matn-matin, ilm-ilim. 
 
MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI 
 
Fonetika grekcha “phone” so’zidan kelib chiqqan. Tilshunoslikda tilning 
tovushlar tizimi haqidagi fan FONETIKA deb yuritiladi.
Nutq tovushlari inson a’zolarining harakati natijasida vujudga keladi, yani 
o’pkadan chiqayotgan havo tovush paychalarini tebratib, bo’g’iz, og’iz yoki burun 
bo’shlig’ida turli shaklga kiradi, havoda to’lqin hosil qiladi. Agar ushbu to’lqin 
qulog’imizga yetib borsa biz uni nutq tovushi sifatida eshitamiz. 
Tovushlarning nutq organlari vositasida hosil qilinishi masalasi bilan FISI-
OLOGIYA shug’ullanadi. Nutq organlarining faoliyati natijasida hosil bo’lgan 
to’lqinlarning xususiyatlari masalasi bilan fizika fanining tarmog’i AKUSTIKA 
shug’ullanadi. Hosil bo’lgan tovushlar lingvistik ma’noga ega bo’lishi yoki 
bo’lmasligi mumkin. Tovushning ma’no ajratish funksiyasini tilshunoslikning tar-
mog’i bo’lgan FONOLOGIYA o’rganadi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling