Tog’ jinslarining granulometrik tarkibini tajriba orqali aniqlash (elak usuli) Ishning maqsadi
Download 3.24 Kb.
|
Tog’ jinslarining granulometrik tarkibini tajriba orqali aniqlas-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elaklash tahlili
- Ish jarayoni
Tog’ jinslarining granulometrik tarkibini tajriba orqali aniqlash (elak usuli) Ishning maqsadi Tog’ jinslarining granulometrik tarkibini tajriba orqali aniqlash (elak usuli)Ishning maqsadi:Таlаbаlаrni tog` jinslarining donadorlik tarkibini o’rganish usullari bilan tanishtirish. Tog` jinslarining donadorligi deb, ularning har xil kattalikdagi zarrachalardan qanday miqdorda tashkil topganligiga aytiladi. Neft saqlovchi tog’ jinslari tarkibi asosan 0,5 dan 0,05 mm diametrda bo’lgan zarrachalardan tashkil topgan. Zarrachalar o’lchamiga kura asosan 4guruhga bo’linadi: psefit psammitlar, , alevritlar va pelitlar. Birinchi guruh-psefitlar asosan 2mm dan katta bo’lgan tog’ jinslaridan tashkil topgan. Ikkinchi guruh-psammitlar asosan 2-0,1mm dagi zarrachalardan tashkil topgan. Uchinchi guruh-alevritlar asosan 0,1-0,01mm dagi zarachalarni o’z ichiga olgan va to’rtinchi guruh-pelitlar 0,01 mmdan kichik bo’lgan zarachalar kiradi. Tog’ jinslarini granulometrik tarkibini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Nisbatan ko’p tarqalganlaridan elash va sedimentatsiya usullari, yengil va o’rta sementlangan tog’ jinslariga qo’llaniladigan va mikroskop ostida tekislanib o’rganiladigan usul, o’rta va yuqori sementlangan tog’ jinslari uchun. Elaklash usuli asosan psammit guruhidagi zarrachalarga qo’llaniladi, sedimintatsiya usuli esa alevrit va pelit guruhidagi zarrachalariga qo’llash afzal.Elaklash tahliliKerakli asbob uskunalar va aparatlar. Agatli maydalagich va pestik rezinali uchi bilan, analitik tarozi turli xil toshlari bilan, standart katakchalar to’plami va mo’yqalam.Aparatlar ta’rifiOdatda elaklash usulini o’tkazish uchun matoli tolali va ipak tolasidan yasalgan elaklardan foydalaniladi. Bu elaklarni o’lchami ularning bir dyum uzunlikda yotgan teshiklari soni buyicha aniqlanadi.Standart elak 11 ta katakdan tashkil topgan.Qurilma haqida malumot 1.1-jadvalda ko’rsatilgan.Ish jarayoniTozalangan va quritilgan tog’ jinsi namunasini tashkil topgan donalarni agatli maydalagich va pestik rezinali uchi bilan maydalashadi. Maydalashning boshqa turlarini qo’llash ham mumkin faqat donadorlik saqlansa bo’lgani. Maydalanilgan qumdan 150 g namuna olinadi.Namuna aniqligi 0.01g.namuna qumini ustma-ust kataklar kichrayib borishi ketma-ketligi tarzda quyilgan elaklar to’plamiga to’kiladi, bu ketma-ketlik 1.1-jadvalda ham ko’rsatilgan. 15 daqiqa ichida elaklar to’plamini elanadi va undan turli o’lchamdagi qum donalari bo’lingan holda olinadi. Elaklashni tugatgach har bir elaklar qumini alohida oq qog’ozlarga tukiladi muyqalam yordamida tozalagan holda.Har bir elak qumini o’lchash natijasida donadorlar vaznini aniqlanadi.Og’irlik o’lchash aniqligi 0.1 g bo’lishi kerak. Umumiy qum og’irligi 150g qumni foiz ko’rinishida 100% deya qaraymiz va elakdan chiqqan qum turlarini hisoblay boshlaymiz. Izlanish jarayonida umumiy qum yo’qotish 1% dan oshmasligi kerak.http://fayllar.org Download 3.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling