Tipratikon, [
Download 49.49 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Tipratikon, [18.04.2023 13:11] 6-BOB. MEDIAKORPARATSIYaLAR FAOLIYaTINING XALQARO HUQUQIY KAFOLATLARI 1. Mediakorporatsiyalarning vujudga kelishi va rivojlanishining huquqiy asoslari. Voqealarni yoritish – shunchaki kasb emas, balki butun bir industriya, ishlab chiqarish sanoatining ajralmas bir qismiga aylangan. Bu industriyaning eng qudratli kuchlari esa allaqachon dunyoga ma’lum. Dunyo axborot bozori bo‘lib olingan va uning qonun chiqaruvchilari ham, qoida va shartlari ham barqarorlashib bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi asosiy tendensiyalaridan biri jahonning industrial taraqqiy etgan mamlakatlarida axborot uzatish vositalarining ulkan konsernlar tomonidan mulk sifatida xususiylashtirishi bilan belgilanadi. Bu jarayonlar XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya singari industrial rivojlangan davlatlarda noshirlik faoliyati va radioeshittirish sohasini xususiylashtirish bilan boshlangan. Dastlab, 1848 yilda Nyu-York shahrida dunyodagi eng yirik agentlik sifatida Assoshieytd Press (AP) axborot agentligi o‘z tarkibiga oltita yirik gazetalarni birlashtirib, jahon yangiliklarini uzatish maqsadida yuzaga kelgan. Endilikdan uning jahonda 240dan ziyod muxbirlik punkti mavjud bo‘lib, unda ishlaydigan xodimlar soni 2.700 nafarni tashkil etadi, AP kuniga 20 million so‘z va 1 000 dan ziyod fotosurat uzatadi. Agentlik xizmatidan 6 000 dan ziyod obunachi foydalanib, uning yillik byudjeti 750 million AQSh dollariga teng. Zamonaviy axborotlashgan jamiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Mazkur urush davrida odamlar u yoki bu jangning natijasi haqida xabar topishi uchun ba’zida kunlar kerak bo‘lardi. Bu payt axborotning asosiy manbalari radio va gazetalar edi. O‘ttiz yillarcha, keyinroq Vetnam urushi haqidagi yangiliklar televidenie orqali sodir bo‘lgan kunning o‘zidayoq odamlarning uylariga keng tasvirlarda kirib keldi. Bu tajriba OAVning jamoatchilik fikriga ta’sirini yaqqol namoyon etib, ba’zi etikaviy tortishuvlarga ham sabab bo‘lgandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arbning iqtisodiy ahvoli tangligi tufayli axborot vositalarining birlashishi tendensiyasi yuz berib, inqirozga yuz tutayotgan nashrlar iqtisodiy barqaror mediakompaniyalar sotib olishga kirishgan. Shu tariqa XX asrda xalqaro maydonda yangilik uzatish bilan shug‘ullanadigan eng yirik axborot agentliklari qudrati oshib bordi. Bular: AQShning Assoshieyted Press (AP) va Yunayted Press Interneyshnl (UPI), Buyuk Britaniyaning Reyters, Fransiyaning Frans press (AFP) va Rossiyaning ITAR-TASS axborot agentliklaridir. (Sobiq sovet ittifoqining parchalanishi bilan ITAR-TASS ta’siri doirasi ham pasaygan. Shunisi qiziqki, axborot maydonida eng katta qudratga ega bo‘lgan bu agentliklarga jahon sahnida katta qudratga ega bo‘lgan davlatlarda asos solingan ekan. Buni qaysidir ma’noda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan asoslasa bo‘ladi. Negaki jahon bo‘ylab axborot yig‘ish va tarqatish yirik mablag‘ va sifatli jihozlanish talab qiladigan ish. Ikkinchi tomondan nomoddiy axborotga bo‘lgan ehtiyoj aholining barcha birinchi darajali moddiy ehtiyoji qondirib bo‘lganidan so‘ng ortib boradi. Tipratikon, [18.04.2023 13:11] Zamonaviy mediabozordagi yuksak raqobat sharoitida axborot vositalarining katta mediakompaniyalarga birlashishi ularning yashab qolish yo‘lidagi yagona chora edi. Aslida bu birlashishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad biznesda raqobat muhitini kuchaytirish orqali mediakompaniyalarning qo‘shimcha foyda olishiga qaratilgandi. Tabiiyki, mediakorparatsiyalarning rivojlanishi ommaviy axborot vositalarining boshqa sohalarda bo‘lgani singari axborot bozori va uning tijoratlashuvi funksiyasini kuchaytirdi. Bu sohaning rivojlanishi odamlarda paydo bo‘luvchi axborotga ehtiyoj ularni o‘zlariga zarur axborotni izlashga va uning tashuvchilarini sotib olishga majbur qiladi. Buning natijasida jurnalistik axborotni ishlab chiqaruvchilar va uning iste’molchilari o‘rtasida bozor munosabatlari vujudga keldi. Har qanday tovar singari jurnalistik axborot ham tovar ko‘rinishida bozorga chiqdi. Bozorning asosiy qonuniyatlaridan biri esa talab va taklifdir. Davlat, nodavlat, mustaqil, xususiy, tijorat yo‘nalishidagi ommaviy axborot vositalarining ko‘payishi turli yo‘sindagi va mazmundagi axborotlar hamda ular iste’molchilarining ko‘payishiga olib keldi. Mediakorporatsiyalar va jahon mediabiznesi tajribasini o‘rganish va sistemalashtirish rivojlanayotgan O‘zbekiston uchun ham dolzarbdir. Aynan shu tajribalarni o‘rganish mamlakat axborot bozori qonuniyatlarini tushunish, qolaversa, bu yerdagi potensial axborot imperiyalarning katta natijaga erishishi, boringki, xalqaro maydonga chiqishi uchun nimalar kerakligini aniqlash imkonini beradi. Axborot vositalarining globallashuvi harbiy harakatlar tugagan davrda mediakorporatsiyalarning milliy chegaralardan sakrab o‘tib, jahon axborot bozorini egallash imkoniyatlaridan samarali foydalanishi jarayonlaridan boshlandi. Mediakorporpsiyalarning faoliyati transmilliy xarakter kasb etdi. Bir tomondan yirik, iqtisodi kuchli birlashmalar ulkan moddiy moliyaviy omillarni va yangi kommunikativ texnologiyalarni ishga solishi tufayli xalqaro yangiliklar bozorini egalladi, ikkinchi tomondan ularning operatsiyalari butunjahon axborot almashinuvini yuzaga keltirdi. Ommaviy axborot vositalari tarixida birinchi marta gazetalar tresti (Skripps) AQShda tuzilgan. Uning ketidan Xyorst, Mak-Kormika, Patterson singari kompaniyalar paydo bo‘ldi. Dunyoning yetakchi gazetalari qatoriga esa, odatda, Londonda chop etiladigan “Tayms” (Times), “Deyli Telegraf” (Daily Telegraf), “Faynenshial Tayms” (Finantial times), “Gardian” (Gardian) gazetalari, Fransiyaning “Le Mond” (Le Monde), Germaniyaning “Frankfurten Algemayne” (Frankfurter Allgemeine), Yaponiyaning “Asaxi” (Asahi), AQShning “Vashington Post” (Washinghton Post), “Nyu-York tayms” (NewYork Times), “Uol Strit Jornal” (Wall Street Journal) va boshqa gazetalarini kitirishadi. Shuningdek, xalqaro miqyosga chiqib ulgurgan yetakchi jurnallar sirasidan “Taym” (Time), “Nyusvik” (Newsweek), “Ekonomist” (Economist), “L’Ekspress” (L’Express), “Shpigel” (Der Spiegel)larni keltirish mumkin. Ushbu nashrlar dunyo bo‘ylab o‘z muxbirlariga ega va ular chop etgan maqolalar ham dunyoning turli chekkalarida o‘qib boriladi. Birgina AQShni olib qaraydigan bo‘lsak, hozirda 1500 ming gazeta, umumiy 60 milliondan ortiq tirajda chop etilsa, ularning uchdan ikki qismi 150 ga yaqin korporapsiya va firmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda elektron ommaviy axborot vositalarining ta’sir doirasi kengayib borayotganini kuzatish mumkin. Bular orasida televideniening o‘rni, ayniqsa beqiyosdir. 24 soat davomida yangilik uzatishga ixtisoslashgan ilk telekanal paydo bo‘lganida, mutaxassislar bunday g‘oya o‘zini oqlashi mumkinligi va muvafaqqiyatga erishish ehtimoliga shubha bilan qaragandi. Bugun esa yangilik uzatuvchi telekanallar eng katta qudrat manbaiga aylangan. Tipratikon, [18.04.2023 13:11] Dastlab OAVning u yoki bu turini kengaytirish orqali axborot uzatishningbir tizimi yaratilgan bo‘lsa, keyinchalik axborot uzatish tizimi o‘z tarkibiga matbuot, axborot agentliklari, radio, televidenie, internet nashrlari, kinostudiyalar, nashriyotlarni birlashtirib haqiqiy axborot industiriyasining barpo etishga erishilar. Masalan, Si-En-En kompaniyasi aslida Time Warner kompaniyasiga tarkibida bo‘lgan bo‘lsa, keyinchali bu kompaniya Warner Brosers kinokompaniyasi, Turner Broadcasting kabel tarmog‘i, Time jurnali, America On-Line internet-kompaniyasi va boshqa ko‘plab mashhur OAVga egalik qila boshladi. Bugungi kunda jahondagi eng yirik media imperiyalar ichida birinchi o‘rinni Time Warner korporatsiyasi egallaydi. AOL Time Warner – jahonda eng yirik media xolding hisoblanadi. AOL – ya’ni America On-Line AQShdagi yetakchi internet-kompaniyasidir. 2000 yilda bu ikki mediakompaniya birlashib, 2003 yildan o‘z nomidan AOL qisqartmasini olib tashladi. Mashhur “Time” jurnali nafaqat AQShda balki dunyo bo‘ylab katta ta’sirga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy nashrlardan biridir. Warner Brosers kinokompaniyasining filmlari esa jahon kinobozorida eng xaridorgir. Time Warner imperiyasi tarkibiga endilikda Warner Bros va New Line Cinema kinostudiyalari, mashhur “Tom va Jerri” multfilmini ishlab chiqaruvchi Hanna - Barbera Cartoons animatsion filmlar studiyasi, Turner Broadcasting kabel tarmog‘i, “Time”, “Fortune”, “People”, “Sports Illustrated” singari yana 50ga yaqin jurnallar, CNN yangiliklar teletarmog‘i, AQShda eng mashhur kinokalallarlar: TNT-superstation, Cartoon Network, Turner Classic Movies, America On-Line va Netscape mashhur internet kompaniyalari, Amazon.com portali va boshqalar kiradi. Bundan tashqari Time Warner sputnik kanallari, noshirlik va hattoki Warner Brothers Recreation Enterprises kabi dam olish parklarni ham qamragan. Dastlab, uning nomi AOL Time Warner – jahonda eng yirik media xolding hisoblanadi. AOL – ya’ni America On-Line AQShdagi yetakchi internet-kompaniyasidir. 2000 yilda bu ikki mediakompaniya birlashib, 2003 yildan o‘z nomidan AOL qisqartmasini olib tashladi. Mashhur “Time” jurnali nafaqat AQShda balki dunyo bo‘ylab katta ta’sirga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy nashrlardan biridir. Warner Brosers kinokompaniyasining filmlari esa jahon kinobozorida eng xaridorgir . Ikkinchi o‘rinni, AQShning General Electric Co korporatsiyalar egallaydi. Avvaliga aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullangan mazkur kompaniya axborot bozoriga aralashganidan so‘ng undan katta foyda ko‘rish mumkinligini seza boshladi. Keyinchalik kompaniya o‘zining dastlabki biznesiga tegishli barcha kompaniyalarni sotib yuborib, asosan, ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat olib bordi. Bu AQShdagi eng yirik korparatsiyalardan ichida oltinchi o‘rinni egallaydi. Uning biznes yo‘nalishi juda keng va rang-barang. Buning uchun korporatsiya faoliyati davomida bir necha bor AQSh Adliya boshqarmasi tomonidan qonunlar oldida javobgarlikka tortilgan. General Electric imperiyasi tarkibiga OAV orasida NBC teletarmog‘i, ispan tilidagi Telemundo teletarmog‘i, MSNBC, CNBC, Bravo kabel telekanallari, 14ta telestansiya, Universal Pictures kinokompaniyasi, Universal Parks & Resorts singari istirohat bog‘lari, GE Aircraft Engines samolyotsozlik kompaniyasi, GE Insurance sug‘urta kompaniyasi, GE Medical Systems tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi va boshqalar kiradi . Uchinchi o‘rinda, keng jamoatchilikka asosan animatsion filmlari bilan mashhur bo‘lgan Walt Disney Co. kompaniyasi jahondagi eng yirik beshta mediaimperiyasidan bittasi hisoblanadi. Uning tarkibiga ABC teletarmog‘i, ESPN va Disney kabel telekanallari, 10 ta telestansiya va 26ta radiostansiya, shuningdek Gollivudning yana bir qancha yirik kinokompaniyalari Touchstone, Miramax va boshqalar, “Disney Magazine”, “Discover” singari 20 ga yaqin jurnal, sport yangiliklarni yorituvchi bir qator mashhur internet-portallari Soccernet.com, NFL.com, NBA.com, NASCAR.com, dunyoga mashxur Disneylend istirohat bog‘lari kiradi. Tipratikon, [18.04.2023 13:11] To‘rtinchi o‘rinda News Corporation Ltd. mediakorparatsiyasi turadi. Avstraliyalik media-magnat Rupert Merdok rahbarlik qiluvchi bu imperiya tarkibiga 52ta yirik kompaniya va yuzlab mayda korxonalar kiradi. Britaniyadagi yetakchi gazetalar “The Times”, “The Sunday Times”, “The Sun” nashrlari, Yevropada juda mashhur bo‘lgan Star-TV telekompaniyasi, Fox News, Fox Kids telekanallari, AQShdagi yana 23ta telestansiya, XX Century Fox kinokompaniyasi, Los Angeles Dodgers beysbol komandasi va boshqalar ham mazkur kompaniyaga tegishli. News Corporation dunyo bo‘ylab eng keng yoyilgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Unga qarashli tarmoqlar Yaponiyada ham, Britaniyada ham, Hindistonda ham, AQShda ham topiladi. Beshinchi o‘rinda Vivendi Universal korparatsiyasi turadi. U Fransiyaning bir qator yetakchi talakanallariga egalik qiladi.Xususan, MultiThématiques kanali, CinéCinéma kinokanli, Planète kanali, Sport+ sportga ixtisoslashgan kanal, CanalSatellite yo‘ldosh kanali, Ma Planète kanali, sportdagi ekstremal vaziyatlarni ko‘rsatadigan Extreme Sports Channel kanali, NBA+ basketbol o‘yinlarini efirga uzatuvchi kanal va boshqalar. Bularning barchasi bitta kompaniyasi “Kanal Plyus” kompaniyasiga birlashtirilgan. Bundan tashqari, Vivendi Universal bir qator ovoz yozish studiyalariga ega bo‘lib ular Universal Music Group kompaniyasiga birlashgan. Shuningdek Philips kompaniyasi, bir qator video o‘yinlar ishlab chiqaruvchi korxonalar va telekommunikatsiya sohasidagi boshqa kompaniyalar ham Vivendi Universal korparatsiyasiga tegishlidir. Bundan tashqari jahon kommunikatsiya bozorida nom chiqargan kompaniyalar sirasidan Gannett Co. (eng salmoqli nashri USA Today), jahondagi dastlabki yaratilgan media-imperiyalardan biri Hearst Corporation (“sariq matbuot” asoschisi), New York Times Co. (eng qudratdi nashrlari – “New York Times”, “International Herald Tribune”, “The Boston Globe” gazetalari), Viacom Inc (CBS, MTV kanallari, Paramount Pictures kinokompaniyasi) va boshqalarni keltirish mumkin. Ayni paytda deyarli har bir davlatda milliy axborot imperiyalari ham shakllanganini ko‘rish mumkin. Masalan, Germaniyadagi eng yirik media-kompaniyalardan biri Bertelsmann bo‘lsa, Kanada The Thomson Group axborot bozoridagi yetakchi. The Thomson Group bosh qarorgohi Toronto shahrida joylashgan bo‘lsa-da, noshirlikka ixtisoslashgan eng yirik transmilliy kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy daromadi nafaqat Kanada, balki AQSh va Buyuk Britaniyada chop etiladigan qariyb 200ta gazeta va 100 dan ziyod jurnallardan keladi. Bertelsmann konserni noshirlikdan boshlab, kinematografiya va shou-biznesgacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda ish olib boradi. Mamlakatda katta obro‘ga ega bo‘lgan "Stern" jurnali, "Die Zeit" gazetasi, "Der Spiegel" haftanomasi ham mazkur konsertnga qarashlidir. Italiyadagi eng yirik media-imperiyalardan biri mamlakat bosh vaziri Silvio Berluskoniga tegishli ekanini ko‘pchilikka ma’lum. 1977 da Italiyada televideniega davlat monopoliyasi bekor qilinganidan so‘ng u "Telemilano" kabel telekanaliga 1 mlrd. lira sarmoya kiritgan. Bu uning reklama biznesiga ham katta yordam bo‘ldi. Shundan so‘ng Berluskoni yana uchta teletarmoqni sotib oldi: "Kanale-5", "Italia-1", "Rete-4". Bugungi kunda bu kompaniyalar davlat televideniesining asosiy raqibi hisoblanadi. Bundan tashqari, Silvio Berluskoni qurilish sohasida ham muvafaqqiyatli biznesi bilan mashhur. Tipratikon, [18.04.2023 13:11] 2. Mediakorporatsiyalarning xalqaro huquqiy sub’ektlar bilan (davlatlar, xalqaro tashkilotlar) bilan munosabatlari Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, mediakorparatsiyalar jahonning axborot ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalarni o‘zlariga birlashtiradi. Xo‘sh, ularning faoliyati axborotning xolis va shaffofligiga qay darajada ta’sir qiladi? Bunday yirik mediakorparatsiyalarning tartibga soluvchi huquqi asos bormi? Mediakorparatsiyalar faoliyatining huquqiy asoslari haqida gap ketganda, avvalo ular xalqaro qonunchilik normalariga amal qilishi ko‘zda tutiladi. Ammo bu korporatsiyalarga axborot uzatish vositasi sifatida emas, balki asosan mulk ob’ekti sifatida, ya’ni biznes vositasi sifatida yondashiladi. Mulk egasi tasarrufiga kiruvchi OAVga nisbatan mamlakat qonunchiligiga xilof bo‘lmagan har qanday harakatni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bunda faoliyat asosan, avvalo xalqaro huquqiy me’yorlar orqali kafolatlanadi. Jumladan, OAV faoliyatiga daxldor bo‘lgan muhim xalqaro hujjat “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt” ning 19-moddasida “Har bir inson hech bir to‘siqsiz o‘z fikriga sobit bo‘lish huquqiga ega”, “Har bir inson o‘z fikrni erkin bayon etish huquqiga ega: bu huquq davlat chegaralaridan mustaqil holda yozma ravishda yoki matbuot vositasida ifodalashning badiiy shakllari yoki o‘z xohishiga ko‘ra boshqa usullarda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligi huquqi”ni kafolatlaydi. “Butunjahon matbuot erkinligi qo‘mitasi, Gazeta nashrlari xalqaro federatsiyasi, Xalqaro matbuot instituti, Amerika matbuot assotsiatsiyasi va boshqa o‘nlab tashkilotlar bilan hamkorlikda 1987 yilning yanvarida Londonda o‘tkazilgan anjumanda “Matbuot erkinligi xartiyasi” qabul qilindi. Mazkur Xartiyaning 3-sharti “Hukumat ommaviy axborot vositalarini iqtisodiy yoki boshqa xil kamsitilishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak” deb boshlanadi. Unda davlatga qarashli axborot vositalari mavjud bo‘lgan taqdirda mustaqil nashrlarga ular bilan teng sharoitlar yaratilishi kerakligi bayon etilgan. Shuningdek, davlat gazeta qog‘ozi, bosmaxona va nashrni tarqatish tizimlarida cheklashlarga yo‘l qo‘ymasligi, hatto davlatga qarashli axborot vositalarida ham “tahririyat mustaqilligini” saqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan”. Bu esa ayrim mulkdorlar tomonidan iqtisodiy foyda ko‘rish maqsadida OAVni mulk sifatida o‘z qo‘l ostilariga jamlashga rujo‘ qo‘yishlariga imkon beradi. XX asrning 90-yillarda gazetalarni sotib olgan amerikalik kompaniyalar va firmalar geogarifik ko‘lamni kengaytirib, qaerda xususiy mulki bo‘lsa, o‘sha yerdagi ommaviy axborot vositalarini ham o‘zlashtirishga kirishdilar. Avvalroq bu ish bilan axborotga aloqador kishilar shug‘illangan bo‘lsa, keyinchalik turli soha vakillari ham o‘zlarini axborot biznesi sohasida sinab ko‘rdilar va mislsiz daromadga ega bo‘ldilar. Natijada aksariyat mediakorporatsiyalar shunday shaxslar qo‘liga o‘tdi. Dastlab ularning bundan ko‘zlangan maqsadlari iqtisodiy foyda ko‘rish edi. Keyinchalik bu maqsad asta-sekin axborot uzatishni boshqarishga va hatto, siyosiy ta’sir o‘tkazishni kuchaytirishga ham olib keldi. Misol uchun “Night Reader” korporatsiyasi 1995 yilda Kaliforniyadagi “Lacer Communication” kompaniyasini beshta gazetasi bilan birga sotib oldi. Yoki Buyuk Britaniyada lord Rotermir restoranlar yoki neft biznesi faoliyatiga sekin-asta gazetalar assosatsiyasini sotib olish orqali, gazetachilik ishini ham qo‘shib oldi. Avval “Daily mail” va “Mail on Sandy” gazetalariga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq chekka o‘lkalardagi gazeta-noshirchilik firmalarini, yana qator tijorat radiokanallarini ham sotib olgan. Tipratikon, [18.04.2023 13:11] Yevropadagi Mirror Group Consortium gazetalar konserni yirik mediakorparatsiyalardan “British Printing Communication Corporation” nashriyot birlashmasi va “Pergamon Press” kompaniyasini sotib olgan. Boshqaruv direktori bo‘lgan Robert Maksvell vafotidan keyin uning ishlarini o‘g‘illari davom ettirib, “Mirror” hamda “Sporting Life”, yakshanba kuni chiqadigan “Sandy People”, “Sandy Mirror” gazetalarini ham o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Shuningdek, Britaniyadagi mashhur nashrlar guruhi “Thomson Regent newspapers” korporatsiyasi esa kanadalik magnatga tegishli bo‘lsa-da, Shotlandiyada choa etiladigan 15 yaqin hududiy gazetalarni o‘z tasarrufiga olgan. Yoki avstraliyalik magnat Rupert Merdyukka tegishli “News Corparation” korparatsiyasi Britaniyadagi eng mashhur – salkam 4 million nusxada chop etiladigan umummilliy “Tayms”, “Sandi Tayms”, “San” hamda yakshanba kunlari chiqadigan “News of the World” gazetalariga egalik qiladi va h.z. Bunday misollarni yana istagancha davom ettirish mumkin. Italiya Bosh vaziri Silvio Berluskoni qurilish sohasida muvafaqqiyatli biznesi bilan mashhur edi. Keyinchalik Italiyada televideniega davlat monopoliyasi bekor qilinganidan so‘ng, u "Telemilano" kabel telekanaliga 1 mlrd. lira sarmoya kiritadi. Bu uning reklama biznesiga ham katta yordam bo‘ldi. Shundan so‘ng Berluskoni yana uchta: "Kanale-5", "Italia-1", "Rete-4" teletarmoqni ham sotib oladi. Ba’zi mutaxasssislar fikricha, Berluskoning mamlakatdagi obro‘si va saylovlarda g‘olib chiqqani aynan uning ta’siridagi ommaviy axborot vositalari ishining samarali tashkil qilingani belgilani va unda sarmoyadorning ta’siri kuchli bo‘lgani bilan bog‘lashadi. Ya’ni bosh vazir o‘z media-imperiyasi orqali jamoatchilik fikriga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatga ega edi. Bu esa media-imperiyalarning siyosiy ta’siriga yorqin bir misoldir. “Axborot ehtiyoji hamma davrdagidan ham oshib ketgan bir paytda xalqaro kommunikatsiya tarmog‘i sayyorani o‘rab olib, yangiliklarning siyosiy munosabatlarga ta’sirini misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqdi ”, deb yozadi Uilyam Xachten va Jeyms Skotton. Qator biznesmenlarning OAV tarmoqlariga egalik qilish ishtiyoq ham aynan shundan kelib chiqadi. Muvafaqqiyatli media-korporatsiya mustahkam daromad olib kelibgina qolmay, siyosiy ta’sir vositasiga ham aylanishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 90-yillarning oxirida jahon axborot bozorida transmilliy korporatsiyalari ro‘yxatining birinchi qatorida Tim Vorner turardi. Bu ulkan korporatsiya tarkibiga sun’iy yo‘ldosh orqali jahon yangiliklarini uzatuvchi SNN yangilik va ko‘ngilochar kanallari, kabel TV va boshqa kanallar, eng sifatli katta foyda keltiradigan bosma nashrlar, besteller kitoblar chiqaruvchi nashriyotlar, keyinchalik turli Internet saytlari kiradi. Bundan tashqari ushbu korporatsiya yirik musiqiy mahsulotlar hamda katta va kichik ekranlarga mo‘ljallangan kino mahsulotlari yetishtirib beruvchi kompaniyalarni ham o‘zlashtirgan. Shimoliy amerikalik tadqiqotchi B.Bagdikyan 1983 yilda nashr etilgan “OAV monopoliyasi” deb nomlangan monografiyasida axborot industriyasini monopoliyalashtirish jarayonlarida massmedia sohasining eng yirik mediakorporatsiyalaridan 50 tasini sanab o‘tadi. AQShning boshqa eksperti N.Solomon jahon mediabiznesi rivojlanishida yetakchi rol o‘ynaydigan yirik mediakorporatsiyalarning qisqarib borayotganini ta’kidlaydi. Solomonning yozishicha, ularning soni 1987 yilga kelib 29 tagacha, 1990 yilda - 23 tagacha, 1994 yilda – 14 tagacha va 1997 yilda 10 taga tushib qolgan. 2000 yilning birinchi yarmida jahon axborot bozoriga oltita gigant-konsern (“katta oltilik”) hukmronlik qildi. Ularning beshtasi AQShga qarashli. Faqatgina bittasi kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi “Bertelsman” konserni Germaniyada joylashgan. Bu konsern 1998 yilda ingliz tilida faoliyat ko‘rsatadigan dunyodagi eng yirik “Pendom Xayc” nashriyotini sotib olgandan keyin va boshqa o‘zlashtirishlar global axborot bozorini va global axborot tizimini vujudga keltirdi. Bir so‘z bilan aytganda, mediakorporatsiyalar biznesning boshqa ko‘rinishlarini borgan sari ortda qoldirdi va davlatlar iqtisodiyotida media-biznesning ahamiyatini oshirdi. Faqat bugungi kelib ularning yangi raqobatchilari sifatida internetdagi sotsial tarmoqlar paydo bo‘ldi. Tipratikon, [18.04.2023 13:11] 3. Jahondagi yirik mediakorporatsiyalarning xalqaro axborot almashishdagi ishtiroki. Nemis faylasufi Osvald Shpengler “Yevropa inqirozi” asarida shunday yozadi: “Yaqin kelajakda jahonning ikki yoki uch gazetasi chekka hududlardagi gazetalar fikrini boshqaradi va ular yordamida xalqlar irodasini bo‘ysundirishga urinadi. Hamma narsa esa shu gazetalarni nazorat qilib turuvchi oz sonli kishilar tomonidan hal etiladi”. Amalda shunday bo‘ldi ham. Bu jarayonlarda OAVning mediakorparatsiyalar ostiga jamlanishi axborot erkinligi, jamoatchilikka g‘oyaviy, fikriy ta’sir ko‘rsatishda yakkahokimlik qilish tendeniyalarini ham vujudga keltirdi. To‘g‘ri, shunday mediakorporatsiyalar tarkibidagi ommaviy axborot vositalarining ta’sis Ustavlarida axborot uzatishning ma’lum me’yorlari xalqaro hujjatlarga asosan qayd etilgan, hatto yirik gazetalar yoki telekanallar, axborot agentliklari tahririyatlarining o‘z axloq kodekslari ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Aynan shu hujjatlarda ilgari surilgan jurnalistika prinsiplari odamlarning turli yo‘sindagi va maqsaddagi axborotlarni to‘g‘ri deb qabul qilishga ishonch tuyg‘usini ham shakllantirdi. Birgina misol. “Bi-bi-si” axborot agentligining jurnalistlari axloq kodeksida haqqoniylik asosiy tamoyil hisoblanadi. Ammo agentlik tomonidan tayyorlangan axborotlarning hammasi ham bu tamoyil shartlariga javob beradi deb bo‘lmaydi. Unda manfaatparastlik, milliy va strategik maqsadlar ham yo‘q emas. “Bi-bi-si” da ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan, jurnalistika mutaxassisligini egallagan bilimli, shu bilan birga murosasiz yoshlardan biri u yerga amaliyotga borganda xafsalasi pir bo‘lib, shunday degandi: “Men bu agentlik xolislik va haqqoniylik tamoyiliga jiddiy amal qiladi, deb o‘ylardim. Ammo ular shov-shuvli va boshqa axborot vositalaridan o‘zgacharoq axborot berish maqsadida turli noqonuniy harakatlarga ham qo‘l urar ekanlar. Men buni O‘zbekiston haqida tayyorlanayotgan xabarlar misolida ko‘rib hayratda qoldim. Agentlik xodimlari voqeaning guvohi deb o‘z xodimidan intervyu oldi va noma’lum odamning ismi sharifi bilan efirga uzatdi”. Yoki taniqli mediamagnat Rupert Merdok “Nyus Korporeyshn” korporatsiyasiga qarashli “News of the World” gazetasi jurnalistlari nima qilib bo‘lsa-da, shov-shuvli faktlarni qo‘lga kiritish maqsadida minglab vatandoshlarining telefon orqali so‘zlashuvlarni qonunga zid ravishda eshitib, shaxsiy pochtalarini surbetlik bilan o‘qib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib kelganlar. Bu haqda “Milliy tiklanish” gazetasining 2011 yil, 3-avgust 30(143) sonida taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboevning “Media-imperiya qulaydimi?” sarlavhali sharhi chop etilgan. Mazkur sharhda yozilishicha, “News of the World” ning bosh muharriri Rebekka Bruks rahbarligida chop etilayotgan gazeta jurnalistlari qotillar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik o‘ldirilgan maktab o‘quvchisi Milli Daulerning ovozli pochtasidagi ma’lumotlarni o‘chirib tergov xodimlarini chalg‘itishgan. Bundan tashqari, gazeta jurnalistlari London politsiyasi bilan maxfiy til biriktirib, ulardan muhim ma’lumotlarni doimiy ravishda, albatta, ma’lum moddiy manfaatdorlik hisobiga olib turishgan. Yanada aniqrog‘i, politsiyaning ayrim nopok xodimlari jurnalistlarga odamlarning shaxsiy hayotiga oid muhim fakt va ma’lumotlarni sotib pastkashlik qilishgan. Bunday ma’lumotlar “Nyus Korporeyshn” tegishli nashrlarning umumiy tirajiga, demakki mo‘may daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. “News of the World” gazetasi bosh muharriri Rebekka Bruks gazeta jurnalistlarining bunday noqonuniy xatti-harakatlaridan boxabar bo‘lgan, degan ayblov bilan qamoqqa olingan. Bosh muharrir, “xodimlarining bunday xatti-harakatlaridan ikki hafta avval xabar topganman” deya, o‘ziga qo‘yilgan ayblovni inkor etgan. Sharhlovchi “Nyus Korporeyshn” bilan bog‘liq bu noqonuniy harakatlarni izohlab shunday yozadi: “Bu mojarodan anglashiladigan xulosa shuki, matbuot o‘z mohiyatiga ko‘ra hamma joyda va hamisha o‘z o‘quvchilari oldida xolis va adolatli bo‘lishi, faqat asosli, tekshirilgan axborotlarni tarqatishi, noo‘rin shov-shuv ko‘tarmasligi, odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmasligi, insoniy his-tuyg‘ularni hurmat qilishi, jamiyatdagi ayrim kuch va doiralarning boshqalardan o‘ch olish minbariga aylanib qolmasligi kerak” Tipratikon, [18.04.2023 13:11] Darhaqiqat, jahonning rivojlangan mamlakatlarida amal qilayotgan xartiya va kodekslarda, xususan jurnalistlar xalqaro federatsiyasining hujjatlarida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablar qat’i belgilab qo‘yilgan. Ommaviy axborot vositalarining mulkdorlari (muassislari, sohiblari) – davlat organi bo‘ladimi, jamoat tashkiloti bo‘ladimi yoki xususiy firma yoki xususiy shaxsmi – o‘zining teleradiokanallarini, matbuot vositalarini g‘animlari va siyosiy raqiblariga qarshi ishlatishda hamda o‘zining siyosiy hamkorligini ijobiy tomondan ko‘rsatishga urinadilar, ya’ni OAVdan siyosiy korporativ maqsadlarda foydalanishga harakat qiladilar. Afsuski, jahondagi yetakchi mediakorparatsiyalar faoliyatiga nisbatan qo‘llanadigan me’yorlarda ularning iqtisodiy erkinligi kafolatlangani tufayli hali hamon ularga nisbatan biznes vositasi sifatida qarash saqlanib qolmoqda. Ammo ular uzatayotgan axborotning sifati, ayniqsa jamoatchilikka ko‘rsatayotgan ta’siri va bu ta’sirning zamirida mulk egalarining, ularni himoya qiluvchi tomonlarning maqsadlarini tahlil qilish va kelib chiqqan xulosalarga tayanib, huquqiy me’yorlarni o‘zgartirish kiritish uchun allaqachon vaziyat yetilgan. O‘zbekistonda axborot bozori haqida gap ketganda jahonda ro‘y bergan axborotga nisbatan biznes vositasi sifatida qarashning tendensiya sifatidagi ta’siri inobatga olinganini e’tirof etmoq lozim. Ayniqsa axborotga egalik qilishning tashkiliy-huquqiy shakllari ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasining “OAV to‘g‘risida” qonuni aynan OAV faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy masalalarini ko‘zda tutadi. O‘zbekistonda matbuot mulkchilik shakliga ko‘ra faqat davlat tasarrufida bo‘lishi mumkinligi borasidagi qoida bekor qilindi. Natijada OAVning davlat tasarrufidan chiqarilib, uning ilk xususiy shakllari paydo bo‘ldi. Endilikda mamlakatda faoliyat olib borayotgan OAVning kattagina qismi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining ma’lumotiga qaraganda, 2018 yil 1 oktabr xolatiga ko‘ra, respublikada 1556 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatgan. Shuning 665 tasi gazeta, 365 tasi jurnaldir. 327 ta gazeta, 153 ta jurnal davlatga tegishli bo‘lsa, 348 ta gazeta, 207 ta jurnal esa xususiy hisoblanadi. Umumiy OAVning 62 foizini nodavlatlari tashkil qiladi. Ular keskin raqobat yo‘q. Xususiy OAVning o‘rtasida o‘zaro raqobat bor, lekin davlatga qarashli OAV bilan xususiylari o‘rtasida bu sezilmaydi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mustaqillikka qadar mamlakat ichki hayoti va dunyodagi voqealar haqidagi barcha axborot markazlashgan holda tarqatilib, matnli axborotning monopol manbasi O‘zbekiston telegraf agentligi O‘zTAG edi (hozirda O‘zbekiston milliy axborot agentligi O‘zA, deb yuritiladi). Audiovizual axborotning monopolisti esa Markaziy televidenie bo‘lgan (hozirda Milliy Teleradiokompaniya MTRK). Bu qaramlik hali ham ma’lum ma’noda saqlanib qolgan. Bu haqda tadqiqot olib borgan D.Do‘ltaeva shunday yozadi: “Tan olish kerak, bugungi kunda ham bu tuzilmalar rasmiy axborot bobida o‘z monopoliyasini saqlab kelmoqda. Negaki mamlakatning barcha hukumat organlari biror bir ma’lumotni xalqqa yetkazmoqchi bo‘lsa, birinchi bo‘lib O‘zA va O‘zMTRKga murojaat qiladi. Hukumatning barcha qaror va farmonlari, majlis va hisobotlari, umuman, davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid har qanday ma’lumot O‘zA orqali OAVga uzatiladi” . Tipratikon, [18.04.2023 13:11] O‘zbekiston OAVga daxldor bo‘lgan qonunchilikda uning tashkiliy-huquqiy jihatlari belgilab berilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” gi qonunning 15-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq OAV tahririyati qonunchilikda belgilangan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkinligi qayd etilgan. Unga ko‘ra, tahririyatning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash haqidagi qarorni yuridik shaxs sifatida mulk egasi qabul qiladi. Bosma OAV tahririyati yuridik shaxs maqomi bilan, xususiy korxona, mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, unitar korxona, ochiq yoki yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkinligi ko‘rsatib beirlgan. Mamlakatimiz qonunchiligi OAV monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslikni ilgari suradi. Ammo amalda bu ko‘proq hujjatlarga tegishli. Axborotga egalik qilmoqchi bo‘lgan mulkdorlar, uning tashkiliy-huquqiy masalalariga e’tibor qaratsa-da aslida bir necha OAVni ta’sis etib, norasmiy jihatdan bir kishi boshqaradi. O‘zbekiston axborot bozori tushunchasi ko‘proq xususiy OAVga tegishli. Buni ular auditoriyasining davlat tasarrufidagi OAVga qaraganda ancha ko‘p ekanligidan ham bilib olish qiyin emas. Davlat OAVning auditoriyasini asosan, obunachilar belgilagani bois, ular axborot bozori uchun mahsulot chiqarishmaydi. Shunga qaramay, G‘arb mamlakatlaridagi kabi murakkablashib ketmagan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda ham axborot bozori bor bo‘lib, u muayyan guruhlar tomonidan bo‘lib olinganini ko‘rish mumkin. Shu ma’noda hozirgi sharoitda mamlakat ommaviy axborot vositalari mulkchilik shakliga ko‘ra ikki xilda bo‘lishi kuzatiladi: bu davlat ommaviy axborot vositalari va xususiy OAVdir. 2003 yil dekabr oyida O‘zbekistondagi nodavlat teleradiokompaniyalar “Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasini (EOAVMA)” nomi ostiga birlashtirildi. Uni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatdagi nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari manfaatlarini birlashtirib, o‘zaro tajriba almashish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. 2004 yilning sentabr oyida O‘zbekistonda Oliy Majlisning qonunchilik palatasiga saylov kampaniyasi rasman e’lon qilingan paytda EOAVMA Nodavlat telestansiyalar teletarmog‘i (NTT) va “Erkin fikr” studiyasiga asos soldi. NTT o‘z ichiga 24ta nodavlat telestansiyani qamrab olgan bo‘lib, ularning umumiy efir maydoni O‘zbekiston xududining 70 foiziga qamrab olganligi e’lon qilindi . E’tiborli jihati, garchand jahonning yetakchi mediakorparatsiyalari ham dastlab birlashishni tarmoqlar tashkil etishdan boshlagan bo‘lsa ham, O‘zbekistonda axborot uzatish masalasida tashkil etilgan xususiy OAV davlatniki bilan raqobatchi bo‘ladi olmadi. Aksincha, EOAVMAda ham jamiyatda muqobil axborot va plyuralizmni rag‘batlantirish o‘rniga, davlat siyosatini nodavlat teleradiokompaniyalar orqali targ‘ib etishga intilishlar kuchaydi. Eng qizig‘i, demokratik jamiyatda davlat kanali, davlat gazetasi, televideniesi degan bo‘linishning o‘zi ularning OAVdan ko‘ra ko‘proq targ‘ibotchilik funksiyasini kuchaytiradi. Bu haqda Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari instituti direktori Friderik Starr ham o‘z maqolasida shunday misollar keltiradi: “uning jurnalistlari terrorchilikka qarshi kurashda hech qachon neytral pozitsiyani egallamagan va o‘z hamkablarini ham zamon tahdidlariga qarshi kurashga chorlab kelmoqda. Shuningdek, ular hukumatni o‘zbek valyutasining erkin konvertatsiyasini ochish va xorijiy sarmoyadorlarga qulay shart-sharoit yaratish borasidagi boshqa qator islohotlarini qo‘llab-quvvatladi ” O‘zbekiston sharoitida “faol fuqarolik pozitsiyasiga ega jurnalistika” nomlanishidan juda ilg‘or g‘oya ko‘rinsa-da, aynan shu sharoitda biryoqlama bo‘lib qolayotganini ko‘rish mumkin. Negaki NTT hukumatning ijobiy qadamlarini qo‘llab-quvvatlagani holda, shu paytgacha bahsli qarorlarini tanqid qilmagan... Tipratikon, [18.04.2023 13:11] Nodavlat ommaviy axborot vositalarining davlat OAVdan farqi ham aynan shunda. Davlat OAV har bir faktni hukumatga qulay shaklda taqdim etadi. Buning uchun turli lirik chekinishlar va uzoq sharhlardan ham qaytmaydi. Nodavlat mustaqil OAV esa hech bir pozitsiyani yoqlab chiqmaydi. Ular quruq faktlarni taqdim etadi, auditoriya o‘z xulosasini o‘zi chiqarishiga imkon yaratadi. Mustaqil OAV auditoriyaning bilishga (axborot olishga, xabardor bo‘lishga) bo‘lgan huquqini ta’minlashga intilsa, davlat OAV xalqning bilish huquqini hukumat manfaatlari bilan o‘lchashga o‘rganib qolgan. OAV monopollashuvi iqtisodiy oqibatidan tashqari siyosiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Chunki tor doiradagi sarmoyadorlar qo‘lida barcha yoki bir qancha OAVning jamlanishi so‘z erkinligining torayishiga va ijtimoiy fikrning boshqarilishiga olib kelish mumkin. Shu bois O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarda OAV bo‘lgan iqtisodiy yakkahokimlik cheklanishi lozimligi qayd etilgan. Ammo ushbu huquqiy hujjatlar orqali mulkiy munosabatlarning aniq mexanizmi ko‘rsatib berilishi kerak. OAV faoliyati, adadi, ko‘rgan foydasi, yillik daromadi, bir so‘z bilan aytganda iqtisodiy ahvoli aniq tahlil qilinmaydi. Buni OAV egalari, ya’ni mulkdorlar tijorat siri hisoblaydilar. Shu nuqtai nazardan bugungi sharoitda bir necha muassisning ixtiyoridagi OAV turi bilan birga, bir yuridik shaxsning qo‘lidagi bir necha OAV turi ham voqelik sifatida mavjud. Bu boradagi qonunchilik takomillashtirilishi va axborotning shaffofligi ta’minlanishi zarur. 6-bob yuzasidan nazorat savollari: 1. Mediakorporatsiyalarning vujudga kelishi va rivojlanishining sabablari nimada? 2. Mediakorporatsiyalarning jahon axborot maydonidagi xalqaro huquqiy asoslari nimalarga tayanadi? 3. Jahondagi yirik mediakorporatsiyalarning xalqaro axborot almashishdagi ishtiroki qanday? 4. OAV monopoliyalashuvining foydali va zararli tomonlari haqida nima deya olasiz? Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar: 1. Jahonning yetakchi mediakorparatsiyalari faoliyatining qonuniy mexanizmlarini mustaqil o‘rganing. 2. Rupor Mordyukning jahon mediabozorida tutgan o‘rni va ahamiyatini amaliy misollar yordamida tahlil qiling. 3. Mediakorparatsiyalar faoliyatidagi cheklovlarni misollar yordamida mustaqil aniqlang. 4. O‘zbekistonda mediabiznesning rivojlanganini tahlil qiling. Tavsiya etilgan adabiyotlar: 1. Kopыlov V.A. Informatsionnoe pravo.Uchebnik. - M.: Yurist, 1997. 2. Lazutina G.V. Osnovы professionalnoy deyatelnosti jurnalista. Uchebnik. - M., “Aspekt-press”, 2004. 3. Zakonы i praktiki Sredstva Massovoy Informatsii v stranax Yevropы, Ameriki. - M.: Izdatelstvo “Galeriya”, 1999. 4. Zakonы i praktika Sredstva Massovoy Informatsii v stranax SNG i Baltii. M.: Izdatelstvo “Galeriya”, 1999. 5. Do‘stmuhamedov X. Jurnalistning kasb odobi muammolari. Monografiya. –Toshkent.: Yangi asr avlodi. 2007. 6. Do‘ltaeva D. Media-biznes: jahon va O‘zbekistonda. Monografiya. –T.: 2007. 7. Meliboev A. Media-imperiya qulaydimi?// “Milliy tiklanish” gazetasi. 2011., 3avgust. 30(143) son. 8. Starr F. “Nezavisimыe elektronnыe SMI Uzbekistana brosili vыzov gosudarsvennomu televideniyu v osveщenii vыborov” // Central Asia Analyst. Qisqartirilgan tarjimasi http://jahon.mfa.uz 9. Toshpo‘latova N. Jurnalistikaning xalqaro huquqiy asoslari.O‘q.qo‘l. –Toshkent.: 2012. 10. Hachten W.A., Scotton J.E. “The world news prism”, Iowa State Press, 2002. 11. Who owns what/ Columbia journalism review. http://www.cjr.org/tools/owners/ge 12. Who owns what/ Columbia journalism review. http://www.cjr.org/tools/owners/disney Download 49.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling