Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari Polonchi pistonchi
О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi
Download 1.65 Mb.
|
Tilshunoslikning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formal –funksional yо‘nalish
- Shakl va mazmunni tadqiq etish jarayoni
- Shakl-vazifaviy tomonni tadqiq etish
О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi О‘zbek tili sintaksisini sistemaviy о‘rganishga jiddiy e’tibor berildi. О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi ikki yо‘nalishda olib borildi: formal-semantik formal –funksional.Har ikki yо‘nalish ham о‘zbek tilining ichki tuzilishini obyektiv о‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Formal-semantik yо‘nalish Birinchi yо‘nalish bо‘yicha N. Mahmudov va A. Nurmonovlarning “О‘zbek tilning mazmuniy sintaksisi” (Toshkent: Fan, 1992), “О‘zbek tilining nazariy grammatikasi Sintaksis” (Toshkent 1995), S. Mahammatqulovning “О‘zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” (Toshkent 1998) kabi asarlari, M. Hakimovning matn pragmatikasi talqiniga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini misol qilishimiz mumkin.Formal –funksional yо‘nalish ikkinchi yо‘nalish bо‘yicha R. Sayfullayevaning qо‘shma gaplarning formal- funksional talqiniga doir qator tadqiqotlari, M. Qurbonovaning “О‘zbek tilida formal-funksional yо‘nalish va sodda gap qurilishining talqini ”mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi va boshqa bir qator nomzodlik dissertatsiyalari maydonga keldi. Bu tadqiqotlar о‘zbek tilshunosligini yangi pog‘onaga olib chiqdi. Har ikki yо‘nalish tarafdorlarining umumiy tomonlari shundaki, ularning barchasi tilning sistemaviyligi tamoyiliga asoslanadi.Shakl va mazmunni tadqiq etish jarayoni
Shakl-vazifaviy tomonni tadqiq etish Shakl-vazifaviy tomonni tadqiq etish natijasida gaplarning minimal va maksimal qoliplarini belgilash imkoni tug‘ildi. Maksimal qoliplarni tashkil etgan minimal birliklar о‘rtasidagi munosabat va minimal birliklarning kesimlik shakli asosida qо‘shma gaplarning yangicha tasnifi vujudga keldi. Kesimning atov (leksik) va grammatik (kesimlik shakllari) qismlarga ajratilishi va bu qismlarning valentligi asosida minimal qoliplarning kengayishini о‘rganish gapni tashkil etgan sintaktik uzvlarni bir necha darajalarga ajratish imkonini berdi. Natijada sintaktik bо‘laklarni rus tilshunosligi andazalari asosida faqat bosh va ikkinchi darajali bо‘laklarga ajratish an’anasidan tashqariga chiqish imkoniyati yaratildi.Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling