3.1.Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan o’rni. Umumta’lim
maktablarida tarbiya jarayonini oqilona boshqarishasosiy vazifalardan hisoblanadi.
Bunda sinf rahbari muhim o’rin tutadi. Va uning tarbiyaviy ishlardagi faoliyati
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, Xalq ta’limi vaziriligi tamonidan tasdiqlangan “Ichki tartib to’g’risidagi
Nizom” kabi bir qator ta’limga oid meyoriy –huquqiy hujjatlar bilan tartibga
solinadi.
Sinf rahbarining asosiy funksiyasi o’ziga biriktirilgan sinfda barcha tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish, yo’naltirish va muvofiqlashtirib borishdan iborat. Sinf rahbari
o’z faoliyatida o’z sinfini va alohida-alohida har qaysi o’quvchini o’rganishdan
boshlaydi. Ma’naviyati boy bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar bilan alohida-alohida
ishlashni amalga oshirishi, o’quvchilarga o’z ta’siri, metodlarini mohirlik bilan
qo’llashi kerak. Sinf rahbari ko’rgazmali qurollardan samarali foydalanish,
o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatini
o’stirishda , ularni har tomonlama kamol toptirishda yordam beradi. U bu funksiyani
bajarishda o’quvchilar bilan individual va jamoaviy munosabatga kirishadi. Shu
ma’noda quyidagi modelga diqqat qiling:
37
Do'stlaringiz bilan baham: |