Tm-yakuniy-Javoblar


Download 361.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/34
Sana31.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1144339
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
TM-Yakuniy-Javoblar 2

17 - variant
1 - savolga -
Mavjud faoliyat strategiyalari va o‘tmish tajribasi insonga yuzaga
kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi
strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli vaziyat deb
ataladi. Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni,
mulohazalarni yoyishning boshlang ‘ich asosi hisoblanadi.
2 - savolga -
Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni
aniqlash ilmiy tadqiqotning zaruriy shartidir. Dalil - bilimning tasdiqlangan
boyligiga aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa,
xossa yoki munosabatni qayd etishdir. Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va
ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir variantlilikka ega bo‘ladi. Ilmiy dalilning
ishonchliligi shunday namoyon bo‘ladiki, uni tadqiqotchilar tomonidan turli
davrlarda o‘tkaziladigan yangi eksperimentlar yordamida olish va ifodalash
mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan iboratki, u o‘zining
ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar saqlab qoladi.
Empirik dalillar fanda ilmiy nazariyalar tayanadigan empirik bazisni hosil
qiladi. Empirik darajaning ichki tuzilishida kamida ikki kichik daraja
farqlanadi: a) bevosita kuzatishlar va eksperimentlar. Kuzatish ma’lumotlari
ularning natijasi hisoblanadi; b) bilish amallari. Ularning yordamida kuzatish
ma’lumotlaridan empirik bog‘lanishlar va dalillarga o‘tish amalga oshiriladi.
Kuzatilgan dalil – bu ikki qismdan iborat bo‘lgan da’vo. Dalil tavsifi –
muayyan sharoitlarda kuzatish mumkin bo‘lgan narsa yoki hodisa tavsifi.
Kuzatishni o‘tkazish sharoitlari – bu da’voning birinchi qismida tavsiflangan
narsa yoki hodisani qaysi sharoitlarda kuzatish mumkinligining tavsifi.


3 - savolga -
Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati
yo‘nalishini o‘rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi
bo‘lib, unda muayyan ilmiy g‘oya, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat
olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod tushunchasidan kengroqdir.
Ilmiy maktablarning paradigmal va lokal darajalari farqlanadi. I.Nyuton,
A,Eynshteyn, N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani
namoyon qilsa, mamlakat, alohida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy
tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani
aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z
etakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablarning majmuini
tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq etakchilar bo‘lishi
mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovasion mexanizmlar amal
qiladi, ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy
qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida
shakllanadi. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib
qolgan eski g‘oyalardan amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy
maktab vakillarining shu g‘oyani himoya qilishi uning amaliyotga joriy
qilinishining garovidir. Ilmiy maktablar tarixi haqida domlani slaydidanam sal
qo`shib qo`yish kere.

Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling