Kichik qurilish maydonlaridabo‘lak-bo‘lak ohak maxsus xandaqlarda
suv bilan aralashtirilgan holda kamida ikki hafita davomida so‘ndiriladi.
Bu usulda ohak so‘ndirilganda so‘nmagan zarrachalar miqdori m e’yordan
oshmasligi shart.
O hakning qo^ghi.
Havoyi ohak so‘ndirilgach
ochiq havoda asta-
sekin quriydi va havo tarkibidan C 0 2, gazini olib qotadi:
C a(0H )2+ C 0 2=CaC 03+H20
Ohak bog'lovchisi qotish jarayonida Ca(OH)2 zarrachalari bir-biriga
yaqinlashadi, zichlashadi, kristallanadi va mustahkam
qurilish materiali
hosil bo‘ladi. Ohak materiallari mustahkamligini tezlikda oshirish uchun
ulami issiqlik bilan qayta ishlanadi.
S o ‘ndirilmagan kukun ohakni avvaldan so‘ndirmasdan
maxsus
tegirmonda kukun holatga keltirib tayyorlanadi. Bu ohak asosidagi qurilish
qorishmalari tez qotadi.
Ohak tarkibiga 90-150 foiz suv kiritilganda ohak bevosita material
ichida gidratlansa, (CaOHzO) CaO ning gidratatsiya
va kristallanish
jarayonlari tezlashadi. Gidratatsiya jarayonida ajrab chiqqan issiqlik
qurilish qorishmasi va betonning qotishini tezlashtiradi.
Uning tarkibiga kukun holatdagi mineral qo ‘shimchalar (shlaklar,
kullar, ohaktosh va shu kabilar) qo‘shiladi. Bu turdagi ohak bog‘lovchisi
tayyorlangandan keyin darhol ishlatilgani m a’qul, aks holda mahsulot
havodan namni olib, bog‘lovchilik xususiyatini yo‘qotadi.
O hak b og‘lovch isin in g asosiy xossalari.
Sifatiga
qarab havoyi
ohak sanoatda 3 xil navda ishlab chiqariladi. So‘nish tezligiga nisbatan
havoyi ohak tez so‘nadigan (8 daqiqagacha), o ‘rtacha tezlikda so‘nadigan
(25 daqiqagacha) va sekin so ‘nadigan (25 daqiqadan ko‘p) turlarga
bo‘linadi. To‘yingan so‘ndirilmagan ohakning maydalik darajasi №02
va №008 elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi.
Elaklardagi qoldiqlar
1,0 va 15 foiz bo‘lishi kerak. Uning to‘kma zichligi 800 - 1200 kg/m3.
Havoyi ohak mustahkamligi jihatidan mineral bog‘lovchilar o ‘rtasida eng
pasti hisoblanadi. Ohak asosidagi qurilish qorishmalarinirg siqilishdagi
mustahkam chegarasi, so‘ndirilgan
ohak ishlatilganda, 0,4 - 1,0 MPa
b o iad i. Shuning uchun havoyi ohak navlari mustahkamligi bo‘yicha
emas, balki uning tarkibiga nisbatan belgilanadi. Ohaktosh tarkibida
tuproqsimon va boshqa qo‘shimchalar kam bo‘lsa, ohak aktivligi shuncha
yuqori, so‘nishi esa tez bo‘ladi.
55