"Tiriklik yashashga chorlaydi" "Alkimyogar" asari, Paolo Koelo
Download 48.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2204-guruh Erkinova Hadichabegim
"Tiriklik yashashga chorlaydi" "Alkimyogar" asari, Paolo Koelo. Odam dunyoga keldi, katta bo'ladi, o'zini anglab yetganida esa gangib qoladi. Kim ekanligi va nima uchun bu dunyoga kelganligi ancha o'ylantiradi. Rostan ham odamzod nega dunyoga keladi, bu yorug' dunyo yuzini ko'rgandan keyin, uning bazifasi nima? Biz kecha o'qigan asarimizda - "Alkimyogar" - bu savolga javob berilgan: "Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona,oliy vazifasi - o'z taqdirini ro'yobga chiqarishga erishuvidir...". Asar braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo tomonidan, roman janrida yozilgan. Asar portugal tilida yaratilgan bo'lib, avval, 1988-yilda yozilgan paytidayoq bu asar ko'pchilikning e'tiborini jalb qilmaydi, ammo hozirga qadar 56 tilga tarjima qilingan, eng ko'p sotilgan kitoblardan biri hisoblanadi. Paolo Koeloning ta'kidlashicha, bu asarni yozish uchun unga atigi 15 kun yetarli bo'lgan. Asarda Taqdir so'ziga batafsilroq izoh beriladi. Odamlar bu dunyoga kelganlarida o'z taqdirlari bilan tug'iladilar. Ammo ulg'ayganlari sayin ba'zi qo'rquvlar o'z taqdirlaridagi orzu va niyatlarini ro'yobga chiqarish imkonsizligiga ishontiradi. Inson bir narsani orzu qiladi, balki chin qalbidandir, balki shunchaki. Ammo, ba'zi orzulariga erishish uchun chindan ko'p harakat va mehnat qiladi. Qanchadan qancha azob-uqubatlarga bardosh beradi. Atrofidagi insonlar unga bu niyatiga yetishish imkonsizligini uqtiradilar. Orzusiga yetishishga harakat qilayotgan inson ham garchi, buni chin ko'nglidan xohlasa ham, yolg'on haqiqatga, bu orzulari shunchaki bir o'tkinchi xayol ekanligiga puxta va kengroq ko'kamda o'ylab ko'rmay ham ishonadi. Aslida esa, bu niyat, bu orzu, bu maqsad faqatgina uning xayolida emas, mana shu real hayotda paydo bo'lgan bo'ladi. Bir inkor qilib bo'lmas haqiqat bor: Qachonki biz nimanidir astoydil istasak, albatta unga erishamiz, chunki bunday istak olamning, biz yashab turgan dunyoning ruhida paydo bo'lgan bo'ladi. Umuman olganda, odamzod yer yuzida xuddi ana shuning uchun, o'z orzular va maqsadlariga erishish yo'lida qattiq mehnat qilib, sabrli bo'lish uchun yaratilgan. Buni anglab, motivating chaqa olgan odam o'zi duch kelayotgan, arzimagan muammolarga, qiyinchiliklarga osongina yengilib o'tirmaydi, aksincha, yanada kuchliroq harakat qilib, kattaroq qadam tashlashga intiladi. Haqiqattan ham, taqdirimizga yozilgani ,albatta, bir kunmas, bir kun bizniki bo'ladi. "Alkimyogar" asarida qayd etilishicha, taqdir bu hayotimizning oliy mohiyati hisoblanadi. Taqdir bu - Alloh biz uchun bu dunyoda tayyorlab qo'ygan oliy va xayrli yo'l. Hammasi biz uchun foydali, hammasi biz uchun yaxshilikka bo'ladi. Ammo, eng muqaddas orzularga mana shu yo'ldan borish, va niyatlarga erishish hammaga ham nasib etmaydi. Bu shunchaki so'zlar emas. Aslida katta ma'no va maqsadlarimizni aniqlab olish uchun eng foydali vosita. Atrofimizga qarasak, ota-onamiz og'zimizdan chiqqanini beminnat muhayyo qilyaptilar. Ba'zilarga orzulariga yetishishlari uchun quit yetarli bo'lmaydi. Aslida esa yaqinlarimizning ishonchi - bu kuch. Yengib yoki inkor etib bo'lmas kuch. Faqatgina bu kuchga munosib bo'lish bizning oliy vazifamiz. Bixni hech narsa to'xtatolmasligi, na erinchoqlik va na g'aflat. Sababi Alloh bizga mana shu taqdirimizdagi yozilganlariga erishish uchun shunday qobiliyatni va yengilmas ishonch kuchini berib qo'yibdimi, bizning yengilishga imkoningiz yo'q. Faqat harakat va harakat. Xohlasak, bas, barchasini uddalay olamiz, ammo bizda harakat yo'q, qunt yo'q, intilish yo'q. "Alkimyogar" asarida Santyago ismli cho'pon yigit obrazi bor. U — tabiatan xayolparast, sabrli, mehnatsevar, kitob o'qishni sevadigan yigi. Uning kitobga o'qishga bo'lgan mehri bugungi kun yoshlariga munosib o'rnak bo'ladi oladi. Santyagodagi tirishqoqlik, mehnatsevarlik, mutolaani sevish, orzu-maqsadlariga erishish uchun tinmay harakat qilish kabi sifatlar biz uchun eng muhim bo'lgan sifatlardan hisoblanadi. U boylikka ega bo'lish uchun Misrga keladi. Afsuski, kelganda pullarini o'g'irlatib qo'yadi, lekin taqdir sinovlari qarshisida dovdirab qolmay chinnivorlar do'konida ishlashni boshlaydi. O'z maqsadi uchun harakatini to'xtatmaydi. Santyagoning ba'zi holatlarda hayotda qoqilishi tufayli yozuvchi shunday deya murojaat qiladi: "Siz mag'lubiyatlar ham shunchalik zarurmi ? - deb so'rashingiz mumkin. Zarurmi, yo'qmi — ular yuz beradi. Inson o'z orzu-umidlari uchun endigina kurashga kirgan chog'ida tajribasizligi tufayli juda ko'p xatolarga yo'l qo'yadi. Hayotning mohiyati ham aslida shu — yetti marta yiqilib , sakkiz marta oyoqqa turib keta olishda". Chindan ham shunday, arzimagan qiyinchiliklar, maqsadimizga erishishimizga to'sqinlik qilmasligi zarur. Umumiy xulosam, asar qiyinchiliklarni boshidan o'tkayotgan insonga katta kuch bera oladi. Hayot qonunlarini yana bir bor eslashimizga intiladi. Zero, yiqilsak ham, qayta turib, harakat qilish - maqsadlarimizga erishishdagi talab qilinadigan eng muhim vositalardan biridir. Download 48.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling