Tiristorli o‘zgartirgichlar


Download 1.11 Mb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1624699
1   2
Bog'liq
Tiristorli o‘zgartirgichlar

10.34-rasm. Ikki taktli tiristorli o‘zgartirgichning sxemasi.
qo‘yiladi va bu chulg‘amdagi tok avvalgi ochuvchi impuls vaqtidagi W1' chulg‘amdagi tokka qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bunda W2 ikkilamchi chulg‘amda kuchlanishning ikkinchi (manfiy) yarim to‘lqini shakllanadi.
VS1 tiristorga navbatdagi ochuvchi impuls berilganda sxema dastlabki holatiga qaytadi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
Tiristorlarning navbatma-navbat ochilishi natijasida trans- formatorning birlamchi yarim chulg‘amlarida toklar davriy ravishda o‘zgaradi va ikkilamchi chulg‘amda o‘zgaruvchan tok vujudga keladi. Bu tok CHT chiqish to‘g‘rilagichi orqali to‘g‘- rilanadi va F filtr orqali yuklamaga uzatiladi.
Shunday qilib, o‘zgartirgich chiqishida talab qilingan nomi- naldagi o‘zgarmas kuchlanish shakllanadi.
L1 drossel ta’minot manbayi tokini har ikkala tiristorlar ochiq bo‘ladigan qisqa vaqt oralig‘ida ta’minot manbayi tokini cheklab turadi.
Kommutatsiya momentida, tiristorlardan biri ochiq, ikkin- chisi esa induktivlikning razryadlanish toki o‘tkazayotgan vaqtda yuklama induktivligida va reaktiv kommutatsion elementlarda yig‘ilgan reaktiv quvvatni VD1 va VD2 diodlar U0 ta’minot manbayi tomoniga o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi.
Ikki taktli ko‘priksimon o‘zgartirgich sxemasi 10.35-rasmda keltirilgan. Birinchi yarim davrda boshqaruvchi kuchlanish mus- bat impulslari bir vaqtning o‘zida VS1 va VS2 tiristorlarga beriladi. Tiristorlar ochiladi va ular orqali T1 transformatorning birlam- chi chulg‘amiga tok oqib o‘tadi. Bu vaqtda S1 kondensator ta’minot manbayining U0 kuchlanishigacha zaryadlanadi.
Boshqaruvchi kuchlanishning ikkinchi yarim davrida im- pulslar VS2 va VS3 tiristorlarga beriladi va ular ochiladi. Ammo bu vaqtda S1 kondensatordan musbat potensial VS1 tiristor


10.35-rasm. Ikki taktli ko‘priksimon o‘zgartirgichning prinsiðial sxemasi.
katodiga beriladi va u yopiladi. VS4 tiristor anodiga esa S1 kondensatordan manfiy potensial beriladi va u ham yopiladi.
So‘ng tiristorlar juftligi navbatma-navbat ochiladi. Bunda T1 transformatorning birlamchi chulg‘amidan qarama-qarshi yo‘nalishdagi tok impulslari oqib o‘tadi. Bu tok impulslari ikkilamchi chulg‘amda o‘zgaruvchan tokni induksiyalaydi. Keyinchalik bu o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilagichda to‘g‘rilanadi va filtrda silliqlanib yuklamaga uzatiladi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling