4.
Andisha – bu oqibatni o’ylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan muloxaza,
extiyotkorlik xissidir.
5.
An’ana – arabcha so’z bo’lib, uzoq zamondan beri avloddan-avlodga o’tib
kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir.
6.
Asos – o’zaro bog’langan ba’zan esa bir-birining o’rnini bosadigan
fikrlarqatori, masalan, davlat fikrlash asoslarida, agar yangi strategiyalar xuddi shu
maqsadda xizmat qilsa, xar bir bosqich ichida strategiyalarni almashtirish mumkin.
7.
Afsona – xalq og’zaki ijodi janri. Afsonalar og’izdan-og’izga, eldan-elga
o’tib yuradi.
8.
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo’lgan munosabatlarida
namoyon bo’ladigan xatti-xarakatlari, xulq atvorlari, odoblari majmui.
9.
Axloqiy tarbiya – insonni o’zgalarga zarari tegmaydigan jamiyatda o’z o’rni
bo’libgina qolmay, balki o’zgalarga nafi tegadigan qilib tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |