Tinish belgilari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana14.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1461680
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tinish belgilari



TINISH BELGILARI 
 
Tinish belgisi – yozma nutqni to`g`ri, ifodali, mantiqli 
bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda, yozma nutq 
qismlarining 
o`zaro 
mazmun 
munosabatlarini 
ko`rsatuvchi muhim yozuv vositasi. Ular quyidagilar: 
nuqta (.), so`roq belgisi (?), undov belgisi (!), vergul (,), 
nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), ko`p nuqta (…), tire (–), 
qavs ( () ), qo`shtirnoq (“”).
1) Nuqta. Nuqta quyidagi o`rinda qo`yiladi:1) 
tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-
hayajon) gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. 
Darslarni o`z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki, uning 
kuchi yetsa.
2) birinchi qismida nuqta, ko`p nuqta, undov yoki 
so`roq belgisi bo`lgan ko`chirma gap o`rtasida kelgan 
muallif gapidan keyin: “Men hozir jo`nayman, – dedi u. – 
Siz esa yarim soatlardan keyin yo`lga chiqing”.
3) qisqartirilgan ism va familiyaning birinchi harfi 
yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy).
4) sanash yoki ayrim fikrning qismini ifodalagan 
va oy, kun, yilni bir-biridan ajratish uchun qo`llangan 
raqam yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi. Qavsga 
olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgisi o`z 
o`rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish 
belgisi qo`yilmaydi: Ketdi. (A.Qah.) Shuningdek,
sarlavhadan keyin (darak gap bo`lsa) nuqta 
qo`yilmaydi. Lekin sarlavha birdan ortiq mustaqil sodda 
gapdan tuzilgan bo`lsa, oldingilaridan keyin nuqta 
qo`yilib, oxirgisidan keyin qo`yilmaydi: Gap. Sodda gap
 
2) So`roq belgisi
So`roq belgisi quyidagi holda ishlatiladi:
1) so`roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz?
2) so`roq gap birdan ortiq bo`lishi mumkin. Bunda: 
a) so`roq gap mustaqil bo`lsa, har biridan so`ng so`roq 
belgisi qo`yiladi: Qishloq qanday? Og`aynilar yaxshi 
yurishibdimi? b) agar so`roq gap mazmunan umumiy
bir fikrni ifodalasa, va qo`shma gap tarzida bo`lsa, eng
so`nggi so`roq gapdan keyin qo`yiladi: – Kim kelyapti: 
Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab 
kelyapsanmi?
3) gap darak gap, undagi biror so`z yoki ibora 
noaniq bo`lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so`roq 
belgisi qo`yiladi: Bu ishning hammasini yarim soat (?) 
ichida bajarar ekanmiz. Ba’zan qo`shma gap tarkibidagi 
sodda gapning oldingisi so`roq, qolgani esa uning izohi 
sifatida kelishi mumkin, bunday holda ular orasiga vergul 
yoki tire qo`yilishi mumkin, lekin qo`shma gapning qismi 
vergul yoki tire bilan ajratilishi shart bo`lganligi tufayli 
so`roq 
belgisi 
qo`yilmaydi: 

ertaga 
keladimi, 
kelmaydimi, bu men uchun qorong`i.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling