Tizimli dasturiy ta`minot tushunchasi


Servis dasturiy ta’minoti


Download 91.88 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi91.88 Kb.
#1589169
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish Mirjalol

Servis dasturiy ta’minoti
Servis dasturiy ta’minoti — foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo'shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshimvchi dasturiy mahsulotlar yig‘indisidan iboratdir.
Biroq, funksional imkoniyatlariga ko‘ra, servis vositalarini
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• Foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
• Ma’lumotlami buzilish va qoidasiz kirishlardan himoya qiluvchilar;
• Ma’lumotni qayta ishlovchilar;
• Disk va tezkor xotira qurilmasi o'rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
• Virusga qarshi vositalar.Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko‘ra servis vositalar
qobiqli utilitalar va mustaqil dastur holida taqdim etilishi mumkin.
Qobiqlar va utilitalar orasidagi farq ko‘proq faqat birinchisining unevirsalligi va ikkinchisining ixtisoslashganligida ifodalaniladi. OT ning sozlovchisi boigan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan
boiib, har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi.
Bunda ular o‘z vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitalar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tasnifi o‘z vazifasi va tashkil etish usullariga ko‘ra ancha shartlidir.Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha
bilishdan ozod etadi. Ko'pgina qobiqlar, masalan,MS DOS oilasiga mansublarining vazifalari fayllar va kataloglar bilan ishlashga yo‘naltirilgan hamda fayllami tez topishni ta’minlaydi.
Utilitalar foydalanuvchiga qo'shimcha xizmatlami (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko'rinishida taqdim etadi.Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalami bajarish imkonini beradi:
• disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni tartibga solish, uni saqlash, to'xtatish va tiklash imkoniyati);
• fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
• arxivlami yaratish va yangilash;
• kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar o‘rtasida TXKni taqsimlash to‘g‘risida axborot taqdim etish;
• turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllami bosish;
• kompyutemi viruslardan himoya qilish.


Download 91.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling