Tinch va hotirjam yashash baxti Vatanparvarlik Maktab. Jamoat joylari Tinchlik haqida she’r


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.10.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1707093
Bog'liq
Tinch va hotirjam yashash baxti Vatanparvarlik Maktab Jamoat joylari



“TINCH VA HOTIRJAM YASHASH BAXTI”
________________________________
XOLMANOV.U SHAYDULLAYEV.G JUMAQULOV.J


 BSB MAVZULARI 
Tinch va hotirjam yashash baxti
Vatanparvarlik
Maktab. Jamoat joylari
Tinchlik haqida she’r


Sog‘likning qadri bemorlikda, boylikning qadri faqirlik yetganda, tinchlikning qadri esa
notinchlik vaqtida bilinadi. Buyuk ne’mat bo‘lmish tinchlik va xotirjamlik qaror topgan
yurtda taraqqiyot va rivojlanish bo‘ladi. Dunyoda hayotning bir maromda davom etishi,
Allohning buyurgan ishlarini mukammal ado etish uchun tinchlik va osoyishtalik lozim.
Bugungi kunda ayrim yurtlardagi notinchliklar oqibatida ko‘pgina begunoh odamlar aziyat
chekmoqda. Shunday ekan, yurtimizdagi har bir fuqaro tinchlikdek aziz ne’matni ko‘z
qorachig‘iday asrashi lozim. Buyuk Robbimiz jonajon yurtimizga tinchlik, xalqimizga
farovonlikni ato aylasin!
Tinchlik qadrli ne’mat
Tinch va hotirjam
yashash baxti


Vatanparvarlik
Vatanparvar — bu kishilarning ona yurtiga,
oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini
ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik
barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy
boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan
umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy
qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan
Vatanparvarlik kishilarning oʻz vatanlari
taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish,
xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning
daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi
jarayonida takomillashib kelgan his-
tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning
oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning
manfaatlarini himoya qilishda namoyon
boʻladi.


Olomon transportda, chiqishga
ketayotganda, hammani tirsagingiz bilan
surish odat tusiga kirmaydi. 
Boshqa yo'lovchilarni bezovta qilmang
suhbatdosh yoki telefonda baland ovozda
suhbatlar.
Tanaffus paytida siz zinapoyadan
yugurib chiqolmaysiz va ochiq havoda
o'yin o'ynay olmaysiz, bu vaqtda
boshqalar azob chekishi mumkin. 
Muloqot sokin, haqoratli so'zlarni
ishlatmasdan bo'lishi kerak. 
jamoat joylarida baqirish, shovqin qilish
taqiqlanadi; 
Maktab.
Jamoat joylari


TINCHLIK HAQIDA
SHE’R
Bir qadam qo‘ysang bas - naryog‘i o‘lim,
Bir qadam qo‘ysang bas. shaksiz halokat.
Odamzod boshida turibdi shu zum
Qazoyi muallaq, mudhish falokat.
Entikib ketadi nogoh yuragim,
Mash’um bu so‘zlarni tinglaganim dam.
Bugun faqat toshlar befarqdir, balkim,
Bugun, balki, faqat bulutlar beg‘am.
Asrlar so‘ngida yaralgan inson
Nahot endi o‘zin aylasa barbod.
Nahot oxiratga yuz bursa jahon,
Nahot karomatlar haq chiqsa, nahot.
Navoiy abasdir, Pushkin ham abas,
Rim yo‘q, Samarqand yo‘q, dahshat, alhazar!
Moziydan biror nom qolarmidi, bas,
Kelajakning o‘zi bo‘lmasa magar.


TUGADI
Edited by G’ayrat and Ulug’bek and Jumaqul

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling