To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Tamponaj portland sement
 
- klinker, gips va turli qo‘shimchalar 
asosida olinadi va asosan neft va gaz buig‘ulash ishlarida ishlatiladi. Sement 
sovuq (22±2°S) va issiq (75±3°S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. U 
og‘irlash-tirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi 
kamaytirilgan turlaiga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab egilishdagi 
mustahkamlik chegarasidir.
Giltuproqli sement
 
- klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. 
Sement sifatiga kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) C a 0 A l20 3 S i0 2ta ’sir 
ko‘rsa-tadi. Bir kalsiyli alyuminat C a0A I20 , giltuproqli sementning tez 
qotishini belgilaydi. Sement tarkibida Ca0-2A1203 ham qisman bo‘ladi. 
Sement muhit harorati 25°S gacha bo‘lganda yuqori mustahkamlikka 
erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sutka erishgan 
mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 500, 600 markalarda 
ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 daqiqa keyin, oxiri 
esa 12 soat. Sement tarkibida Ca(OH)2va C3A ning bo‘lmasligi uning 
korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga chidamliligini ta’minlaydi.
71


Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani 
uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatilmaydi.
U maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga 
chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar. 
Kengayuvchan sement 
ko‘p komponentli bo‘lib, aktiv komponent 3Ca0-Al20 3-3CaS04-32H20 . 
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70 foiz). gips (20 foiz) va 
yuqori tartibli kalsiy gidroaluminati (10 foiz) kukun holda aralashtirilib 
olinadi. Bu turi tez qotadi va suv muhitiga chidamli bo‘ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqori giltuproqli klinker yoki 
shlak va tabiiy gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin 
aralashtirib olinadi. U suvda kengayadi, quruq sharoitda kirishmaydi.
Kengayuvchan portland sement (KPS) klinker 58-63 foiz, giltuproqli 
klinker (shlak) - 5-7 foiz, gips -7 -1 0 foiz, aktiv mineral qo‘shimchalar 
-2 3 -2 8 foiz komponentlami birgalikda maydalab, tuyib olinadi. KPS dan 
tavyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, 
bug1 bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sutka 
davomida kengayadi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling