Tizimli va amaliy dasturlashtirish kafedrasi
Download 444.58 Kb.
|
1-Mustaqil ish
Bir o‘lchovli massivlar. Bir o‘lchamli massivni e’lon qilish quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
Quyida massivlarni e’lon qilishga oid bir necha misollar keltirilgan: 1) float jadval[7]; // 7 ta haqiqiy elementli massiv; 2) int vektor[6]; // 6 ta butun sonli massiv; 3) bool ab[15]; // 15 ta mantiqiy elementli massiv. Massiv o‘lchami va uning elementlari tipi massivni saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini aniqlaydi. Massivni tavsiflashning yana bir usulini ko‘rib chiqamiz: const int k=15; // Butun sonli o‘zgarmasni e’lon qilish; double A[k]; // 15 ta haqiqiy sonli massiv; Statik massivni tavsiflashda o‘lchov sifatida musbat butun sondan yoki oldindan belgilangan o‘zgarmasdan foydalanish mumkin. C++ dasturlash tilidagi massiv elementlari noldan raqamlangan. Birinchi element har doim nol indeksga ega va oxirgi element indeksi, uning tavsifida ko‘rsatilgan o‘lchovdan bitta kam bo‘ladi: char z[4]; // bunda 4 ta belgili massiv, elementlari 0 dan 3 gacha raqamlangan. Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o‘zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farqli bo‘lgan jihati mavjud. Massiv elementiga murojaat qilish, uning indeksi orqali amalga oshiriladi. Masalan: max[1] = 20; // max massivning 1- elementi 20 qiymat o‘zlashtirish; max[2] = min[3]; // max massivni 2- elementiga min massivning 3-elementini o‘zlashtirish; max[5] > min[6]; // max massivni 5- elementi bilan min massivning 6-elementini taqqoslash; Massivni e’lon qilishda, uning elementlariga boshlang‘ich qiymat berish mumkin va buni bir nechta usullari mavjud. 1) O‘lchami ko‘rsatilgan massivni to‘liq e’lon qilish: int a[4] = { 5, 6, 7, 8}; Bu yerda 4 ta elementdan iborat bo‘lgan a massivi e’lon qilingan va massivning barcha elementlariga boshlang‘ich qiymat berilgan. 2) O‘lchami ko‘rsatilgan massivni to‘liqmas e’lon qilish: int b[6] = { 7, 5, 3 }; Bu yerda 6 ta elementdan iborat bo‘lgan b massivi e’lon qilingan va massivning dastlabki 3 ta elementlariga boshlang‘ich qiymat berilgan. 3) O‘lchami ko‘rsatilmagan massivni to‘liq e’lon qilish: int x[] = { 5, 3, 2, 1, 8, 0}; Agar massiv o‘lchami ko‘rsatilmasa, uni to‘liq e’lon qilish talab etiladi. Bu holda massiv o‘lchami kompilyatsiya jarayonida elementlari soniga qarab aniqlanadi. Bunda massivning o‘lchami 6 ga teng bo‘ladi. 4) O‘lchami ko‘rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang‘ich qiymatda 0 berish: int y[4] = { 0 }; Bir o‘lchamli massivlar uchun ishlatilgan o‘zgaruvchilar bir хil tipdagi berilganlarni хotirada saqlashda foydalaniladi. Yuqorida bayon qilingan fikrlarni tekshirib ko‘rish uchun Download 444.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling