OLOT TUMAN
MAKTABGACHA VA
MAKTAB TA’LIMI
BO‘LIMI
|
|
TNE DEPARTMENT OF PRESCHOOL AND SCHOOL
EDUCATION OF
OLOT DISTRICT
|
Olotshahar, 200200,Xalifa Mfy, 2-uy
Tel.: (365) 34–21–191, faks: 34–21–191,
web-site: Olot- txtb.uz, e-mail: Olot txtb@xtv.uz
|
Olotshahar, 200200,Xalifa Mfy, 2-uy
Tel.: (365) 34–21–191, faks: 34–21–191,
web-site: Olot- txtb.uz, e-mail: Olot txtb@xtv.uz
|
|
Olot tuman hokimi N.Nematovaga
Olot tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli ta`lim muassasalarda 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to`g`risida
MA`LUMOT
Olot tuman maktabgacha va maktab ta`limi tizimida 29 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti va 35 ta umumiy o`rta ta`lim maktablari mavjud bo`lib, ushbu ta`lim muassasalarida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- ta`lim muassasalarida jami 243 dona (DMTTlarda 58 dona, maktablarda 185 dona) isitish qozonlari mavjud bo`lib, ushbu isitish qozonlaridan yaroqsiz holga kelgan 16 dona (5-maktabga 6 dona, 9-maktabga 4 dona, 11-maktabga 3 dona, 15-maktabga 1 dona, 19-maktabga 2 dona) isitish qozonini yangisiga almashtirish maqsadida tuman mahalliy budjetidan 431 mln so`m va 7 dona (10-DMTTga 1 dona, 16-DMTTga 1 dona 23 DMTTga 1 dona, 23 DMTTga 1 dona va 29-maktabga 3 dona) isitish qozonlarini yangisiga almashtirish uchun viloyat mahalliy budjetidan mablag` 202 mln so`m mablag` ajratildi hamda ushbu qozonlarni sotib olish elektron savdolar amalga oshirilmoqda;
- tumandagi 3-umumta`lim maktabining tabiiy gaz yoqilg`isiga mo`ljallangan isitish qozonlari ko`mir yoqilg`isiga moslashtirildi;
- 9, 13, 14, 19, 25, 28, va 30-umumta`lim maktablarining isitish qozonlariga havo chiqaruvchi klapanlar o`rnatildi;
- 2, 3, 5, 15 va 35-maktablarning isitish tarmoqlari to`liq izolyatsiya qilindi;
- 6-umumta`lim maktabidagi transformator atrofi o`ralib, o`t o`chirish qalqoni to`liq jihozlandi.
Olot tuman maktabgacha va maktab
ta`limi bo`limi boshlig`i: T.Sultonov
Do'stlaringiz bilan baham: |