To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keramik g‘ishtlar va toshlar.
- 3.4-rasm. Keramik g‘isht turlari.
3.4. Devorbop keramik buyumlar
Devorbop keramikaga oddiy keramik g ‘isht, turli effektiv keramik materiallar (kovakli, g ‘ovakli va kovakli-g‘ovakli g‘ishtlar, yengil, kovakli keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o ‘lchamli bloklar va g ‘isht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi. Keramik g‘ishtlar va toshlar. Keramik g ‘isht va toshlar oson eriydi gan gillar hamda qo‘shimchalar qo‘shilgan gillar asosida tayyorlanadi va asosan bino, inshootlar tashqi hamda ichki devorlarini qurishda ishlatiladi. G ‘isht va keramik toshlar oMchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: oddiy g ‘isht 250x120x65 mm (3.3, a rasm), modulli 250x120x88 mm. (3.3 -b rasm), yirik 288x 138x65 mm (3.3, d rasm), oddiy tosh 250x 120x 138 mm. (3.3-rasm e), yirik tosh 250x138x138 mm ( 3 .3 ,/ rasm), modulli tosh 250x250x 138 mm (3.3, g rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar 250x250x 120 mm va 250x250x80 mm (3.3, h, i rasmlar). G ‘ishtlarda o‘lchamlardan chetga chiqish uzunligi bo‘yicha 5 mm, eni bo‘yicha 4 mm. va qalinligi bo‘yicha 3 mm. gacha ruxsat etiladi. G ‘isht va tosh normal pishirilgan bo‘lishi kerak. Yetarli darajada kuydirilmasa (alvon rangli) mustahkamligi past, suvga va sovuqqa chidamli bo‘lmaydi, o ‘ta pishgan g ‘isht va tosh esa jud a zich, mustahkam, lekin issiq o ‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi. 35 3.4-rasm. Keramik g‘isht turlari. g'isht: a) oddiy ;b) modulli; d) yiriktosh; e) oddiy; f) yirik: g) modulli; h) va i) kovaklari gorizontal joylashgan. Keramik g ‘isht va toshlarning tashqi nuqsonlari quyidagicha izohlanadi: o ‘lcham lardagi o ‘zgarishlar, qirra va qovurg‘alarining notekisligi, uchganligi, darzlar va h.k. Nuqsonli g ‘ishtlar umumiy g ‘ishtlar sonining 5 foiz qismidan oshmasligi kerak Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha g ‘isht quyidagi markalarga bo‘linadi: 75; 100; 125; 150; 175; 200 va 300. G ‘isht va toshlarning sovuqqa chidamliligi F 15, F 25, F 35 va F 50 sikl bo‘ladi. Suv shimuvchanligi 150 markadagi to‘liq g ‘isht uchun 8 foizdan kam emas, yuqori markadagi to‘liq g ‘ishtlar uchun 6 foizdan kam bo‘lmasligi shart. G ‘isht va toshlarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti 0,71- 0,82 W/(m.°C). G ‘isht va toshlar quruq holda o‘rtacha zichligi bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi: - Oddiy - o ‘rtacha zichligi 1600 kg/m3 gacha; - Shartli - effektiv - o ‘rtacha zichligi 1400-1600 kg/m3 gacha; - Effektiv - o‘rtacha zichligi 1400-1450 kg/m3 gacha. G ‘ isht va toshlarning kovaklari yuzaga nisbatan parallel yoki perpendi- kulyar, ikkala yoki bir tomoni ochiq bo‘ladi. Ochiq silindrik kovaklaming diametri 16 mm. gacha, tirqishsimon kovaklarning eni 12 mm. gacha bo‘ladi. Effektiv g ‘isht va toshlarning ishlatilishi tashqi devor qalinligini (material sarfini) 40 foizga kamaytiradi. 36 Zavoddan iste’molchiga yuborilayotgan g ‘isht partiyasi pasportida g ‘ishtning turi, o ‘rtacha zichligi, sovuqqa chidamliligi va bu ko‘rsatkichlar aniqlangan Davlat standard (RSt) ko‘rsatiladi. Oddiy va modulli to‘liq plastik presslangan g ‘ishtlar ichki va tashqi devorlar, sokol va’-flgydevorlar, pollar qurilishida ishlatiladi. Yarim quruq usulda olingan to‘liq g ‘isht va kovakli g‘ishtlar sokol va poydevorlaming doimo suv tegib turadigan qismida ishlatilmavdi. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling