Time management


Download 14.27 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi14.27 Kb.
#1086054
Bog'liq
Nega time management texnikalari ishlamaydi


NEGA “TIME MANAGEMENT” texnikalari ishlamaydi?

2015-yilda Amerikada o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, 18 yoshgacha bo`lgan yoshlarning 61 foizi, 50 yoshgacha bo`lgan ayollarning 61 foizi va erkaklarning 48 foizi o`zlari xohlagan narsani qilishga vaqti yo`qligini aytadi. Shu bois ham ko`pchiligimiz kamida bir marta bo`lsa-da , “time management” texnikalaridan foydalanib ko`rganmiz. Hamma texnikalar boshida ishlayotgandek tuyuladi, ammo biroz vaqt o`tgach, bizning hafsalamiz pir bo`lgan holda barcha texnikalardan foydalanishni to`xtatib qo`yamiz. Bunga bir necha sabablar bor:

Birinchidan, “time management” texnikalari murakkab. Turli xildagi chizmalar, standardlar, belgilashlar miyaga ortiqcha yuklama beradi. O`zi dangasalikdan qutilmoqchi bo`lgan inson qanday qilib murakkab texnikalarni ishlatishi mumkin?

Ikkinchidan, esa “ time management” texnikalarida biz “ vaqt”ni markazlashtirib olamiz, ya`ni biz bir kun oldin ertangi kun uchun reja tuzamiz. Har bir soatda nima ishlar qilishimizni rejalashtiramiz. Ammo ertasi kuni ertalabki qaysidir ishimiz vaqti cho`zilib ketish hisobiga bizning undan keying o`rindagi barcha ishlarimiz o`z-o`zidan ortga surilib ketadi va shu bilan hammasi barbod bo`ladi. Misol uchun, siz ertaga soat 9:00 da ishga borishni, 11:00 da tushlik uchrashuvini, soat 14:00 da yana ishga qaytishni , soat 18:00 da ishdan chiqib, do`stingiznikiga mehmonga borishni reja qilgansiz. Ertasi kuni esa ishingiz ba`zi sabablarga ko`ra cho`zilib, tushlikka 12:00 da chiqishingizga to`g`ri kelib qoldi. Bu esa sizning uchrashuvingizni va undan keying ro`yxatdagi barcha ishlaringizni ortga surilishiga olib keladi.



Uchunchidan, bizning kun jadvalimizdagi qaysidir ish soatida kayfiyatimiz yo`qligi tufayli yoki charchoq sabab ish qilishga xohishimiz bo`lmasligi mumkin. Shunga o`xshash bir qancha holatlar sabab insonlarda “ time management “ metodlari ishlamaydi.
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling