Tinish belgilari mundarija


BMIning maqsad va vazifalari


Download 290.5 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1635043
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ziyodulayev Mansur11

BMIning maqsad va vazifalari

  • Malakaviy ishda o‘zbek tilida tinish belgilari vazifadoshligi (sinonimiyasi)ni asoslash, uning kelib chiqish sabablarini yoritish maqsad qilib olingan bo‘lib, ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni bajarishni talab qiladi:
  • O‘zbek punktuatsiyasi tarixi va uni davrlashtirilishini o‘rganish;
  • Tinish belgilarining qo‘llanish tamoyillarini o‘rganish;
  • O‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti tufayli punktuatsiya sohasida yuzaga kelgan muammolarni o‘rganish;
  • Tinish belgilarida sinonimiya, vazifadoshlik, ko‘p ma’nolilik hodisalarini asoslash;
  • O‘zbek tilida sinonimiya hodisasi va uning til birliklarida voqelanishini tahlil qilish;
  • Tinish belgilari sinonimiyasining yuzaga kelish sabablarini o‘rganish;
  • O‘zbek tilida “muallif punktuatsiyasi” va uning punktuatsion sinonimiyaga munosabatini ochib berish.

BMIning ilmiy yangiligi O‘zbek tilida punktuatsiya muammolari atoflicha yoritilgan. Xususan, K.Nazarov asarlarida ham (ishoraviy sinonimiya), B.Bahriddinovaning ilmiy ishlarida ham (punktuatsion sinonimiya) tinish belgilari sinonimiyasiga qisman to‘xtalib o‘tiladi. Malakaviy ishning ilmiy yangiligini o‘zbek tilida ko‘pgina til birliklariga xos bo‘lgan sinonimiya hodisasining tinish belgilariga ham xosligining hozirgi o‘zbek tili namunalari misolida asoslab berilishi tashkil qiladi. Shuningdek, punktuatsion sinonimiyaning yuzaga kelish sabablari ham ochib beriladi.

Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIdagi materiallardan o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlari uchun zamonaviy usullarda yaratilgan dastur va darsliklar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida keng foydalanish mumkin. Undan maktab 5-8-9-sinf “Ona tili” darsliklari, akademik litseylarning 1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi bilan ishlashda, shuningdek, oliy ta‘lim tizimida o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga «Hozirgi o‘zbek adabiy tili», «O‘zbek tili o‘qitish metodikasi» fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin. O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim olayotgan magistr va aspirantlar, tadqiqotchilar, maktab, litsey, kollej o‘qituvchilari ham ishdan unumli foydalanishlari mumkin.


Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling