To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


 G ‘ovakli keramik to‘ldirgichlar


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

3.7. G ‘ovakli keramik to‘ldirgichlar
Keramzit - tarkibida kimyoviy bog‘langan suvi ko‘p boMgan oson 
eriydigan gillarni tez qizdirish natijasida ko ‘pchitib olingan g ‘ovak 
material. Gilning ko‘pchishini oshirish uchun ko‘mir kukuni, qipiq, pirit 
kuyindilari va shu kabilami qo‘shish mumkin. Keramzit tayyorlash j arayoni 
keramik materiallar olish jarayoni singari bo‘lib, keramzit soqqachalari 
aw al tayyorlanib keyin xumdonda kuydirib olinadi, zarur bo‘lsa, keramzit 
maydalanadi. Keramzit soqqachalari granulator, tasm ali press lar va 
teshikli vallar yordamida tayyorlanadi. Xomashyo qurilish barabanlarida 
quritilgach, aylanma pechlarda 25-45 daqiqa davomida pishiriladi.
Keramzit shag‘ali 5-10, 10-20 va 20^40 mm. fraksiyalarda, qumi esa
5 mm. gacha bo‘ladi. 0 ‘rtacha zichligiga nisbatan keramzit shag‘ali 150, 
200, 250, 300, 350, 400,450, 500, 550, 600, 700 va 800 kg/nv markalarda 
bo‘ladi. Keramzitning silindrda siqilishga sinalgandagi markasi 0,3-5,5 
MPa. Suv shimuvchanligi 15-25 foiz, sovuqqa chidamligi F 15. Keramzit 
yengil betonlar uchun to‘ldirgich va issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida 
ishlatiladi.
Agloporit - gil va k o ‘m ir kukuni aralashm asi granulalarini 
(soqqachalar) aglomeratsiya panjarasida pishirib olinadi. Aglomeratsiya 
panjarasida 
25-45 daqiqa davomida pishirilgan xomashyo palaxsasi 
sovitilgach, maydalanadi va fraksiyalarga ajratiladi. Uning o ‘rtacha 
zichligi 300-1000 kg/m3 siqilishga mustahkamligi 0,3-3MPa. Agloporit 
keramzit singari yengil betonlar olishda, issiqlik izolyatsiyasi materiali 
sifatida ishlatiladi.
42


IV BOB. SfflSH A . SHISHA BUYUMLAR VA SITALLAR
4
4.1. Umumiy ma’lumotlar
Shisha va shisha tayyorlash jarayoni Misr, Mesopotamiya, Gretsiya 
va Rimda eramizdan aw algi 30-40-asrlarda m a’lum bo‘lgan. Keyinchalik 
Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi 
turli hududlardan kirib kelgan. 0 ‘zbekistonda mustaqillik tufayli shisha 
va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar ko‘paymoqda. Bunga 
1996-yilda ishga tushirilgan Chirchiq va Quvasoy shisha zavodlari misol 
bo‘la oladi. Ularda bir tomonlama nur o ‘tkazuvchi, shisha paket, rangli va 
uch qatlamli shishalar ishlab chiqariladi.
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jihatlari bilan klasslaiga bo‘linadi: 
kimyoviy tarkibiga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va shu 
kabilar); kislorodsiz (galogenli, nitratli va shu kabilar); ishlatilish sohasiga 
ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik va shisha tolalar.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling