Тўлов шартнома (икки томонлама) асосида мутахассис тайёрлашга


Download 17.57 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi17.57 Kb.
#1274514
Bog'liq
1 курсларга Уч йил ишла бериш тўғрисида шартнома


Davlat granti asosida o‘qishga kirgan talabalar, o‘qishni tamomlagandan so‘ng ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda kamida uch yil ishlab berish to‘g‘risida
SHARTNOMA

Toshkent sh. «_____»_______________20__ yil


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son «2005-2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarorining 6-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005-yil 8-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Sh.Rixsiyeva bir tomonidan


(Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi)


ikkinchi tomondan______________________________________________________________


(Talabaning familiyasi, ismi-sharifi)

_____________________________________________________________________________________________


(Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik nomi)

_________________________________________________________________ bakalavr, magistr qilib


(Oliy, o‘rta maxsus)

tayyorlash to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar.





  1. Ta’lim muassasasining huquq va majburiyatlari:




  • o‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va sohaga doir chiqarilgan me’yoriy hujjatlarga muvofiq ta’lim muassasalari Nizomida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  • talaba (o‘quvchi)larga qonun bilan berilgan huquqlarining erkin amalga oshirilishini va ta’lim muassasasi Nizomiga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;

  • mutaxassisini tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash;

  • har oyda o‘rnatilgan muddat va tartibda stipendiya to‘lovlarini amalga oshirish;

  • bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasada egallagan ta’lim yo‘nalishlari va malakasiga, kadrlarga bo‘lgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlash;

  • har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi ish haqi miqdori to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtirish;

  • oliy ta’lim muassasasi bitiruvchi o‘qishni tugatgandan keyin bir haftadan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni berish;

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma;
- ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanma;
- taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot ro‘yxatidan ko‘chirma;
- diplom ilovasi;

  • bitiruvchi Nizom talablari asosida taqsimot bo‘yicha uch yil ishlab bergandan keyin unga oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir hafta muddatda mehnat daftarchasiga muvofiq diplomining asl nusxasini berish;




  1. Bitiruvchining huquq va majburiyatlari:

  • ta’lim muassasasini davlat granti asosida tamomlagandan keyin davlat tashkilotlar va korxona, muassasalarda kamida uch yil ishlab berish;

  • davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagandan so‘ng magistraturaga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyatini magistraturani yakunlagandan so‘ng Nizom talablari asosida amalga oshirish;

  • yuqori reyting to‘plagan bitiruvchilar birinchilar qatorida mavjud bo‘lgan ish joylariga o‘zlarining ixtiyori bilan joylashish huquqiga egalar;

  • bitiruvchilar o‘qishni tamomlagandan so‘ng ko‘pi bilan uch oygacha bo‘lgan muddatda ish joyiga yetib kelishlari va ish boshlashlari lozim.



3. Shartnomani bekor qilish
1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

  • nizomga muvofiq ma’muriyatning tashabbusiga ko‘ra ta’lim oluvchi o‘qishdan chetlashtirilganda;

  • ta’lim oluvchi o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirganda;

2. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlarning kelishuviga asosan kiritiladi.
3. Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida hal etiladi.

Shartnoma tomonlar uni imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.




TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI:


Ta’lim muassasasi: Talaba:
Pochta manzili: Toshkent davlat F.I.SH.__________________________
sharqshunoslik universiteti 100060 ________________________________
Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 20-uy. Pochta manzili: ___________________
Tel: +998 71 233-34-24. ________________________________
________________________________
Pasport, seriya _____№ ____________
________________________________
(pasport kim tomonidan va qachon berilgan)
Tel:_____________________
TOMONLARNING IMZOLARI:

Ta’lim muassasasining Talaba


rahbari


_________________________ ___________________
Download 17.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling