Tizimli dasturiy ta’minot


Download 251.71 Kb.
bet1/5
Sana06.11.2021
Hajmi251.71 Kb.
#171054
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi


Tizimli dasturiy ta’minotfanidan







Mavzu: Pascal tilida butun tipdagi o’zgaruvchilar to’g’ri e’lon qilinganligini tekshiruvchi sintaksis tahlilchisi qurish.

Mundarija

Kirish……………………………………………………………………...3



  1. MAVZUNING NAZARIY ASOSLARI.

    1. Formal tillar va grammatikalar……………………………………...4

  2. MUAMMONI YECHISH USULLARI, YO’LLARI.

2.1. Masalaning sharti va Grammatikasi………………………………….7

2.2. Chekli avtomat loyihasi, jadval shaklida. Diagramma shaklida……...9

2.3. Pascal tilida o’zgaruvchi to’g’ri e’lon qilinganligini tekshiruvchi sintaksis tahlillovchining dasturi………………… ………….…………12

III. OLINGAN NATIJALAR.

3.1. Dastur natijalarining tahlili…………………………………………15

Xulosa…………………………………………………………………...16

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………17

Kirish.

Kompilyator boshlang’ich dasturni bitlar to’plamiga aylantirganligi sababli, ushbu bitlardan boshqa mashinada ham foydalansa bo’ladi. Bir turdagi mashina uchun dasturni tayorlash boshqa bir kompyuterda amalga oshirilgan holda, bunday kompilyatorlar kross kompilyatorlar deb ataladi.

Konvertor - bir tildan boshqa o’sha darajadagi tilga o’girish demakdir. Misol sifatida Paskal tilidagi kodni C tilidagi kodga aylantiruvchi dasturni keltirish mumkin.

Translyator deganda biz bir belgilar qatorini (boshlangich matnni) boshqa belgilar qatoriga (obyekt dasturga) aylantiradigan dasturni tushunamiz. Bu jarayonning natijasi bo’lib, u yoki bu mashina uchun mashina tilidagi dastur, yoki boshqa bir tildagi boshlang’ich dastur matni bo’lishi mumkin. «Kompilyator» terminini boshlang’ich dastur matnini mashina tiliga o’giradigan dastur sifatida qarab foydalanamiz. Agar translyatsiya jarayonining barcha ko’rinishlari e’tiborga olinsa u holda «translyator» terminini ishlatamiz.

Dastur o’zi ishlatadigan ma’lumotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Buning uchun o’zgaruvchilarva o’zgarmaslaardan foydalaniladi. Dastur bajarilishi jarayonida o’z qiymatini o’zgartira oladigan kattaliklar o’zgaruvchilar deyiladi. O’zgaruvchi nomlari harflar yoki harf va sonlardan iborat bo’lishi mumkin.

Pascal tilida o’zgaruvchilar ma’lumotni saqlash uchun qo’llaniladi. O’zgaruvchining dasturda foydalanish mumkin bo’lgan qandaydir qiymatini saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka ko’rinishda ifodalash mumkin. Kompyuter xotirasiga yacheykalardan iborat qator sifatida qarash mumkin. Barcha yacheykalar ketma-ket nomerlangan. Bu nomerlar yacheykaning adresi deb ataladi.O’zgaruvchilar biror bir qiymatnisaqlash uchun bir yoki bir nechta yacheykalarni band qiladi.Pascal tilida o’zgaruvchilarni aniqlash uchun kompyuterga uning tipi (masalan, integer, float yoki boshqalar) haqida ma’lumot beriladi.Bu axborot asosida kompiliyatorga o’zgaruvchi uchun qancha joy ajratilish lozim vf bu o’zgaruvchidaqanday turdagi qiymat saqlanishi mumkinligi haqida ma’lumot aniq bo’ladi.Har bir yacheyka bir bayt o’lchovaga ega. Agar o’zgaruvchi uchun ko’rsatilgan tip 4 baytni talab qils, uning uchun to’rta yacheyka ajratiladi. Aynan o’zgaruvchi tipiga muvofiq ravishda kompilyator bu o’zgaruvchi uchun qancha joy ajratish kerakligini aniqlaydi.



Download 251.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling