Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U Q A D D I M A
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI H.Muhammadiyeva TILSHUNOSLIKKA KIRISH MA’RUZALAR MATNI Namangan – 2011 2 Tuzuvchi H.Muhammadiyeva Taqrizchilar: f.f.n dots.,Z.Sodiqov p.f.n S.Misirov Ma`ruzalar matni Ingliz tili va Leksika-stilistika kafedrasining 2011 yil 26.08.11 №1 bayonnomasi yig`ilishida muhokama qilinib tasdiqlandi va ko`paytirishga tavsiya etildi. Mazkur ma’ruzalar matni filolog ixtisosini egallamoqchi bo`lgan talabalar uchun asosiy predmet hisoblanadi. Birinchi bosqich talabalari tilshunoslik nazariyasiga kirish kursini o`rganadilar. Mazkur ma’ruzalar matni talabalarga “Tilshunoslikka kirish” kursining nazariy masalalarini o`rganish, o`zlashtirish va takrorlash borasida yordam beradi. Shuningdek, sinovlar, seminar va amaliy mashg’ulotlarda, mustaqil ishlarni ba- jarishda qo`l keladi deb umid qilamiz. Mazkur ma’ruzalar matni oliy o`quv yurtlarining filologiya, xorijiy tillar fakultetlari talabalari, o`rta maktab, litsey va kollej o`qituvchilari, o`quvchilari hamda tilshunoslik muammolari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo`ljallangan. Namangan 2011 3 M U Q A D D I M A Qo'llanma "Tilshunoslikka kirish" kursining asosiy masalalarini qamra gan xolda 16 ta mavzuga bo'lingan va har mavzuga bir ma'ruza bagishlangan. Ma'ruzalar quyidagicha: - Mavzuga oid asosiy masalalar (reja o'rnida); - Mavzudagi lingvistik atamalar izohi; - Mavzuga oid masalalar bayoni; - Mashq va nazorat uchun savol va topshiriqlar; - Adabiyot. O'quvchi ma’ruza matnida ganday masalalar ko'rib chiqilganligini bilish uchun rejaga murojaat qilishi mumkin. Ma'ruzalarda qo'llangan atamalarning muqobillari ingliz, nemis, rus tillarida berilgan va ular o’zbek tilida izohlangan. Mavzuga oid asosiy tushunchalar bayoni qismida mavzu sodda, tushunarli, lo'nda, qisqa, turli chizmalar yordamida tezis shaklida bayon ilingan. Ma'ruza mavzusiga oid savol va topshiriqlar o’quvchini amaliy ishga yo'llash, bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Qo'llanmada "Tilshunoslikka kirish" kursi bo’yicha referat mavzularining tahminiy ro'yxati va referat yozish haqida uslubiy ko'rsatma ilova qilingan. Tilshunoslikka oid savollar va ularning qisqacha javoblari talabaga o'zini sinab ko'rish imkoniyatini beradi. Qo'llanma talabalarga tilshunoslikka kirish kursining nazariy masalalarini o'r- ganish, o'zlashtirish uchun yordam beradi. Shu bilan birga sinov va imtixonlar, seminar va amaliy mashgulotlar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga tayyorgarlik ko'rishda qo'l keladi deb umid qilamiz. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining filologiya, xorijiy tillar fakultetlari talabalari, o'rta maktab o'quvchilari hamda tilshunoslik muammolari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. Muallif ushbu qo'llanmaning bunyodga kelishida moddiy, ma'naviy va ama- liy yordamini ayamagan Z.Sodiqov, S.Raximov, T.No'monov, Sh. Qayumov, A. A'za- mov va R.Saydalievga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Shu bilan birga uning mazmunini yaxshilashga yordam beradigan har qan day fikr-mulohazalarni mamnuni- yat bilan qabul qiladi. 4 Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling