Tinglovchisi


Download 0.79 Mb.
bet4/5
Sana29.09.2020
Hajmi0.79 Mb.
#131740
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang‘ich sinflarda chiroyli yozuv darslarini tashkil etish


III. Yangi mavzu bayoni

Multimadiya ilovasi asosida yangi mavzu tushuntiriladi.

91-mashqdagi she’r o‘qib eshittiriladi.

Ulug‘ Temur bobomiz

Sevgan, sig‘ingan Vatan!

Bobur Mirzo doimo

Qo‘msab sog‘ingan Vatan.

Rauf Tolib.

She’r matni ustida ishlanadi:

-She’r sizlarga yoqdimi?

-She’r nima haqida ekan?

-Vatanimizni kim sevgan, sig‘ingan ekan?

-Vatanimizni kim doim sog‘inib yashagan ekan?

-Qo‘msab so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

( O‘qituvchi she’rning oxirgi misrasida qo‘msab,sog‘ingan so‘zlari ketma-ket kelgani ma’no kuchaytirish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi.)

Multimediya ilovada Kim? so‘rog‘iga javob bo’lgan so‘zlarni she’r matnidan aniqlaganlarida Amir Temur hamda Bobur Mirzo rasmi ekranda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi ulug‘siymolar haqida qisqacha suhbat uyushtiradi.

IV.Mustahkamlash.

92-mashq. Multimediya ilova namoyish etiladi.

O‘quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar.

-Bolajonlar rasmlarga so‘roq bering.

-Rasmlarni guruhlab tegishli o‘rinlarga joylashtiring.

O‘quvchilar ekrandagi qush uyasiga qushlarni, guldonga gullarni, savatchaga sabzavotlarni joylashtirib chiqadilar.

O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollarni berib, mashqni hulosalaydi:

-Bu rasmlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ldi?

-Rasmlar qanday guruhlarga ajratildi?

-Guruhdagi rasmlarning qanday umumiy jihati bor?

-Kim? so‘rog‘i qaysi so‘zlarga beriladi?

-Nima? so‘rog‘i qaysi so‘zlarga beriladi?

O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, darslikdagi qoida chiqariladi.


Shaxsni bildirgan so‘zlar kim?, narsani bildirgan so‘zlar nima? so‘roqlariga javob bo‘ladi

O‘qituvchi multimediya ilovasidan foydalanish imkoni bo‘lmaganda quyidagi jadval asosida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq berib, o‘quvchilarga so‘zlarning umumiy guruhiga qo‘shuv belgisi qo‘yishlari aytiladi.




Narsalar nomi

Qush

Gul

Sabzavot

sabzi







+

turna

+







qaldirg‘och

+







binafsha




+




chuchmoma




+




piyoz







+

laylak

+







kartoshka







+

lolaqizg‘aldoq




+




O‘quvchilar javobi tekshiriladi va hulosa qilinadi.



Rasmli lug‘at diktant” o‘tkaziladi. O‘quvchilar rasmda ko‘rgan shaxs va narsa-nomini daftarlariga yozadilar. O‘quvchilar yozib bo‘lgach, 3-4 nafar o‘quvchilarga o‘qitiladi,



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling