Tm-yakuniy-Javoblar


Download 361.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana31.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1144339
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
TM-Yakuniy-Javoblar 2

22 - variant
1 - savolga -
Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot
natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim
yangiliklar yaratilishi mumkin. Masalan, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta
yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi, I. Nyutonning butun olam tortishish
qonuni esa olamshumul Kashfiyotdir. Hatto ichki yonuv dvigatelining
yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning Yerning oʻz oʻqi atrofida va
sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning Quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi
gʻoyasi — olamshumul Kashfiyot Avtomobil va samolyotning yaratilishini
ham ilmga, tabiat krnuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin
Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish
sxemasini yaratishi Kashfiyot. hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek
yaratgan qonuniyatlar ham Kashfiyotlar jumlasiga kiritiladi.


Har qanday ixtiro ham K. boʻla olmaydi, lekin ixtiro K.ga suyangan
holda qilinadi. Atom va vodorod bombalarining kashf qilinishini Kashfiyot
jumlasiga kiritish mumkin, biroq, raketalarni yasash ixtiro hisoblanadi (yana
q. Ixtirochilik).
2 - savolga -
Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti
mavjud. Bulardan birinchisi, sub’ektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat)
komponentlar alohida o‘rganiladi.
Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai
sifatida qaralmoqda. Ma’lumki, innovatsiya murakkab ijtimoiy-madaniy
fenomen. Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning
barcha tendensiyalarini o‘zida
mujassamlashtiradi.
Shuningdek,
innovatsiya
yangilikka
yo‘naltirilgan fenomen
sifatida
o‘zi
bilan
madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik g‘oyalarga asoslanadi.
Ilmiy-ijod faoliyatidagi innovatsiyalarga maxsus to‘xtaladigan bo‘lsak,
ularsiz ilmiy tadqiqotlarni tasavvur qilish mumkin emas, chunki ular
takrorlanmaydigan hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi.

Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling