Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish
I.II Davlat tuzilishi shakllarining xilma-xilligi
Download 109.59 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari.
I.II Davlat tuzilishi shakllarining xilma-xilligi.
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. Davlat tuzumi shakli: - unitar; oddiy, yaxlit davlat. - federativ, murakkab, ittifoqdosh davlat. - konfederativ; ma`lum bir maqsad yo`lida birlashgan davlatlar ittifoqi. Masalan, AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari – federativdir. Shveysariya ( 1848 yilgacha), Evropa Ittifoqi – konfederativ. O`zbekiston – unitar davlat. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari. - Demokratik ( vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya). - Antidemokratik (fashistik, totalitar). Davlat mexanizmi. Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi ( organi) – davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o`z tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo`yisha aniq belgilangan vakolatiga ega bo`lgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda bo`lgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir. O‘zining ijtimoiy funksiyalarini bajarish fuqarolarning iqtisodiy turmushi va himoyasini tashkil etish, sug‘urta zahiralarini yaratish va hokazolar uchun davlat turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Ammo aholining soni ancha ko‘p, hududiy o‘lchami katta bo‘lgan sharoitlarda bir markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish - qariyb uddalab bo‘lmaydigan vazifadir. Fuqarolar soni va hudud ko‘lami muayyan chegaraga etganda mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o‘lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tuman singari hududlarga bo‘lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy hududiy organlarini tuzish zarurati tugaladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o‘rtasida vakolatlarni bo‘lish ehtiyoji ham paydo bo‘ladi. Bu davlat hududiy tuzilishi zaruratini keltirib chiqaradigan birinchi sababdir. Ikkinchi sabab u yoki bu davlat aholisining ko‘p millatliligi bilan bog‘liq. Har bir xalq, millatning o‘z an’analari, davlatchilik bo‘yicha tarixiy tajribasi mavjud, madaniy, til va boshqa ma’naviy ehtiyojlarga ega. Bularning hammasini davlat tuzilishi chogada nazarda tutish kerak. Uchinchi sabab sub’ektiv va hatto tasodifiy omillar o‘zlashtirib olish, mustamlakachilik ta’siri, siyosiy manfaatlar va boshqa ko‘pgana holatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Boshqaruv shakli singari hududiy tuzilish ildizlari ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi Sharq despotik imperiyalariyoq viloyatlar, shaharlar, satrapiyalar, zabt etilgan hududlarga bo‘lingan. Ular o‘z hududiy tuzilmalari hamda o‘z hokimiyat va boshqaruv organlariga ega bo‘lishgan. Albatta, davlat o‘z hududiy tuzilmalarining oddiy yigandisidan iborat emas. Lekin bu tuzilmalarsiz davlat mavjud bo‘la olmaydi. Davlatshunos olimlar tomonidan davlat tuzilishi tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan. Lekin ular bir-birlaridan unchalik katta farq qilmaydi. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda davlat hokimiyatining ma’muriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o‘rtasidagi, davlatning alohida qismlari o‘rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb hisoblashadi. Tuzilish tarkibiga ko‘ra davlatlar oddiy - unitar hamda murakkab federativ va konfederativ davlatlarga bo‘linadi. Davlat tuzilishi shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘likdir. Unitar (yagona, lot. «unus» - «bir» so‘zidan olingan) davlat oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birligi bilan boshqalardan farq qiladi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo‘linish (tumanlar, viloyatlar, kantonlar)ga ega. Biroq mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteti alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik mavjud bo‘ladi. Unitar davlatning yaxshi tomoni shundaki, uning tuzilishi sodda bo‘lib, oliy hokimiyat to‘laligacha uning tasarrufida bo‘ladi. Barcha unitar davlatlarga xos bo‘lgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zi mamlakatlarda mahalliy organlar umuman bo‘lmaydi va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda mahalliy organlar tashkil etiladi-yu, lekin ular (bevosita yoki bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida bo‘ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmaganga bo‘linadi. Bundan tashqari, ba’zi unitar davlatlarda bir yoki bir necha hududiy bo‘linmalarga boshqalardan imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlat nisbiy ma’muriy mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo‘ladi. Davlat tuzilishining yuqoridagi shakli hududiy bo‘linmalarning maxsus manfaatlarini hisobga olish zarur bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi. Mazkur avtonom tuzilmalarda o‘zini o‘zi boshqarish huquqi boshqa aholiga qaraganda kengroq bo‘ladi. Biroq, muxtoriyatlar mustaqilligiga markaziy hokimiyat belgalagan doiradagina yo‘l qo‘yiladi. Download 109.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling