47.
Kuzatish – ilmiy bilimga tegishli ijodiy faoliyat bo’lib, ilmiy bilishdagi
amaliy metodlardan biridir.
48.
Liderlik – odamlarni o’z ketidan ergashtira oladigan, ularni boshqara
oladigan qobiliyatli shaxs.
49.
Madaniy-ma’naviy qadriyatlar – iqtisodiyot, madaniyat, tarix, tili, dini,
urf-odati, an’analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan
tabiiy va ijtimoiy xodisalar majmuidir.
50.
Madaniy meros – avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, axloqiy,
ilmiy, diniy va ruxiy qarashlar, xalq madaniyati va ijodi kabi moddiy xamda
ma’naviy boyliklar majmuidir.
51.
Madaniyat – arabcha so’zdan olingan bo’lib, u jamiyatni ishlab chiqarish,
ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo’lga kiritilgan yutuqlar majmuidir.
52.
Maktab – o’qituvchi raxbarligida ta’lim oluvchilarga ta’lim-tarbiya olib
boriladigan muassasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |