"tiqxmmi" mtuning qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
Download 1.18 Mb.
|
1-mavzu. R
Tabiiy geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari haqida o‘z fikrimizni bildirishdan oldin bir muhim masalaga oydinlik kiritib olishni lozim deb topdik. Bu masala geografik qobiq tabiiy geografiya fanining obyektimi yoki predmetimi degan savolning to‘g‘ri javobi bilan bog‘liq. Chunki tabiiy geografiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan ko‘pgina asarlarda hanuzgacha obyektni predmet deb yoki bir narsani bir kishi obyekt desa, boshqa birovi predmet deb hisoblash hollari uchrab turibdi.Tabiiy geografiya fanining obyekti va predmeti haqidagi fikrlarning bunday xilma-xilligi o‘quvchini chalg‘itadi. Undan tashqari, tabiiy geografiyaning tabiiy fanlar qatorida tutgan o‘rni va tarmoqlanishini to‘g‘ri aniqlab olishga halaqit beradi. Bunday chalkashliklarning asosiy sabablaridan biri obyekt so‘zining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, objectum, ya'ni predmet degan ma'noni beradi. Bu obyektning tor ma'nosidir. Falsafa lug‘atida bilishning predmeti deb obyektning tajribada qayd etilgan va insonning amaliy faoliyat jarayoniga kiritilgan tomonlari, xususiyatlariga aytiladi. U mazkur sharoitda ma'lum maqsadni ko‘zlab o‘rganiladi, deb ko‘rsatilgan.Tabiiy geografiya fanining obyekti va predmeti haqidagi fikrlarning bunday xilma-xilligi o‘quvchini chalg‘itadi. Undan tashqari, tabiiy geografiyaning tabiiy fanlar qatorida tutgan o‘rni va tarmoqlanishini to‘g‘ri aniqlab olishga halaqit beradi. Bunday chalkashliklarning asosiy sabablaridan biri obyekt so‘zining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, objectum, ya'ni predmet degan ma'noni beradi. Bu obyektning tor ma'nosidir. Falsafa lug‘atida bilishning predmeti deb obyektning tajribada qayd etilgan va insonning amaliy faoliyat jarayoniga kiritilgan tomonlari, xususiyatlariga aytiladi. U mazkur sharoitda ma'lum maqsadni ko‘zlab o‘rganiladi, deb ko‘rsatilgan.Bizningcha, tabiiy geografiya fanining tekshirish obyekti bittadir. U ham bo‘lsa juda rangbarang va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan geografik qobiqdir. Undagi rang-barang va murakkablik uning serkomponentligi bilan ular orasida ro‘y berib turadigan hamda tashqi muhit bilan bo‘lib turadigan o‘zaro ta'sir va aloqadorliklarning serqirraligi bilan bog‘liqdir.Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling