Tish qattiq to’qimalarini charxlash
Download 23.79 Kb.
|
Tish qattiq to’qimalarini charxlash asoslari, xavfsizlik qoidala
Tish qattiq to’qimalarini charxlash Charxlashda printsiplarga amal kilish zarur, ularga rioya kilinmasa, nafakat plomba kuyish uchun zarur bulgan bushlikni yaratish, balki uning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi charxlash maksadiga erishish mumkin emas. Shakllangan bushlik tushunchasiga kuyidagi elementlar kiradi: kirralar, devorlar, burchaklar, tub. Bushlik devorlari koronkaning yuzasiga boglik xolda nomga ega. Parallel osilib turuvchi devorlar orasidagi burchaklar plombirovkalash materialining asosiy fiksatsiya elementlari xisoblanadi. Bushlikning tubi deb, kariozli bushlikning lokalizatsiyasidan katьiy nazar tishning pulьpaga karatilgan yuzasini xisoblash kabul kilinganKarioz kovaklarni charxlashning umumiy va xususiy usullari Blek karioz kovaklar tasnifini taklif etgan. Karioz kovakni tish yuzasida joylashishiga qarab besh sinfga bo‘ladi. Karioz kovakni charxlab ishlash bir qancha bosqichdan iborat bo‘ladi. Karioz kovaklarni kavlashning umumiy va xususiy usullari Tish karioz bo‘shlig‘idagi chirigan to‘qimani toza to‘qimagacha to‘la olib tashlash kerak, lekin ishlov vaqtida toza to‘qimani ortiqcha olib tashlash emal va dentin to‘qimasini oziqlanishi biroz buziladi. Natijada tish devori mo‘rt bo‘lib qoladi. Mana shu karioz kovagidagi chirigan to‘qimani sog‘lom tish to‘qimasigacha olib tashlash va geometrik shakl berilsa, mana shu shakl berilgan karioz bo‘shlig‘ida plomba yaxshi o‘rnashadi va uzoq vaqt turadi. Chirigan to‘qimalarni jarrohlik va kimyoviy usullar bilan olib tashlanadi. 1. Kovak quruq bo‘lishi kerak. Kovak yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Dentinni, chuqur kariyes va pulpani zararsizlantirishdan saqlab qolish kerak. Ba’zi bir bemorlarda og‘riqsizlantirish usuli ishlatiladi. 1. Mahalliy og‘riqsizlantirish shimdirish usuli bilan. Og‘riqsizlantirish suyuqligi. Agar mahalliy og‘riqsizlantirish natija bermasa ikkinchi usul ukol yordamida quyidagi dori eritmalari ishlatiladi. 2. Nerv tolalarini og‘riqsizlantirish usuli bilan quyidagi dorilar ishlatilinadi. Piromekain eritmasi 2% li Lidokain eritmasi 2% li. Piromekain eritmasi 2% li. Ksilokain eritmasi 1-2% li Novokain eritmasi 2% li. 3. Ignasiz og‘riqlantirish BI-8 "Pchelka" 4. Elektr og‘riqsizlantirish asbobi bilan. INAAN-3, Eloz-1. 5. Apupunktura (igna sanchish bilan) 6. Narkoz. Sombrevinni vena tomiriga yuborib davolash, zakis azot, ftorotan va boshqalar. Karioz kovakni charxlab ishlash bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. 1. Karioz kovakni ochish. Bu bosqichda osilib turgan emal olib tashlanadi. Bu bosqichni bajarish uchun fissir va sharsimon bor ishlatiladi. Chirigan va osilib qolgan emal sharsimon, u silindirsimon bor bilan kovak tubiga tushirib emal olib tashlanadi, natijada kovak ochiladi. 2. Kovak kengaytirish. Bu bosqichning maqsadi chirigan, rangi o‘zgargan dentin to‘qimasini olib tashlash. Ekskavator, sharsimon va teskari konussimon borlar yordamida bajariladi. Kovakni ochish paytida ko‘pincha biroz sog‘lom to‘qimani ham kesishga to‘g‘ri keladi, chunki karioz kovakda qulay bo‘shliq hosil bo‘lishi kerak, kovak yaxshi ko‘rinishi kerak va asboblar bilan yaxshi ishlanishi kerak. Frontal tishlar guruhida karioz kovaklarini ochish biroz boshqacha bo‘ladi, bu yerda xusn nuqtayi nazaridan tishning oldingi yuzasi, devori yupqa bo‘lsa ham qoldiriladi. 3. Nekroektomiya — bu uchinchi bosqich. Bu bosqichda hamma karioz bo‘shlig‘ida chirigan va yumshab qolgan dentin olib tashlanadi. Karioz tubida ishlaganda tasodifan tish pulpasini ochib qo‘yish mumkin. Bu holatni aniqlashda zond va ekskavator asboblari ishlatilinadi. Bunday hodisa bo‘lmasligi uchun biroz pigmentli dentin qoldiriladi. Karioz ko- vakdan chirigan to‘qimani ekskavator va sharsimon bor bilan olib tashla- nadi. Karioz bo‘shlig‘ida chirigan to‘qimani olayotganda borni to‘g‘ri ushlab ishlash katta ahamiyatga ega. Ba’zan chuqur karioz kovakka shakl berishda pigmentli yoki yumshoq dentin qoldiriladi. Karioz bo‘shlig‘idagi chuqur chirigni tozalashda bor mashinaning kichik harakatida ishlash kerak. Bunday holatda konussimon va silindirsimon borlar bilan ishlash mumkin emas, chunki pulpa zararlanishi mumkin. 4. Karioz kovakka shakl berish. Bu bosqichning maqsadi plombani yaxshi ushlaydigan shaklga kelti- rish va uni uzoq vaqt tutishga sharoit tug‘dirishdir. Kovakka shakl berish- da, kovakka qo‘yilgan talablarga amal qilish kerak. a) karioz kovakda: 1-qirra, 2-devor, 3-tub, 4-burchaklar. Karioz kovakning qirrasi, odatda notekis bo‘ladi; ular bir-biriga yaqinlashib, karioz kovak og‘zini hosil qiladi va u doimo kovakning hajmidan kichik bo‘ladi. Shu sababli karioz kovakni to‘g‘ri kavlash va shakllantirish mu- xim ahamiyatga ega. Eng kichik karioz kovakni ham karonkaning do‘m- boq qiyaligiga, koronkaning bo‘rtiq yuzasiga qadar va hokazo sun’iy ravishda kengaytiriladi, ya’ni karioz kovakdan ko‘p sog‘ emal, dentin to‘qima kesib olib tashlanadi va shakl kengayadi, natijada shaklning yon devorlari yupqalashib pulpadan oziqlanishi yomonlashadi. Natijada yon devorlari sinadi va plomba tezda chiqib ketadi. Kesuvchi borlar yangi va o‘tkir bo‘lishi kerak, silkinib qimirlamasligi kerak. Tez aylanadigan borlar bilan vergulsimon harakatda to‘xtab-to‘xtab ishlash kerak. Keyingi asosiy masala o‘ng qo‘lda nakonechnikni va chap qo‘lda daxanni yoki kasalning tishini ushlab turgan holatda kavlanadi. 3 1
ahamiyat berish kerak. Shu talablarga rioya qilinganda plomba uzoq vaqt tishning anatomik va fiziologik funksiyasini saqlab qoladi. tish protezi — turli sabablar tufayli tushib ketgan yoki olib tashlangan tabiiy tishlar oʻrnini toʻldirish hamda tish nuqsonlarini yoʻqotish maqsadida ishlatiladigan maxsus ortopedik moslama. Bolalar tishi notoʻgʻri joylashganda va jagʻ tishlar jipslashuvi buzilganda maxsus moslama qoʻllaniladi (ortodontik davo), bu esa ular yuzidagi nuqsonlarning oldini olish va davolash imkonini beradi. YA.t. har bir kishining oʻziga, uning organizmiga zarar qilmaydigan materiallar: plastmassa, chinni va metall qotishmalar (oltin, kumush, platina, maxsus poʻlat va h.k.)dan yasaladi. YA.t. ni oʻz vaqtida qoʻyish kerak, chunki bir nechta tish oʻrni boʻshab qolsa, ovqat toʻliq chaynalmaydi, bu esa meʼda va ichak faoliyatining buzilishiga sabab boʻladi. YA.t. qoʻyishqoʻymaslikni stomatolog vrach belgilaydi. Yasama tishlar doimiy va olinadigan qilib qoʻyiladi. Doimiy Yasama tishlarning qoplama (koronka), koʻpriksimon, shtift (mix) li va qistirma (vkladka) xillari bor. Qistirma Yasama tishlar plastmassa va chinnidan yasaladi: ular, asosan, oldingi tish koronkasi chetnaganda yoki koʻp qismi yemirilib ketganda shaklini tiklash uchun qoʻllaniladi (qarang Tish chirishi). Qoplamalar zanglamaydigan poʻlat, oltin, plastmassa va chinnidan yoki ularni aralashtirib qilinadi. Oldingi tish koronkasi yemirilganda, tish ildizini toʻla davolab, shtiftli tish bilan tiklash mumkin; uni tish ildiziga oʻrnatib qoʻyiladi. Koʻpriksimon Yasama tish 1—2 ta tish boʻlmaganda qoʻyiladi. Ular tayanch tishlar oraligʻiga qoplanadi — bu koronkalar plastmassa yoki chinnidan yasaladi, yo hammasini metalldan qilish mumkin. Koʻpriksimon Yasama tish shikastlanmagan yoki toʻliq davolangan tishlargagina oʻrnatiladi. Olinadigan (plastinkali) Yasama tish milkka yoki qattiq tanglayga mahkamlab qoʻyiladigan va sunʼiy tishlar oʻrnatilgan plastinka (asos)dan iborat. Koʻp tishlar yoʻq va sogʻlom tayanch tishlar boʻlmaganda olinadigan Yasama tish tavsiya etiladi. U toʻliqmas va toʻliq (hamma tishlar oʻrnini toʻldiradigan) boʻladi. Koʻp tishlar yoʻq va tayanch tishlar sogʻlom boʻlsa, yoysimon (byugel) Yasama tish qulay, bunda asos plastinka oʻrnida metall yoydan foydalaniladi. Hamma tish boʻlmaganda toʻliq Yasama tish qoʻllaniladi: uning plastinkasi shilliq qavatga tiralib, soʻlak bilan hoʻllanib yopishib turganligi sababli protez ogʻizda yaxshi oʻrnashadi. YA.t. qoʻyishdan oldin, albatta, ogʻiz boʻshligʻini sogʻlomlashtirish (chirigan tishlarni davolash, juda yemirilgan tishlar va tish toshlarini olib tashlash), tayanch tishlar ildizi atrofidagi toʻqimalar holatini tekshirish shart. Yasama tish qoʻydirishga muhtoj boʻlgan kishiga mos protez tuzilishini stomatolog vrach aniqlaydi. Download 23.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling