To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

4.1-rasm. Taxta oyna.
Issiq nurlarni yutuvchi oynaning kimyoviy tarkibida temir, kobalt, 
nikel oksidi boMadi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bog‘chalari, 
gulxona, qishki bog‘ qurilishda ishlatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib, xona 
ichi ko‘rinmasligi uchun deraza va eshik romlariga o‘matiladi. Gulli oyna 
quyilayotganda maxsus valiklardan foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna 
esa qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi.
Armaturalangan oyna - kuydirilgan, xromlangan, nikellangan polat 
to‘r bilan kuchaytirib tayyorlanadi. Bu oyna silliq va toiqinsim on bo‘lib, 
oyna sindirilganda sochilib ketmasligini ta’minlaydi. Uning uzunligi 1200
- 2000 mm., eni 400 - 1500 mm.
46


4.2-rasm. Armaturalangan oyna.
Toblangan oyna - oddiy oynani 540-650 °S haroratda qizdirib va 
asta-sekin sovitib olinadi. Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi 
mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar yuqori. Toblangan 
oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya to ‘siqlari va boshqalar 
tayyorlashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oyna -  shixta tarkibiga qo‘ig‘oshin, 
litiy, bor, kadmiy va seziy oksidlari (0,25-1,5 foiz) qo‘shilib tayyorlanadi. 
U lar atom e lek tro stan siy alarid a, reak to r x o n alarid a, izo top lar 
tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi.
K o‘p qavatli oyna (tripleks) - oddiy va armaturalangan bo‘lib, 
asosiy va oraliq (amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi 
sindirilgani-da, maydalansa ham sochilib ketmaydi.
Issiqqa bardoshli borosilikatli oyna -  tarkibida bor, rubidiy va litiy 
oksidlari bo‘ladi. U 200 °S haroratga chidaydi va haroratdan chiziqli 
kengayish koeffitsiyenti (2-4 T 0 6)°S '.
4.5. Bezak oynasi
Bezak oynasi me’morchilik, dekoratsiya ishlarini bajarishda ishlatiladi. 
U rangli, yorqin, yaltiroq, atmosfera muhitiga chidamli va mustahkam 
bo‘lishi kerak. Bezak panellari oynasi (stemalit) toblangan polirovkalangan 
qalin oyna (6 mm.) ichki yuzasiga rangli keramik bo‘yoqlar qoplamasi 
surtilib olinadi. Stemalit jam oat binolari - mehmonxonalar, vazirliklar, 
ekspomarkazlar va shu kabilami bezashda ishlatiladi.
Marbilit qalin(12 mm.) rangli oyna bo‘lib, birtomoni polirovkalangan 
va ikkinchi tomoni esa g ‘adir-budur bo ‘ladi. U binolarni bezashda, 
deraza osti taxtalari, sotuv vitrinalari, ish stollari tayyorlashda ishlatiladi.
47


Emallangan shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, qalinligi 
3-5 mm. chiqindi oynadan shisha emali qoplab tayyorlanadi. U quritilgach, 
xumdonda kuydiriladi. Mahsulot binolami ichki bezagi uchun ishlatiladi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling