To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Maxsus keramik materiallar va buyumlar
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.7-rasm. Cherepitsa turlari.
3.6. Maxsus keramik materiallar va buyumlar
Cherepitsa. C herepitsalarning oson eriydigan gillardan, pazli shtamplangan, pazli tasmasimon, yassi tasmasimon va konussimon turlari ishlab chiqariladi (3.5-rasm). Cherepitsa ishlab chiqarishdagi jarayonlar keram ika texnologiyasi singaridir. Cherepitsa tombop mustahkam, atm osfera muhitiga chidam li, olovga bardoshli material bo‘lib, 300 yilgacha xizmat qiladi. Cherepitsa massasining kattaligi, tomga o ‘matish nishabining yuqoriligi (30 foiz kam emas), tomga yopish jarayonida qo‘l 39 f mehnatining ko‘pligi uning kamchiligi hisoblanadi. Cherepitsa tomda biri ikkinchisining ustiga chok bostirib qo‘yilgani uchun foydali yuzasi 50-85 foiz tashkil etadi. Cherepitsaning suv shimgandagi massasi 50-60 kg/m2 bo‘lishi mumkin. Sovuqqa chidamliligi esa F 25 dan kam bo‘lmasligi shart. Cherepitsa, asosan, turar-joy, m a’muriy va qishloq xo‘jalik binolari tomlarini yopishda ishlatiladi. Cherepitsa Yevropa mamlakatlari qurilish tizimida ko‘p tarqalgan, hozirgi kunda cherepitsa 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda va qurilishda ishlatilmoqda. 3.7-rasm. Cherepitsa turlari. Sanitariya-texnika buyumlari - umivalnik, unitaz, bide, rakovina, pissuar, yuvish bachoklari va shu kabilar chinni, yarim chinni, fayans va shamotlangan massalardan tayyorlanadi. Ular xomashyosini kaolin, oq gil, dala shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, eruvchan shisha va soda turli miqdorda tashkil etadi. Buyumlar oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi hamda pishiriladi. Buyumlar gips qoliplari quyma usulda olinadi. Kanalizatsiya va drenaj quvurlari - oqava, zax, yomg‘ir, chiqindi suvlarni oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya quvurlari plastik qiyin eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi. Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000 - 1500, ichki diametri 150-600 mm. Bir tomoni quvurlarni biriktirish m aqsadida rastrub holda yasaladi. Uning suv shimuvchanligi 8 foiz kam bo‘lishi, kislotaga bardoshligi 93 foiz, suv o ‘tkazmasligi shart. 40 Drenaj quvurlari oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida olinadi. Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab chiqariladi, sho‘rlangan yerlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi. Uzunligi 500 mm. gach^ ichki diametri 50-250 mm. Klinkerlig‘isht-g iiter to‘la pishirib olinadi. 0 ‘lchamlari 220 x 110*65 mm. Siqilishdagi mustaHfcamlik chegarasiga ko‘ra 3 markaga - 1000, 700 va 400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2-6 foiz, sovuqqa chidamligi F 50-F 100. Klinkerli g ‘isht yo‘l va ko‘prik-kanalizatsiya, kollektorlam i qoplashda ishlatiladi. Kislotaga chidamli g ‘isht oliy'ya birinchi kategoriyalarda A, В va О klasslarda tayyorlanadi. G ‘isht shakl jihatidanto‘g‘ri burchakli, ponasim on, radial va fason turlarga bo‘linadi. G ‘ishtning o ‘lchamlari 230x113x65 va 230x113x55 mm. G ‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa, kislotaga bardoshligi 96-98,5 foiz va termik bardoshligi 5-25 sikl. G ‘isht qurilish konstruksiyalami kislota muhitidan himoyalashda ishlatiladi. Kislotaga chidamliplitkalar - oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: chinnili kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksi yalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSh) va shamotli termokislotaga bardoshli (TKSh) kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ponasimon va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi. Plitka uzunligi va eni 50-200, qalinligi 15-50 mm, suv shimuvchanligi 0,4—8 foiz, kislotaga bardoshligi 97-99 foiz, siqilishdagi mustahkamligi 10-15 MPa, egilishdagi mustahkamligi 10-40 MPa, sovuqqa chidamligi F 15, F 20 va termik bardoshligi 2-10 sikl. Plitkalar qurilish konstruksiyalarini kislota ta ’siridan himoyalashda ishlatiladi. Kislotaga chidamli quvurlar - tashqi va ichki tomonlari kislotaga bar-doshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini o ‘ta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o ‘g ‘itlar ishlab chiqarish, se!luloza-qog‘oz sanoatida ishlatiladi. Olovbardosh keramik materiallar olovbardosh (1580-1770°S), olov- bardoshligi yuqori (1770-2000 °S) va olovbardoshligi o ‘ta yuqori (2000 °S yuqori) turlarga bo'linadi. Ularga g ‘isht, blok, plita va fason elementlari kiradi. Olovbardosh materiallar mineral tarkibiga ko‘ra qumtuproqli, alumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo‘ladi. Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida tayyorlanadi. Olovbardoshligi 1710-1750 °S, siqilishga mustahkamligi 41 15-35 MPa. Ular sanoat xumdonlari (marten, koks, sement) ichini qoplashda ishlatiladi. Alumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610 - 1710°S, siqilishga m ustahkamligi kamida 10 MPa, koks, shisha eritadigan xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi. Shamotli olovbardosh buyumlar olovbardosh gil va shamot asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1710-1730 °S, siqilishdagi mustahkamligi 10-12,5 MPa. Ular domna, keramika xumdonlari, bug‘ qozonlari ichini qoplashda ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45 foiz ortiq A120 3 bo‘lgan xomashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning olovbardoshligi 1770-2000 °S bo‘lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling