Shisha massasiga kaolin, dala shpati (A120 3) kiritilishi uning mustah-
kamligini, termik va kimyoviy chidamliligini oshiradi. Shisha xomashyosi
tarkibiga B20 3 qo‘shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi
kamayadi. ZnO shishaning haroratdan chiziqli kengayish koeffitsiyentini
kamaytiradi va termik chidamliligini oshiradi.
PbO optik shisha va billur
tayyorlashda ishlatiladi.
Shisha olish «qayiq» usulida bo‘lib, cheksiz shisha tasmasini tortish
demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va
ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.
4.3. Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari
Shisha to‘g ‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi sababli
xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas.
Bundan tashqari, shishaning
muayyan erish harorati bo‘lmaydi.
Shishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o ‘rganish uning
tarkibida mikrokristall hosilalar - kristallitlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Shishaning bu holati uning «mikrogeterogenligi» deyiladi. Kristallitlik
nazariyasi asosida
xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi kam shishalar
- sitallar yaratiladi. Shishaning o‘ziga xos strukturasi uning shaffofligini,
mo‘rt!igini, atmosferamuhitiga, olovga chidamliligini, harorato‘zgarishiga
ta’sirchanligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: