berish uchun kristallanish
katalizatorlari - titan, litiy, sirkoniy va shu
kabilar birikmalari eritilgan holatida aralashtiriladi. Sitall olishda shixta
qo‘shimcha
issiqlik bilan qayta ishlanadi; bunda shisha kristallanadi va
muayyan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Sitallar kulrang, qora, jigarrang,
krem rangida, shaff^f va xiralashgan bo‘ladi.
Ular atmosfera va agressiv
m uhitlarga, yuqori'iKaroratga bardoshli. Sitallarning siqilishidagi
mustahkamligi 500MPa, issiqqa bardoshligi 200-700 °S, hatto, 1000 °S
bo'ladi.
Shlak sitall - metallurgiya shlaki, kvars
qumi va kristallizatorlami
maxsus xumdonlarda aralashtirib tayyorlanadi. Kristallizatorlar titan,
fosfor oksidlari,
ftor tuzlari, tem ir va marganets sulfatlari massaga
nisbatan 4—5 foiz qo‘shiladi. Shlaksitall oq rangli, yassi
va maxsus yuzali
(sayqallangan, polirovkalangan) holda chiqariladi. Uning yuzasiga keramik
sirlovchi materiallar bilan istalgan rang berish mumkin. Shlak sitallning
o ‘rtacha zichligi 2500-2600 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik 500-600
MPa, egilishdagi mustahkamligi 90-130MPa, elastiklik moduli 11 -10*
MPa, ishlatilish harorati 950 °S gacha. Shlaksitall kimyoviy muhitlarga
chidamli, suv o ‘tkazmaydi, kam yediriladi. U trotuar, yo‘l qoplamalarida,
bardyur toshlari o‘mida, binolami ichki
va tashqi tomonlardan bezashda,
devorbop buyumlar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: