Timsolining yaratilishi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 62.34 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher-navoiyning-sab-ai-sayyor-dostonida-do-st-timsolining-yaratilishi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 972 w www.oriens.uz November 2021 Ko‘rdilar chunki yo‘l suubatini, Ul balo dashtining uqubatini Ki, nechakim aning kanorasi yo‘q, Qat’ qilmoqtin o‘zga chorasi yo‘q. Har balo qo‘ysa yuz tahammul etib, Kirdilar dasht aro tavakkul etib. 3 Ba’zan Mudbirning axmoqona gaplaridan Muqbil ko‘p ozor chekar,undan voz kechmoqni qaror qilar, ammo Mudbir unga yolvorib, tovba qilardi. Ular shu tariqa safarni davom ettiradilar. Dengiz sohilida bir kemaga o‘tirishadi,to‘fon sabab kema g‘arq bo‘ladi. Ikkisi omon qoladi, qirg‘oqqa chiqib, o‘rmonga duch kelishadi. Shu yerdagi bir daraxt kovagida buloq bo‘lib,undan suv ichgan odam, ochiqmasligi, suvsamasligi, ammo yolg‘on gapirsa, yorilib o‘lishi haqida yozilgan bo‘ladi. Ikki do‘st suvdan to‘yib ichishadi. So‘ng yozuvni o‘qisalar, suvga boshi bilan sho‘ng‘ib cho‘milgan odam g‘aroyib narsalarni ko‘rishi,faqatgina bu suvda rostgo‘y odam cho‘mila olishi mimkinligi yozilgan bo‘ladi. Mudbir ko‘p yolg‘on gapirgani uchun ham suvga tusholmaydi. Muqbir suvga sho‘ng‘ib, bir qasrga duch keladi, undagi bir maxvashni ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi. Xushiga kelgach,yo‘lga tushishadi. Qirg‘oqda bir kemani uchratishadi. Kema sandal daraxti yog‘ochi bilan to‘la bo‘lib, odamlari o‘lib yotardilar. Ular kemada suzib, qirg‘oqqa borganlarida, Xovar shohiga duch keladilar. Mudbir o‘zini savdogar, yo‘ldoshi Muqbilni esa qulim deb tanishtiradi va shu zahoti yo‘g‘on gapirganligi sababli yorilib o‘ladi. Muqbir bor gapni ro‘yi rost aytganligi sababli shoh uni kiyov qilishga qaror qiladi. Muqbir go‘zal mashvash vasliga erishadi. Hikoyatda o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi,yolg‘onchi do‘stlar qoralanadi. XULOSA Navoiy asarlarida hamisha va har gal bugunning gapini topaverasiz-da. Sababi – u hamisha o‘z zamonasining oldi fikrini aytgan. Bir zamonda dolzarb bo‘lgan masala aksaran boshqa davr uchun ham ahamiyat kasb etaveradi. 4 Darhaqiqat, Alisher Navoiy hikoyatlarida keltirilgan do‘st timsoli bugungi kunimiz uchun ham juda muhim masaladir. Chunki inson hayotidagi mislsiz o‘zgarishlar, inson boshiga qo‘nadigan baxt qushi ham do‘stlik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Do‘stlik tushunchasi har bir davrda, qolaversa bugungi kunimiz uchun ham dolzarb tushunchadir. 3 Alisher Navoiy .Sab’ai sayyor.Mukammal asarlar to’plami .20-jildlik.-T.:Fan,1992.10-jild.217-bet 4 Султонмурод Олим. “Навоий –ёшларга.-Тошкент,2008. 64-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling