Tilshunoslikka kirish


-§. LUG’AT SATHI TARAQQIYOTIDAGI ICHKI OMILLAR


Download 0.59 Mb.
bet41/78
Sana28.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1021918
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Bog'liq
Xolmanova Tilshunoslikka kirish darslik-2005

25-§. LUG’AT SATHI TARAQQIYOTIDAGI ICHKI OMILLAR. So’z yasalishi

So’z yasash yo’llari, usullari so’z yasalishi bahsida o’rganiladi. So’z yasalishi asosan ikki usul bilan amalga oshadi: affiksatsiya usuli va kompozitsiya usuli.



  1. Affiksatsiya usuli mustaqil ma’noli morfemaga, so’zning o’zak-negiziga so’z yasovchi qo’shimchalarni (affikslarni) qo’shish orqali yangi so’z yasashdir. So’zning o’zak-negiziga yasovchi qo’shimchalar qo’shish bilan hosil bo’lgan yangi so’z yasama so’z deyiladi (sodda so’zlar tuzilishi jihatdan ikki xil bo’ladi; tub va yasama so’z. Tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etmagan so’z tub so’z deyiladi.)

Ot, sifat, fe’l, ravish yasovchi qo’shimchalar so’z yasovchi hisoblanadi. Affiksatsiya so’z yasashda unumli usuldir: chiroy-li-chiroyli; mulk-dor-mulkdor; qahramon-ona-qahramonona, qahramon-larcha-qahramonlarcha.

  1. Kompozitsiya usuli (so’zlarni qo’shish) orqali qo’shma so’zlar hosil qilinadi. Birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemaning (mustaqil so’zning) birikib, yaxlit bir lug’aviy ma’noni ifodalashi qo’shma so’z deyiladi: oqqush, toq qaychi, molboqar, temir yo’l, asalari, oshqozon, tomorqa, qizilishton, bo’rikalla, karnaygul.

Ko’rpacha, qattiq, suyuq, silliq, quyuq, tirik, tiril, moddiy, siyosiy, maishiy, emakla, g’ovla, o’dag’ayla, tarashla, ko’chmanchi, tiqmachoq, bo’g’iz, bosqich, zarurat, po’stloq, quloqchin, qoldiq, shodiyona, biror (biron), bezor, oqliq, sholcha, qishloq, qizg’in, chirkin... kabi so’zlar hozirda yasama deb emas, tub so’z sifatida qaraladi. Bulardan tashqari so’z yasashning quyidagi usullari ham uchraydi.

  1. Fonetik usul: ko’r-ko’z, bo’r-bo’z. So’z urg’usini ko’chirish orqali so’z hosil qilish ham fonetik usul hisoblanadi: yangi (sifat)-yangi(ravish).

  2. Semantik usul; so’z ma’nosining o’zgarishi asosida yangi so’zning hosil bo’lishi: to’garak-aylana, to’garak-mashg’ulot, uloq (hayvon) uloq(sport turi). ko’k-rang, ko’k-osmon, yupqa-qalin emas, yupqa-taom nomi; kun(sutkaning yorug’ qismi)- kun(quyosh).


  3. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling