Тођ жинслари
Magmatik tog’ jinslari SiO 2 miqdoriga qarab nordon, o’rta
Download 375.82 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy geologiya
20
Magmatik tog’ jinslari SiO 2 miqdoriga qarab nordon, o’rta, asosli, o’ta asosli va ishqorli bo’ladi. Magmatik jinslarning eng muhim jins yaratuvchi minerallari:
1. Rangsiz silikatlar: kaliyli dala shpatlari - ortoklaz, mikroklin; ohak-natriyli dala shpatlari – plagioklazlar -kvars; feld- shpatoidlar – nefelin. 2.
Rangdor silikatlar - slyudalar (muskovit, biotit), amfibollar (shox
aldamchisi), piroksinlar (avgit, egirin) va olivindir. Magmatik tog’ jinslarining mineral tarkibi uning tarkibidagi SiO 2 va boshqa miqdoriga, rangi ularning mineral tarkibiga bog’liqdir. Magmatik tog’ jinslarining hosil bo’lishlariga va kimyoviy tarkiblariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) nordon jinslar – granit va granodiorit guruhlari;
b) o’rta jinslar – diorit va sienit guruhlari. v) asos jinslar – gabbro guruhi.
g) o’ta asos jinslar - dunit, peridotit guruhi.
d) ishqorli jinslar - nefelinli sienitlar guruhi. Mashg’ulotning o’tkazilishi. - Bu mashg’ulotda 20 ga yaqin magmatik jinslarning namunalari o’rganiladi. Bu jinslarning qisqacha ta’rifi jadvalda keltirilgan bo’lib ulardan jinslarni aniqlashda foydalanish mumkin. Magmatik jinslarni quyidagicha ta’riflash kerak: jinsning nomi, uning rangi, mineral tarkibi, strukturasi, teksturasi va hosil bo’lish sharoiti. Quyida muhim magmatik tog’ jinslarining ta’rifi keltirilgan.
1-jadval Nomi Tarkibi
Tuzilishi va tashqi ko’rinishi 1 2
1. O’ta asos jinslar: SiO 2 42% dan kam
Dunit
Peridotit
Piroksenit
Olivin va ba’zan
xromit
Olivin, piroksen
Piroksen, 100%, ba’zan olivin
Strukturasi to’la
kristallangan, odatda o’rta va kichik donador. Katta chuqurlik jinsi. Rangi deyarli qora.
Strukturasi to’la kristallangan. Odatda o’rta va mayda donador. Rangi qora.
Strukturasi to’la kristallangan. Katta chuqurlik jinsi. Rangi to’q yashil, deyarli qora.
2 52% - 42%
Gabbro
Piroksen 50%,
plagioklaz 50%
To’la kristallangan, katta chuqurlik jinsi.
Rangi kulrang, qora
Gabbro
porfirit
Gabbro
tarkibiga o’xshash
Strukturasi porfirli porfirlarda piroksen va olivin bo’lib, oralig’ida ularni mayda donalari uchraydi. Yer yuziga yaqin joyda hosil bo’ladi.
Bazalt
Gabbro tarkibiga o’xshash
Strukturasi yashirin kristalli yoki to’liq kristallanmagan. Rangi qora, odatda avgit, plagioklaz va olivin kristallari bilan bir qatorda mayda plagioklazning mikrolitlari- kristallari, shishasimon massa uchraydi.
Diabaz
Gabbro tarkibiga o’xshash
Strukturasi mayda
donali. Jinsning tarkibiga kirgan piroksen va plagioklazlarning ikkilamchi o’zgarishi natijasida yashil-
kulrang tusga kiradi.
3. O’rta jinslar: SiO 2 65% - 52% Diorit
Plagioklaz 70%, shox aldamchisi 30%
to’la kristallangan; katta chuqurlik jinsi. Rangi kulrang yoki yashil
kulrang. Shox
aldamchisining uzun
kristallari yaqqol ko’rinib turadi.
Diorit
Diorit tarkibli
Strukturasi porfirli. Porfirlarda plagioklaz, shox aldamchisi bo’lib, orasida ularni
mayda donalari uchraydi. Tog’ jinsi yer yuziga yaqin joyda hosil bo’lgan. Rangi kulrang.
Andezit
Diorit tarkibli
Porfir strukturali. Porfirlarda plagioklaz, rogovaya obmanka bo’lib oralig’ida ularni mikrolitlari va vulqon shishasi uchraydi. Tog’ jinsi kulrang, effuziv.
Siyenit
Ortoklaz 55- 70%, shox aldamchisi, biotit 30-35%
Strukturasi to’la kristallangan, odatda o’rta donali. Katta chuqurlik jinsi. Kulrang
yoki qizg’ish qo’ng’ir . Qo’yilgan o’xshashlari traxit va porfirli siyenit.
Traxit
Siyenit tarkibli
Strukturasi porfirli. Porfirlarda shaffof sanidin, kamroq rangli minerrallar bo’lib, oralig’ida ularni mikrodonalari va vulqon shishasi uchraydi. Kulrang effuziv jins.
Porfirli siyenit
Siyenit tarkibli
Porfirlarda ortoklaz, shox aldamchisi bo’lib,
oralig’ida ularni mayda va o’rta donalari uchraydi. Tog’ jinsi qizg’ish kulrang bo’lib, yer yuziga yaqin joyda hosil bo’ladi.
4. Nordon jinslar: SiO 2 65-75%
Granit
Kvarts 25%gacha, ortoklaz 40%, plastioklaz 20% shox aldamchisi 5- 10%
Strukturasi to’la kristallangan, odatda o’rta donador. Katta chuqurlik jinsi. Rangi och kulrang yoki qizg’ish.
Kvarsli
porfir, liparit
Granit tarkibli
Rangi kulrang, qizg’ish, strukturasi porfirli. Porfirlarda ortoklaz, kvars, kamroq rangli minerallar bo’ladi. Oralig’ida esa ularni mikrodonalari va vulqon shishasi uchraydi. Ular effuziv jinslardir.
Obsidian
Kaliy, kalsiy, kremniy va boshqa okisidli shishasimon jins
Kristallardan butunlay xoli bo’lgan, turli
kimyoviy tarkibga ega bo’lgan bir xil massa.Rangi ko’kdan
qoragacha. Yaltiroq shishasimon, sinimi
chig’anioqsimon. Effuziv
jins.
Pemza Tarkibi obsidianga yaqin To’la
krisstallanmagan g’ovakli jins. Gazlarga boy lavaning vulqon orqali otilib chiqishidan hosil bo’lgan. Effuziv jins. Sol.og’. 1.
Pegmatit Kvars, ortoklaz, slyuda
(muskovit) Strukturasi to’la kristalli, ba’zan kvars va kaliyli dala shpatining cho’ziq kristtallari o’zaro zich
o’sishgan bo’lib,
ko’ndalang kesmasi
qadimgi evrey
yozuvini eslatadi. Pegmatitning bunday turini «yozma tosh» deb yuritiladi. 5. Piroklastik /qaynoq-bo’lak/ jinslar Vulqon ko’llari
Sovigan lava tog’ jinslari va minerallarning juda mayda zarrachalardan hosil bo’lgan sochiq uyumlar. Vulqon
tuflari
Vulqon materiallari va tog’ bo’laklarini sementlanmagan turi. Jins qattiq
CHO`KINDI TOG` JINSLARI. Cho’kindi tog’ jinslari yer qobig’ining ustki qismida okean, dengiz, ko’l, daryo, botqoqlik tublarida va quruqlikda turli moddalarning to’planishi natijasida (ekzogen sharoitda) hosil bo’ladilar. Cho’kindi jinslarning tarkibida bo’lakli va kimyoviy minerallar, jins bo’laklari, organizm qoldiqlari uchraydi va cho’kindi tog’ jinslarining emirilishidan hosil bo’lgan mineral moddalar, ya’ni jinslarning bo’laklaridan (zarrachalaridan), organik moddalarning qoldiqlaridan va kimyoviy usul bilan hosil bo’lgan cho’kindilardan iboratdir. Cho’kindi jinslarning rangi qordek oppoqdan to qoragacha bo’ladi. Jinsning rangi: har xil jinsni tashkil qiluvchi minerallarning jinslardagi siyrak aralashmalari va donachalarini o’rab olgan yupqa pardachaning rangiga bog’liqdir.
26 Cho’kindi jinslarning eng muhim makrostrukturalari organogen, oolit, kristallangan bo’lakli, donador, yashirin donador va amorf holatli bo’ladi. Cho’kindi jinslarning eng muhim makrostrukturalari qat-qatlangan, slanetslangan, jim-jimalangan, yaxlit /massiv/, oqiqsimon, tuproqsimon bo’ladi. Cho’kindi jinslarning asosiy xususiyatlari: 1) Organik qazilma qoldiqlarini, ya’ni umurtqasiz hayvonlarning chig’anoq va kosalarining, umurtqali hayvonlarning suyak va tishlari, o’simlik qoldiqlarining uchrashi; 2) Qatlamlarning ustki qismida mexanik va biogen yo’l bilan hosil bo’lgan turli belgilar: tuz kristallarining tamg’asi, yomg’ir
tomchisining o’rni,
qurt- qumursqalarning izlari va boshqalarning bo’lishi; 3) Cho’kindi jinslarga xos bo’lgan fizik xususiyatlar: ya’ni tuzlar mazasining borligi, bitumni hidi borligi, karbonatlarni xlorit kislotasi bilan reaktsiya berishi, tuzlarning suvda erishi, gil va trepellardagi adsorbtsiya (yutish), kaustobiolitlarning esa yonish qobiliyatlariga ega ekanliklari kiradi. Cho’kindi tog’ jinslari hosil bo’lishlariga qarab bo’lakli, kimyoviy va organogen sinflarga bo’linadilar. Bo’lakli (klastik) cho’kindi jinslar.
Bu qismda o’quvchilar bo’lakli jinslarining hosil bo’lish sharoitlari /bo’lak jinslarini vujudga kelishi, olib ketilishi va yotqizilishi/, jins bo’laklarining tarkibi va shakli, tsementlovchi massaning tarkibini o’rganadilar. Bo’lakli jins bo’laklarini katta-kichikligiga va shakliga qarab tasnifi: 1) Yirik bo’lakli jinslar (psefitlar - o’lchami 2-200 mm.). Silliqlanmagan bo’laklilar: katta toshlar; taqir toshlar, brekshiylar, dresvalar; silliq bo’laklilar: valunlar /g’o’latoshlar/, shag’allar, mayda shag’allar, konglomeratlar, galkalar, grabelitlar.
27 2) Qumli jinslar (psammitlar) yoki o’rtacha bo’laklilar (0,1-2 mm.) - qumlar, qumtoshlar. 3) Alevrolitlar (mayda bo’laklilar 0,1-0,01 mm.), lyosslar, alevrolitlar. 4) Gilli cho’kindi jinslar /pelitlar/ 0,01mm. dan kichik - kolloid cho’kindilar va zarrachasi 0,01 mm. kichik bo’lgan mayda bo’lak jinslardan tuzilgan. Gilli jinslarning mineralogik tarkibi: gidroslyudalar, kaolinit, montmorilonit va boshqalardan iborat. Gillarning muhim xususiyatlariga ularning plastikligi, o’tga chidamliligi, namlikni o’ziga ko’p shimishi, suv o’tkazmasligi, tuproq suspenziya berish qobiliyati kiradi. Zichlanish darajasiga qarab gilli jinslar, gil, argillit va gilli slanetslar bo’ladi. Organogen cho’kindi jinslar. Organogen jinslar
organizmlarni qattiq
qoldiqlarining yig’ilishidan (ohaktoshlar, diatomitlar, torf va boshqalar), mikroorganizmlarning hayot jarayoni vaqtida hosil bo’lgan mahsulotlarning to’planishidan (temir va marganets rudalari) hosil bo’ladilar. Ximogen cho’kindi jinslarning hosil bo’lish sharoitlari. 1) Kimyoviy nurash qoldiq mahsulotlarning yig’ilishi (qoldiq kaolinlar va boksitlar); 2)
Haqiqiy toza
eritmalardan kristallangan moddalarning cho’kishidan (tuzlar, gips, angidrit, ohak toshlar, dolomit); 3) Kolloid eritmalarning koagulyatsiyasi natijasida kolloid-kimyoviy moddalarning cho’kishidan (cho’kindi kaolinlar,boksitlar, temir va marganets rudalari, fosforitlar, kremniyli jinslar). Organogen va ximogen jinslarning kimyoviy tarkibiga qarab tasnifi. 1) Karbonatli jinslar (kaltsiy va dolomitdan tashkil topgan)
- ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar, bo’r, ohak tuflari;
2) Sulfatli jinslar - gips va angidritlardan tashkil topgan - gipslar va angidritlar; 3) Galoidli jinslar (galit va silvindan tashkil topgan) - osh tuzi va kaliy tuzi; 4) Kremniyli jinslar (xalsedon, opal va kvarsdan tuzilgan) - diatomitlar, trepellar, opokalar, yashmalar, kremen, kremniy slanetslari, kremniy tuflari; 5) Fosfatli jinslar (ftorapatit va boshqalardan tashkil topgan) - fosforitlar; 6) Alyuminiyli jinslar - allitlar (alyuminiy gidroksididan) – boksitlar, lateritlar. 7) Temirli jinslar (temir gidrooksididan) - qo’ng’ir temirtosh, qizil temirtosh; 8) Marganetsli jinslar (marganes gidroksididan) - psilomelan; 9) Kaustobiolitlar - yonuvchi qazilmalar (organik moddalar): a) Gumitlar (oliy o’simlik qoldiqlaridan) - torf, qo’ng’ir ko’mir, antratsit; b) Sapropelitlar (quyi tabaqali o’simlik qoldiqlaridan) - sapropelit, yonuvchi slanets; v) Bitumlar (organik moddalar) - neft, asfalt, ozokerit. Quyida muhim tog’ jinslarining jadvalini keltiramiz: 2-Jadval Nomi Tarkibi
Tuzilish va tashqi qiyofasi I. Bo’laki /siniq/ jinslar
Chaqiq tosh /sheben/ (10mm katta)
Turli tarkibli va kattalikdagi jinslarning no- tekis qirrali bo’laklarining uyumi Jins bo’laklari bir-birlai bilan sementlanmagan.
Brekchiya (10mm katta)
Turli jinslar- ning qirralari bo’laklari va sementlovchi modda Minerallar yordamida jinslarning bo’laklari bir- birlari bilan sementlangan (ohak, gil, kremnezem, temir va boshqa oksidlar).
Gravelit (1mm-1sm.)
YUmaloq minerallar va toshlar, tsement-lovchi modda Donalari mayda toshlar turli tarkibli minerallar bilan sementlangan.
Shag’al
(1,0-10- 15sm.)
Turli katta- likdagi yumaloq-
langan va sil- liqlangan tosh bo’laklari Toshlar bir-biri bilan sementlanmagan.
Konglomera t (1-15sm.)
YUmaloqlangan bir-biri bilan sementlangan tosh bo’laklari va sementlovchi modda Umaloqlangan bo’laklar sementlangan.
Qum (0,1-1-2 mm)
Kvars, dala shpati, glauko- nit, slyuda, mag-netit, kaltsit va boshqalar. Turli rang va katta- kichiklikdagi bo’sh va sochiluvchan jins.
Qumtosh (0,1–1-
2mm) Qum
bo’laklari va senmentlovchi modda Bo’laklar kvars, gil, kalsit, temir oksidi, fosfor va boshqa minerallar bilan sementlanib qolgan qattiq jins.
Alevrit (0,1- 0,01 mm)
qumtoshlarga o’x-shash mineralo-gik tarkibga ega Mayda bo’laklardan tashkil topgan bo’lib, ular sementlanmagan.
Alevrolit
Alevrit tarkibli Har xil tarkibli minerallar sementlangan. Gil
(<0,01mm) Minerallari va zarrachalari oz miqdorda ara- lashmalar (qum, temirli birik- malar, ko’mir zarrachalari va boshqalar) Turli rangdagi qo’lga ozmi- ko’pmi yog’liq unnaydigan jins, hidlanganda pechkaning isi keladi, suvni ko’p shimadi va buning natijasida elastik xamirsimon loy massasiga aylanadi. Argilit Metamorfizm natijasida qattiq toshga aylangan gillar Gillarning metamorfik kristallangan slanetslarga O’tish davridagi dastlabki mahsulot. Ularning orasida tektonik bosim natijasida teksturasi o’zgarmagan argillitlar massiv-yaxlit va qatqatli, plitkali turlari bo’ladi. Suglinok Gil mineral-lari va zarracha- larini miqdori 30%dan ko’p, alevrit va qum bo’laklari kamroq Tog’ jinsi bo’shoq g’ovaklari ko’p, dag’al. Lyoss
Suglinokni maxsus turi Mallarang qatlamsiz, g’ovakli bo’sh jins. Qatlamlar hosil qilmaydi.
II. Organik yo’l bilan hosil bo’lgan jinslar Organogen ohaktosh (rakushnyak ) Braxiopoda, os- trakoda, kora va boshqa
chig’a-noqlar uchraydi. Jinsning ko’rinishi va rangi turlicha bo’ladi, kulrang, qizg’ish. Zich yoki g’ovakli silliq va dag’al kaltsit bilan sementlangan. Bo’r
Tarkibida kok- kolitoforit foraminifer bo’lib kaltsit tarkibli Ildiz oyoqli hayvonlarning mayda chig’anoqlari va ohakli suv o’simlikla-rining qoldiqlaridan tuzilgan, oq tuproqsimon jinsdir. Mergel 50% kaltsit va 50% gil mine- rallaridan tashkil topgan Turli rangda ba’zan juda to’q va ola-bula. Umuman ohaktoshdan engil bo’ladi. Ba’zan gil isi keladi. Ko’pincha tuproqsimon, bir xil tuzilishda va mayda donachalardan tashkil topgan bo’ladi. Opoka
Opal va suv o’simliklari qoldig’i Engil g’ovakli, kulrang yoki sarg’ish, ba’zan og’ir jins. Sinishi chig’anoqsimon, nuragan vaqtlarda juda ko’p yoriqlar paydo bo’ladi. Fosforit Gidroksil, ftorapatit, apa- tit, ohak ko’pincha qum, gil aralashmalari bilan. Kulrang, qo’ngir, yashilroq va qora tusli turlicha shakllardagi jelvak. Singan bo’laklarning yuzasi gilli yoki dag’al qumli bo’ladi. Urgan vaqtda is chiqarishi xarakterlidir. Toshko’mi r antrtsit Uglerod, kislo- rod, vodorod va aralashmalar YOnuvchan qora, xira yoki chig’anoqsimon, tekis yoki tuproqsimon, yaltiroq. Sinig’i ba’zan qo’lni kuya kabi qoraytiradi, qattiq. Antratsit yarim metall sinishda bo’lib, katta qattiqlikka egadir. Torf
O’simlik qoldiqlari O’simlik materiallarining chala parchalanishidan hosil bo’lgan qo’ng’ir, qora yonuvchi massa III. Kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan jinslar. Osh tuzi Galit Kristallari kub shaklida, shaffof, rangsiz, ba’zan kulrang sarg’ish, qizil va boshqa xil tuslarda bo’ladi. Suvda osonlikcha eriydi Gips Gips minerallari SHaffof tiniq yoki bir oz bo’yalgan ipaksimon bo’lib, tola-tola massa va uzun kristallar shaklida uchraydi. Qattiqligi 2. Ohak tufi Karbonat angidridli ohak Kristallangan yoki bo’sh, kovakli tuproqsimon jins. Barglarning tamg’alari juda ko’p uchraydi (shox- shabba, chig’anoqlar va boshqalar) Qo’ng’ir temirtosh Limonit, getit va boshqa temir oksidlari Qattiq tuproqsimon massa, konkrektsiyalar, sumalaksimon shaklda uchraydi. Rangi och sariq, qo’ng’ir qizil bo’ladi. Deyarli qoragacha Kremniy tufi Suvli kremnizyom Ko’rinishi ohak tufiga o’xshash.
METAMORFIK TOG` JINSLARI. Metamorfik tog’ jinslari magmatik, vulkanogen va cho’kindi jinslarni yer qobig’ining chuqur zonalarida yuqori harorat va
bosim ta’sirida /eritmaga o’tmagan holda/ tubdan o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Magmatik jinslardan hosil bo’lganlarini orto jinslar, cho’kindilardan hosil bo’lgani esa parajinslar deb yuritiladi. Tog’ jinslari metamorfizmining sabablari: yuqori bosim, yuqori harorati, moddalarni olib kelinishi va olib ketilishi. Metamorfik jinslarning muhim jins yaratuvchi minerallariga dala
shpatlari, slyuda,
amfibollar, piroksenlar, xlorit, talk, serpentin, granatlar, kalsit, dolomit, kvars, grafit va boshqalar kiradi. Metamorfik jinslarning muhim makrostrukturasi kristalli bo’lib, unga ayniqsa bargsimon, tangasimon, ignasimon, taxtachasimon, oynasimon yashirin kristallilik xosdir. Donachalarining katta- kichikligiga qarab katta /1mm.dan katta/, o’rta /0,25-1mm/ va mayday kristalli /0,25mm, kam/ bo’ladi. Metamorfik jinslarning muhim makroteksturalari yo’nalgan tekstura bo’lib, u slanetslangan, jim-jima, gneysimon yoki yo’l-yo’l va uzun yo’nalgan, shuningdek yaxlit /massiv/ bo’ladi. Regional metamorfizmga yuqori bosim va yuqori harorat ta’sirida birlamchi jinslarning qaytadan o’zgarishi xarakterli bo’lib, bunda jinslar qattiq holatda kimyoviy tarkibini o’zgartirmasdan qaytadan kristallanadi va natijada kristallangan struktura va orientirlangan tekstura vujudga keladi. Regional metamorfizm yo’li bilan hosil bo’lgan jinslar: parajinslar - gneyslar, fillitlar, slyudali slanetslar, marmarlar, kvartsitlar, grafitli jinslar, ko’mirli kristallangan slanetslar; ortojinslar - gneyslar, amfibolitlar, talkli va xloritli slanetslardir. Kontakt metamorfizmiga yuqori harorat va magmatik intruziyadagi ajrab chiqqan uchuvchi komponent va gidrotermlar ta’sirida dastlabki jinslarning qattiq holatda qayta kristallanishi va kimyoviy tarkibini o’zgartirishi xosdir. Kontakt metamorfizmining termal kichik tipida hosil bo’lgan jinslariga rogoviklar, kvartsitlar, marmarlar kiradi. Kontakt metamorfizmining metasomatik kichik tipida hosil bo’lgan jinslariga skarnlar va serpentinitlar kiradi. 34 Quyida ba’zi metamorfik tog’ jinslarining tafsilotini keltiramiz:
Nomi Mineral tarkibi Tuzilishi va tashqi ko’rinishi Fillit Sertsit, xlorit, kvarts, grafit. Oqish, mayda donador, slanetslashgan yoki jim-jima teksturali jins. Xlorit va sertsit tangachalaridan iborat, kvarts yaxshi ko’rinmaydi. Slyudali slanets
Muskovit, biotit va kvarts, ba’zan granat, disten, stavrolit, grafit. O’rta yoki yirik donador, slanetslashgan teksturali jins bo’lib, kumush rangli slyuda tangachalaridan iborat, kvarts juda yomon ko’rinadi, ba’zan pushti granat uchraydi. Slyudali kvartsli slanets Kvarts va slyuda (biotit va muskovit). Slanetssimon tekisliklari shishadek yaltiraydigan slanetssimon och rangli jins. Yashil
slanes Xlorit, aktinolit, epidot va albit Slanessimon teksturali, shoyidek yaltiraydigan mayda donador yashil jins. Xloritli slanes
Xlorit, seritsit ba’zan har xil aralashmalar Xloritning tangachasi yoki qatlamli massasi Talkli
slanes Talk
Tangachalik talk massasi. Gneys
Kvars, plagio- klaz, ortoklaz, va biotit, bi’zan
piroksen, rogovaya obmanka va granat uchrashi mumkin. Gneysimon teksturali yoki massiv teksturali (kulrang yoki sarg’ish jins). Kvarsit Kvars
Massiv, mayda donador (donasini ko’pincha ko’rib bo’lmaydi), oq, qo’shimcha minerallar hisobiga pushti, oqish sariq rangli, yaltiroq jins. Marmar Kalsit, ba’zan dolomit va boshqa
aralashmalar. Qo’ng’ir, och kulrang, sariq, qizil rangli kristalli jins. Ba’zan qatamlik va mollyuska chig’anoqlarining qoldiqlari saqlanib qoladi. Amfibolit Yashil yoki qora amfibol va asos-li plagioklaz, kvars bo’lishi mumkin.
Massiv yoki slanesimon to’q yashil qora rangli jins. Zmeevik Serpentinlar, xromit va magnetit. Yashil, har xil turli rangdagi (yashil, sariq, qizil, oq, qora) hollari bo’lgan, yuzasi oynadek silliq jins. Biotitli rogovik Kvars, biotit, magnetit, ko’pincha andaluzit, granat.
Kulrang, qo’ng’ir-kulrang, ba’zan pushti-kulrang, mayda donali zich jins. Amfibolli yoki pirok- senli
rogovik Plgioklaz, amfi- bol, piroksen To’q kulrang, yashil yoki qora mayda donali jins. Skarn
Granat, diopsid, plagioklaz, epi- dot, aktinolodit, karbonat, ruda minerallari Tashqi ko’rinishi qaysi minerallarning ko’pligiga qarab juda xilma-xil bo’ladi.
36
GEOLOGIYA XARITASI GEOXRONOLOGIYA TABLISASI Geologiya xaritasi topografik asosga tushuriladi. U er yuzasiga tog’ jinslarining tarkiblarini, yoshlarini va
joylanish sharoitlarini va tarqalganligini tekislikda aks ettiradi. Geologiya xaritalari turli masshtablarda tuziladi. Mayda masshtabli, yoki obzorli davlat xaritasi deb 1:500000 va 1:2500000, respublika va obzorli o’lka xaritasi deb 1:1000000 masshtabli xaritalarga aytiladi. 1:200000, 1:100000, 1:50000 masshtabdagi xaritala rayon xaritalari, qurilishlar, foydali qazilma konlari uchun masshtabi 1:25000, 1:10000, 1:5000, 1:1000 va bundan yirik bo’lgan mukammal xaritalar tuziladi. Geologiya xaritalarning tuzishda litologik, stratigrafik va struktura printsiplariga asoslanadi. SHuning uchun ham barcha tog’ jinslari hosil bo’lish shartlari va vaqtlari hisobga olinadi. Geologiya xaritalarida cho’kindi tog’ jinslarining yoshlari, ba’zan tarkiblari ko’rsatiladi, magmatik jinslarni esa mumkin qadar intruziv va effuziv jinslarga bo’lingan holda tarkiblari bilan birga yoshlari ko’rsatilgan bo’ladi. SHunday qilib tuzilgan xarita faqatgina yer yuzasida turli jinslar chiqib turgan sxemalar bo’lib qolmasdan, balki ularni birin-ketin hosil bo’lish va o’rganilayotgan joyning tuzilishi to’g’risida tushuncha beradi. Geologiya xaritasini tuzishda eng avval jinslarni ketma-ket kelish yoshlarini /geoxronologik/ hisobga olish kerak. SHuning uchun ham tog’ jinslarini nisbiy yoshlarini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Jinslarning nisbiy yoshlari paleontologik va stratigrafik metod yordamida aniqlangan. Xronologik elementlarga – eralar, davrlar, epoxalar va asrlar; stratigrafik birliklarga – /arxey-A, proterozoy-PR, paleozoy-Pz, mezazoy-Mz, kaynazoy-Kz/; sistemalar – /kembriy-Є, ordovik-O, silur-S, devon-D, toshko’mir-C, perm-P, trias-T, bo’r-K, paleogen- P, neogen-N, to’rtlamchi-Q bo’limlar/ quyi, o’rta, yuqori/ va yaruslar kiradi.
Hamdo’stlik davlatlarida chiqariladigan obzorli xaritalarda geologik qatlamlar davlarini quyidagi ranglar bilan belgilaydilar.
To’rtlamchi davr Neogen davri Paleogen davri
och sariq
zarg’aldoq rang Bor davri YUra davri Trias davri Perm davri Toshko’mir davri Devon davri Silur davri Ordovik davri Kembriy davri Proterozoy erasi /gruppasi/ Arxey erasi /gruppasi/
yashil
ko’k
binafsha
sarg’ish qo’ng’ir
kulrang
qo’ng’ir
och kulrang, yashil
yashil jigar rang
/osmon rang/ moviy yashil
pushti
sirensimon pushti
Bundan keyin stedentlar svitalar, qavatlar va gorizont haqida, tog’ jinslarini nisbiy geologik yoshlarini aniqlash va organik qoldiqlarga, petrografik tarkibga va jinslarni o’zaro munosabatlariga qarab qatlamlarni taqqoslash hamda geoxronologiya jadval haqida tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
GEOLOGIYA XARITASINING ELEMENTLARI Qatlam /sloy/. CHo’kindi jinslarni muhim tekstura belgilaridan biri qat-qatlik bo’lib, qatlam uning elementlar qismidir. Qatlam geometrik jism bo’lib, yassi shaklga va uzunligiga
qaraganda qalinligi va kengligi kam bo’lgan tog’ jinslaridan iboratdir. Qatlamning elementalriga qatlamning qat-qatligi yoki yuvilib ketgan yuzasi, tomi va tagi, osma yoki yotgan yoni, haqiqiy va ko’ringan qalinligi kiradi. Qatlamning ko’ringani qalinligi uning tekis joyda gorizontga tushgan burchagi va yonbag’irning qiyaligiga bog’liq bo’ladi. Qatlam shaklining o’zgarishi uning tugashidan va mayda qatlamchalarga ajrab qalinlashishiga, linzalanishiga, ingichkalanishiga bog’liqdir. Qatlamning joylashish elementlari: yo’nalishi, qiyaligi, ko’tarilishi va qiyalik burchagi. Joylashish elementlarining shartli belgilari geologiya xaritalarida ko’rsatilgan bo’ladi. TOG’ KOMPASI Turli masshtabdagi geologiya xaritasini va normal stratigrafik kesmalar tuzishda tog’ jinslarining joylanish elementlarini aniq bilish zarur. Tog’ kompasining magnit strelkadan, azimutni o’lchaydigan limbdan, shuningdek qiyalik burchagini o’lchaydigan klinometr va yarim limbdan iboratdir. Tog’ kompasi uch xususiyatga ega: 1. To’g’ri burchakli taxtachaga shunday o’rnatilganki- kompasning 0-180 /shimol- janub/ tomon hamma vaqt taxtachaning uzun tomoniga parallel bo’ladi. 2. Limbdagi darajalar va tomonlarni ko’rsatilgan harf indekslari soat strelkasining yurishiga qarama-qarshidir. 3. Tog’ kompasining markazida kichik ignaga qatlamning qiyalik burchagini aniqlaydigan shovun o’rnatilgan bo’ladi. Azimutni o’lchaganda kompas plastinkasining uzun tomoni /ya’ni sh.-j. chizig’i/ o’lchanadigan chiziq yo’nalishiga to’g’irlanadi va kompas magnit strelkasining limbdan ko’rsatgan soni to’g’ridan- to’g’ri olinadi.
39 Qatlamning tushishi azimutini o’lchash uchun kompasning shimoliy tomoni hamma vaqt qatlamning qiyalangan, ya’ni tushgan tomoniga qarab yo’naltirish va hisobni limbdan magnit strelksini shimol /qora/ tomoni bilan olamiz. Tog’ kompasi qatlamning qiyalik /tushish/ burchagini ham aniqlaydi. Buning uchun qatlamning tushish chizig’iga kompasning uzun tomonini tik holda qo’yib, hisobni eklimetr yordamida aniqlaymiz. Qatlamning qiyalik burchagi tushish chizig’i bilan, shu chiziqning gorizontal tekislikdagi proektsion orasidagi burchak bilan aniqlanadi. Bu erda magnit, haqiqiy /geografik/ azimut, qatlamning joylanish elementlarini bir-birlariga qarshi to’rt tomondan aniqlash, yozish va uning to’g’riligini tekshirish to’g’risida tushuncha beriladi. SHuningdek, o’quvchilar xaritani orientirlash va unga kompas yordamida qatlamning joylanish elementlarini tushurish
va yana xaritada qatlamning yo’nalish va tushish azimutlarini aniqlash bilan tanishadilar.
QATLAMNING JOYLANISHLARI Qatlamning buzilmagan gorizantal joylanishi. Qatlamning gorizontal joylanishiga katta maydonda qat-qatlanish yuzasi hamma vaqt gorizontal yoki shunga yaqin holatga yotishi xarakterlidir. CHo’kindi tog’ jinslari orasida dengizda hosil bo’lgan jinslar keng tarqalgandir. Ba’zan cho’kindilarning to’planishi dengizning ba’zi
qismlarida katta
bo’lmagan qiyaliklarda sodir bo’ladi. Gorizontal joylanishda har bir quyi qismdagi qatlam, uning ustki tomonidagiga nisbatan ancha
qadimgi bo’ladi. Qoyali relefda
suv ayrig’ichlarida ancha yosh qatlamlar bo’lib, vodiylarda esa ancha qadimgi bo’ladi. SHunday
qilib qat-qatlangan qavatlarning buzilmagan birlamchi joylanishlari gorizontal yoki deyarli gorizontal holatda bo’ladi. Qatlamning gorizontal joylanish belgilari: qoyali relefda qatlamning chegaralari gorizontallarga parallel bo’ladi; tekislik
relefida eng yosh qatlamni er yuzasiga chiqib turishi va keng maydonni egallashi; vodiy yon bag’irlarida va balandliklarida qatlam chegarasining gorizontal holatda bo’lishi; vodiyning ikkala yon bag’rida qatlamning balandlik otmetkasining bir xil bo’lishi; relef qiya yon bag’rining zinapoyasi gorizontal bo’lishi; eng qadimgi qatlamni relefining past qismida, yoshlari esa tepaliklarda /balandlikda/ uchrashi; yosh qatlamlarni daryoning yuqori, qadimgilarini esa uning quyi qismida er betiga chiqib turishi. YUqoridagi materiallarni o’zlashtirgandan so’ng talabalar qoyali relefdagi gorizontal holatdagi qavatlari geologik kesmalarni tuzish printsiplari bilan tanishadilar.
QATLAMLARNING QIYA, MONOKLINAL YOTISHI. Tektonik buzilishlari /o’zgarishlari/ga qatlamning qiya yotishi kiradi va qatlamning monoklinal yotishi uning xususiy ko’rinishidan biridir. Qiya yotishi yer qobigining harakati natijasida vujudga keladi.
Monoklinal yotish belgilari: qatlam yo’nalishiga qarshi tomonda yoshi Bo’yicha birin–ketin kelishining qaytarilmasdan almanishilishi: qatlamlarning azimutlari va qiyalik burchagining tengligi; relefning yon bag’rida qatlam chegaralariniqiya bo’lishi; vodiyning ikkala yon bag’rida qatlamning yo’nalishi bo’yicha turli balandliklarda bo’lishi; qatlamning yo’nalishiga qarshi tomonda relefning yon bag’irlarini qiya-zinasimon /assimetrik/ bo’lishi. O’quvchilar berilgan tema materiallarini o’zlashtirgandan so’ng, qoyali relef sharoitida monoklinal yotgan qatlamlarning, hamda er betiga chiqib turgan joylarida joylanish elementlariga qarab, qiya va unga qarama-qarshi yonbag’ri tomon tushuvchi gorizontalli xaritalarida geologik kesmasini tuzish printsiplari bilan tanishadilar.
QATLAMLARNING BURMACHANLIK BUZILMALARI. Tog’ jins qatlamlarining yaxlitliklari buzilmasdan to’lqinsimon egilgan joyni burmalar deb yuritiladi. Burma
elementlariga qanotlari, qulfi /egilgan va mulda/, burma burchagi, o’qlar yuzasi, sharnir /qanotlar tutashgan joyi/, o’qlar chizig’i, o’qi, eni, balandligi, uzunligi va yadrosi kiradi. Bu qismda talabalar burma elementlarini rejada va kesmada ko’rsatadilar. Yadrosidagi jinslarning yoshiga qarab burmalarning klassifikatsiyasi: antiklinallar va sinklinallar. O’quvchilar burmalarni bir-biridan farqlarini, ularni rejada va kesmada aks ettirish, burmalarni monoklinal qatlamlardan farqlari bilan tanishadilar. Qanotlarning tuzilishiga qarab
burmalarni klassifikatsiyasi: Oddiy burmalar va qanotlari murakkablashgan, ikkinchi va undan ko’p tartibli burmalar. O’quvchilar sharnirlari gorizontal va qiya bo’lgan qanotlari murakkablashgan burmalarni chizmalarini tuzadilar. O’qlar yuzasini holatiga qarab burmalanish klassifikatsiyasi: To’g’ri, qiya, ag’darma, yotgan, to’nkarilgan. Ularning bir-birlaridan farqlari rejada va kesmada ko’rinishlari bilan o’quvchilar tanishadilar. Burmalar qanotlarini formasi va qulfiga qarab klassifkatsiyasi: Izoklinal, elpig’ichsimon, qutisimon, o’rkachsimon. O’quvchilar yana fleksurani aniqlovchi belgilari va ularni rejaga va kesmaga tushirish bilan tanishadilar. Qatlamlarni qulf qismida darzliklar bo’ylab ko’tarilish natijasini buzilgan va yorib kirgan yadroli murakkab burmalarni shlyapa burma deb yuritiladi. SHarnirlarni holatiga qarab
burmalarni klassifikatsiyasi: gorizontal va qiya sharnirli burmalar va braxiburmalar; ularni bir-biridan farqlari va planga tushirish. Bu erda talabalarga pereklinallar va pentroklinallar, burmalarni unduktsiyasi, qatlamlarni ko’rinib turgan qalinliklarini qanotlarining burganliklariga bog’liklari burmani nisbiy yoshini aniqlash to’g’risida tushuncha beriladi. Xaritalar va joylarda burma belgilari: Burma qanotlarida qatlamlarni juft simmetrik uchrashi va ularning orasida juft bo’lmagan antiklinallarda ancha qadimgi
yoki sinklinallarda esa ancha yosh bitta qavat yadroni bo’lishi: uzun burmalarni yo’nalishiga qarshi tomonda antiklinal va sinklinallarni qaytarilishi; plandagi to’g’ri burmalarning qarshi qanotlarida jins qavatlarini bir xil kenglikka ega bo’lishi; qiyshiq burmalarda bir qanoti ancha tor, ikkinchisining ancha keng bo’lishi; ag’darilgan burmalarda qiyaligi oz qanotdagi qatlamning enini, qiyalikka ega bo’lgan qanotiga qaraganda ancha keng bo’lishi, qanotlarining qiyaligi bir xil bo’lgan izoklinal burmalarda yadroga qarama– qarshi qanotlarida bir xil kenglikka ega bo’lishi; gumbaz va muldtsalarda tog’ jinsi qatlamlarning joylanishi kontsentrik doira shaklida bo’lishi.
QATLAMLARNING UZIKLAR BO’YLAB BUZILISHI Dizyunktiv buzilish – tog’ jinslari bloklarini bir-biriga nisbatan uzilib ketishidan hosil bo’lgan tektonik moslanmaslikdir. Keng tarqalgan uzilmachanlikka uzilma
/sbros/ va aksuzilma /vzbros/ kiradi. Uzilmalarni elementlariga uzib tashlagich, osma va yotiq qanotlar, amplituda yoki uzilma balandligi /haqiqiy, vertikal, gorizontal, stratigrafik/ uzilma kengligi, /gorizontal, stratigrafik/, ko’tarilgan va tashgan qanot /yon/, uzibtashlagichning qiyalik burchagi kiradi. Uzilma va aks uzilmalar uzib tashlagichlarga qarab qiya /45 gacha/, tik /45 dan 80 gacha/ va verikal /80 dan 90 gacha/ bo’ladilar. Uzib tashlagichlari tushgan qanot tomon yotgan buzilmalarga uzilmalar, ko’tarilgan qanot tomon yo’nalganlariga aks uzilmalar kiradi. Uzib tashlagichning qiyalik burchagi 45 dan kam bo’lgan aks uzilmaga surilma /nadvig/ deb yuritiladi. O’zi uzilib chiqqan, ona jinsdan qiya yoki gorizontal yuza bo’ylab butunlay aloqasi uzilgan katta nadvig sharyaj deb yuritiladi. Burmachanlikka uchragan, nadvig sabali o’rnidan surilgan tog’ jins massasiga qoplam /pokrov/ yoki tektonik qoplamalar deb yuritiladi. Tog’ jinslarning ko’tarilib yoki pastga tushmasdan, bir-birlariga nisbatan uzilma tekisligi bo’ylab gorizontal tarafga qarab
Download 375.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling