To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-rasm. Tasmali hamda vakuumli press.
- B uyum larni pishirish.
1 1 -
л&ь. ЛУ/Л у / -- _EL_fe-a!___Q __£ z 3L 3.1-rasm. Keramik g‘isht ishiab chiqarish texnologik sxemasi. 1. gil karyeri; 2. ekskavator; 3. gil zaxirasi; 4. vagonetka; 5. yashikli uzatgich; 6. qo ‘shimchalar; 7. begunlar; 8. valeslar; 9. tasmali press; 10. keskich; 11. taxlovchi moslama; 12. telejka; 13. quritish xonalari; 14. tunnel pechi; 15. о ‘ziyurar telejka; 16. omborxona. 33 3.2-rasm. Tasmali hamda vakuumli press. 1. shnekli val; 2. presslovchi golovka; 3. munshtuk; 4. gilli brus; 5. parrak; 6. vakuum-kamera interval; 7. panjara: 8. gilni ezg 'ilovchi moslama. Buyumlarni quritish. Buyumlarni pishirishdan avval 5-6 foiz namlikgacha quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o‘zgarishi mumkin. Buyumlar tabiiy va sun’iy usulda quritiladi. Buyumlar tabiiy usulda 1 0 - 1 5 kun bostirmalarda quritiladi va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buyumlar sun’iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (120 - 150°S) bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi. B uyum larni pishirish. Pishirish keram ik buyum lar ishlab chiqarishning oxirgi va hal qiluvchi jarayonidir. Mazkur jarayon shartli ravishda uch bosqichga bo ‘linadi: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100 - 120 °S qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv chiqib ketadi. Harorat 450 - 750 °Sko‘tarilganda, kinyoviy bogiangan suv chiqadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib, amorf holatga o ‘tadi. Harorat 800 - 900 °S yetganda oson eriydigan birikmalar eriydi va komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000 - 1200 °S haroratgacha qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga 34 qarab 2-8 foizni tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon holatga o ‘tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa xjjmdonlarda pishiriladi. Halqasimon j^^Jidon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon xumdonda olov markazi maxsus moslama vositasida boshqa zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi. Halqasimon xumdonlarda, asosan, g ‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900 - 1100 °S bo‘lib, bu jarayon 3 - 4 sutka davom etadi, harorat kanal bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling