Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- F o n e t i k
- M o r f o l o g i k
- S i m v o l i k
- “SO’G’D” va “HORAZMIY
O r f o g r a f i y a alifboning yozuvdagi qo’llanish qoidalari, so’zlarning
yozilishi va bo’g’in ko’chirish masalalari bilan shug’ullanadi. Alifb olarning tuzilishi ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu qonuniyatlar tilshunoslik fanida alifbolarning tuzilish prinsiplari deb yuritiladi. Alifbolar quyidagi prinsiplar asosida tuziladi: - Fonetik prinsip. - Tarixiy (an’anaviy) prinsip. - Morfologik prinsip. - Simvolik prinsip. F o n e t i k prinsipga ko’ra talaffuzda qanday tovush eshitilsa, alifboda shunga mos keladigan xarf yoziladi. O’zbek tilidagi -ga , - ka, - qa qo’shimchalari bunga misol bo’la oladi. T a r i x i y prinsip sözlarning avvalgi yozilishi o’zgarmay qolishini taqozo qiladi. Hozirgi ingliz va farang tili alifbolari ushbu prinsip asosida tuzilgan. M o r f o l o g i k prinsipga ko’ra so’zlarning yozilishi grammatik nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Bir morfema turli so’zlarda turlicha talaffuz qilinish idan qat’iy nazar bir hil yoziladi. Masalan: rus tilidagi ayrim so’zlarda yumshatish belgisi “Ь” undoshni yumshatish uchun emas, balki so’zning qaysi grammatik ro dga tegishli ekanligini ifodalash ucungina qo’llaniladi: мышь, фальш, ночь, тушь. Nemis tilidagi otlarning bosh xarf bilan yozilishi ham bunga misol bo’la oladi. S i m v o l i k prinsip yozuvda omonimlarni farqlash uchun qo’llaniladi. Masalan: rus tilida кампания-компания, поджëг- поджог, роза- Роза va boshqalar. Ingliz tilida “tun” va “suvoriy” so’zlari bir hil talaffuz qilinadi, yozuvda esa b i- ri“night”, ikkinchisi “knight” tarzida yoziladi. Nemis tilidagi “viel” va “fiel” so’zlari ham bir xil talaffuz qilinadi. Jahonda quyidagi yozuv tizimlari asosida tuzilgan alifbolar keng tarqa lgan: 1. Lotin yozuvi. Undan dunyo axolisining 30 % foydalanadi. 2. Fonetik arab yozuvi. 10 % 3. Slavyan-krill yozuvi. 10 % 4. Grafik xitoy yozuvi. 25 % 67 5. Bo’g’inli xind yozuvi. 20 % 6. Yunon, yahudiy, efiopiya, gruzin, arman va boshqa yozuvlardan dunyo axolisining 5 % foydalinadi. Misr, xitoy, shumer-vavilon, xett yozuvi qadimgi yunon yozuviga asoslangan bo’lib, ular xarf- tovush yozuvining eng qadimgi turlaridandir. Ular qatoriga qadimgi uyg’ur va u rxun- yenisey yozuvlari ham kiradi. O’rta Osiyo xalqlari qadimdan yozuv madaniyatiga ega bo’lganlar. Ular yo- zuvning eng qadimgi shakillari“SO’G’D” va “HORAZMIY” turlaridan foydalangan- lar. Ushbu yozuvlar “OROMIY” alifbosi asosida yuzaga kelgan. “So’g’d” yozuvin- ing qayta ishlanishi natijasida qadimgi turk “urhun -yenisey” yoki “run“ yozuvi yaratilgan. Uyg’ur yozuvi be’vosita so’g’d yozuvining davomi hisoblanadi. VIII asrdan boshlab arab yozuvi O’rta Osiyo mahalliy xalqlarining yozuvini siqib chiqara boshlagan. Natijada arab alifbosidagi 28 ta xarfga yana 4 ta (p, ch, j, g) xarf kiritilib o’zbek tiliga moslab olingan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling