"To be" fe'lining hozirgi zamon shakli am/is/are qo'shimchalaridir


Download 11.92 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi11.92 Kb.
#256422
Bog'liq
to be


UNIT 1. am/is/are

"To be" fe'lining hozirgi zamon shakli am/is/are qo'shimchalaridir.

"To be" fe'li "mavjud", "bor" degan ma'nolarni anglatadi.

Kishilik olmoshlari:

I - men

he - u (erkak)

she - u (ayol)

it - u (jinsi noma'lum)

we - biz

you - siz, sizlar

they - ular

Am/is/are qo'shimchalari darak gapda yuqoridagi kishilik olmoshlaridan so'ng qo'yiladi.

"I am a doctor" - men shifokorman.

I (men) -ega, a doctor (shifokor) - kesim.

O'zbek tilidagi kabi ingliz tilida ham kishilik olmoshlari 1-, 2-, 3-shaxslarga va birlik hamda ko'plikka bo'linadi.

"Am" faqat 1-shaxsda va faqat birlikda ishlatiladi:

I am a doctor.

"Is" faqat 3-shaxsda va faqat birlikda ishlatiladi:

"He is rich" - U boy.

"Are" 2-shaxs birlikda (siz) va barcha holatdagi ko'plikda ishlatiladi:

1. You are poor - Siz kambag'alsiz.

2. We are friends - Biz do'stlarmiz.

3. Ann and l are very good friends - Ann va men juda yaxshi do'stmiz.

4. They are Avstralian - Ular Avstraliyaliklar.

Agar gap inkorni ifoda qilsa, am/is/are qo'shimchalaridan so'ng "not" (emas) so'zi qo'shiladi:

It is not cold - U sovuq emas.

Am/is/are va not so'zlari muomalada o'zidan oldingi ba'zi turdagi so'zlarga qo'shilib, qisqartirib aytilishi mumkin:

I'm (I am), he's, she's, it's, we're, you're, they're, isn't, aren't va hokazo.

UNIT 2. am/is/are (questions)

Am/is/are qatnashgan darak gaplarni so'roq gapga aylantirish uchun "To be" fe'lini egadan oldinga o'tkazamiz:

You are tired - Siz charchadingiz. (darak gap)

Are you tired? - Siz charchadingizmi? (so'roq gap)

So'roq gapga qisqa javob berish mumkin. Ha yoki yo'q javobidan so'ng kishilik olmoshi bilan "To be" fe'lining o'sha gapda ishlatilishi kerak bo'lgan turi qo'shib qo'yiladi. Inkor bo'lsa, "not" ham qo'shiladi:

Are you hungry? - Sizning qorningiz ochmi?

Yes, I am - Ha.

Yoki:


No, I am not - Yo'q.

Yana:


Is he Uzbek? - U o'zbekmi?

Yes, he is - Ha.



Yoki:

No, he isn't - Yo'q.
Download 11.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling