Obyekt (hodisa, jarayon)larni modellashtirish bosqichlari
1. Maqsadni shakllantirish. Har qanday masala, aniqrog‘i modellashtirish muammosi negizida subyekt (inson) obyektdan nima kutmoqda, nim aga erishm oqchi, ya’ni uning maqsadi {Z}
nim adan iborat degan m a’lumot yotadi. Aynan shu ma’lumot obyektni aniqlab beradi. Bu yerda o‘ziga xos paradoks (tushunmovchilik) mavjud: maqsad obyekt orqali aniqlanadi, obyekt esa maqsad orqali. Mazkur tushunm ovchilik oddiygina hal qilinadi. Subyekt m aqsadni shakllantirar ekan, har doim obyekt haqida qandaydir tasavvurga ega bo'ladi. M azkur tasavvurlar juda ko‘p hollarda taxm iniy bo‘lsada, am m o ular doimo modellashtirish maqsadini samarali va yetarlicha shakllantirishda obyektning ba’zi bir xususiyatlarini ijobiy aks ettiradi. Odatda, maqsad birorbir funksiya ko‘rinishda berilgan bo‘lib, maqsadga ushbu funksiyani m aksimallashtirish yoki minim allashtirish orqali erishiladi.
2. Obyektni o‘rganish. Buning uchun sodir bo‘layotgan jarayonni tushunish, agar mavjud bo‘lsa, obyektning uni o‘rab turgan muhit bilan chegarasini aniqlash talab qilinadi. Bundan tashqari, mazkur bosqichda tadqiq qilinayotgan obyektning barcha kirish va chiqish param etrlari ro‘yxati ham da modellashtirish maqsadi
ga ularning ta’siri aniqlanadi.
3. Tasnifli modellashtirish — obyektning kirish va chiqish parametrlari orasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish va so‘z orqali ifodalash.
4. Matematik modellashtirish tasnifli modelni rasmiy
matematik tilga o‘tkazish. Maqsad odatda funksiya ko‘rinishida ifodalanadi.
5. M asalani hal qilish usulini tanlash yoki ishlab chiqish. Mazkur bosqichda hosil bo‘lgan matematik masalani hal qilish uchun mos usui tanlanadi. Bunday usul tanlanayotganda uning murakkabligi va talab etiladigan hisoblash resurslari e’tiborga olini
shi lozim. Agar keltirilgan mezon bo‘yicha hal qilishga mos usul mavjud bolm asa, u holda masalani hal qilish uchun yangi usul ishlab chiqiladi. Umuman olganda, har doim asosiy hisoblash ko‘rsatkichlari bo‘yicha oldin m a’lum bo‘lgan usullardan qolishmaydigan yangi samarali usullar yaratishga intilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |