Tilshunoslikning zamonaviy sohalari
Logistikani sohalarda qo’llanilishi
Download 231.25 Kb.
|
Tilshunoslikning zamonaviy sohalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar royxati
Logistikani sohalarda qo’llanilishi
Keyingi yillarda dunyo tilshunosligida tilni undan foydalanuvchi shaxsning nutqiy faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati, yoshi, jinsi kabilar bilan bog’liq holda o’rganishga, tilning inson nutqiy faoliyati jarayonida kuzatiluvchi funksional imkoniyatlari tadqiqiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o’tgan asrning oxirida tilni shaxs omili bilan bog’liq holda o’rganish metodologiyasiga asoslangan va o’ziga xos tahlil usullariga ega antroposentrik tilshunoslikning turli yo’nalishlari ajralib chiqdi. Bugungi kunda kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika, neyrolingvistika kabi mazkur yo’nalishlar o’z tadqiq obyekti, predmeti, aniq qo’yilgan maqsad, vazifalari, tahlil usullariga ega Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti hisoblanadi. Shunga asosan, bu ikki fanning sintezi sifatida, kesishgan nuqtada psixolingvistika (lingvopsixologiya) yo‘nalishi yuzaga keldi. U ichki nutqni tekshirish jarayoni, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi Psixologik yo‘nalish bilan bog‘liq muammolar tilshunoslikka naturalistik va logik ta’lim egalarining g‘oyalari bilan bog‘liq ravishda kirib kelgan Tilshunoslik nafaqat individning psixologik xarakterini, balki uning nutqini ham tadqiq etadi. Qariyb yuz yildirki, psixologiyaning turli xil aspektlarida nutq o‘stirishning nutqiy ijodiy yondashuvdagi suhbat me’yorlari faoliyatiga aloqadorligi alohida o‘rganilgan. Inson ma’lum miqdordagi tajriba, qoidalar yordamida yangidan yangi jumlalarni yaratish qobiliyatiga ega Psixolingvistika sohasidagi nazariy va amaliy xarakterdagi ayrim umumiy hamda xususiy masalalar bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Birinchidan, matnning semantik tuzilishini modellashtirish, qabul qiluvchi va matnning o'zaro ta'sirida shakllanadigan matn tushunchasini yetarli darajada aks ettirish muammosini hal qilish zarur. Ikkinchidan, matnning semantik tuzilishini shunday o'rganish kerakki, ushbu tadqiqot natijalari aloqa jarayonini optimallashtirish, semantik ma'lumotlarni mashinada qayta ishlash, chet tillarini o'qitish usullari va tarjima faoliyatini optimallashtirish uchun pragmatik ahamiyatga Sotsiolingvistika — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir ko’rsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan o’rni bilan bog’liq ko’plab muammolar majmuini o’rganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi. Ushbu muammolarning ayrimlari („til va jamiyat“) umumiy tilshunoslik doirasida ham o’rganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlar aro maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon bo’ladi. O’tgan asrning 70— 80 yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama — o’sha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan. Sotsiolingvistikadagi meʼyoriylik mezoni deyilganda tilning muayyan meʼyorlar asosida muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Til grammatikasiga oid qonun-qoidalarning yaratilishi meʼyorlashtirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Meʼyorlashtirilgan til muayyan jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, muayyan qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan milliy-adabiy tildir. Hududiylik tilning maʼlum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi. Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, anʼanalar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq. Millatning, hududning, tarixiy-etnik asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos bo‘ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi hududning farq qilishidan qatʼi nazar, aloqamunosabat vositasining bir xil bo‘lishini taʼminlaydi. Masalan, o‘zbek va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. Bir xil etnik asosga ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o‘rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar kuzatiladi. Ijtimoiy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni quyidagicha guruhlash mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. R.Rasulov. Umumiy tilshunoslik (oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun darslik). Toshkent-2012. 2. Shayxislamov, n. z. o. g. l. (2022). akademik litseylarning mutaxassislik yo'nalishlarida ona tili darslarini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarasi. central asian academic journal of scientific research, 2(4), 296-300 Download 231.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling