Tim majmua 2020-21


 Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini baholash mezonlari.    Baholash –


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

3. Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini baholash mezonlari.    Baholash – 
bu  tarbiyaviy  ko’nikma  va  axloqiy  malakani  o’zlashtirganini    aniqlashdir,  mezon 
esa  aniqlashga  qo’yiladigan  talablar  va  extiyojlar  majmuasidir  [9,  306].  Quyida 
berilgan  tarbiyalanganlik  ko’rsatgichlari  va  ularning  mezonlaridan  foydalanib, 
o’quvchilarning  tarbiyalanganlik  darajasini  aniqlash  mumkin.  Bunda  har  bir 
yo’nalishga  besh  ballik  tizimdan  foydalanib,  har  bir  o’quvchining  yoki  shaxsning 
tarbiyalanganlik  darajasini  kuzatish,  savol-javob,  suhbat,  test  o’tkazish  natijalari 
bo’yicha aniqlash mumkin. 
         Shu  ma’noda    e’tiborni  o’quvchilarning  tarbiyalanganlik      darajasini   
aniqlashning mezonlari masalasi tahliliga tortish bilan cheklanamiz. 
       Pedagogik  mezonlar    -  bu  shaxs  ma’naviy,  intellektual,  kasbiy,  fiziologik, 
psixologik va ijtimoiy yetukligining jamiyat talablariga mos keluvchi ko’rsatgichlari 
majmuidir [2]. Shu ma’noda talabalarni oliy pedagogik ta’lim jarayonida tarbiyaviy 
ishlar jarayonida baholashning mezonlari quyidagilarga tayanadi: 
1) tarbiyaviy ishlar tizimi bo’yicha tegishli bilimni o’zlashtirish; 
2) tarbiyaviy ishlar jarayonida  ma’naviy jihatidan yetuk bo’lish; 
3) tarbiyaviy ishlar tizimida intellektual salohiyatga ega bo’lish; 
4) tarbiyaviy ishlar tizimiga doir kasbiy tayyorgarlikka egalik; 
5) yuksak axloqiy fazilat va me’yorlarga odatlanish. 
        Bu  asoslar  bilan  talabalar  oliy  pedagogik  ta’lim  olish  jarayonida  mazkur 
vositalar yordamida tanishtirilishi maqsadga muvofiqdir: 
a)  mutaxassislik  va  tarbiyaviy  ishlar  metodikasi  fanlarini  chuqur  o’qitish 
vositasida; 
b)   ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va to’garaklar vositasida. 


 
71 
    Buning  natijasida  talabalarni  tarbiyaviy  ishlar  samaradorligini  baholash 
mezonlarini shakllantirish ilmiy-pedagogik va amaliy  asoslariga ega bo’lishi kerak. 
Shunga asosan bu masalada quyidagi yondoshuv samarali bo’ladi: 
                                                                                                          

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling