Tog‘ turizmi: Qulay sharoit, imkoniyat va daromadlar


Download 1.76 Mb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1151926
  1   2   3   4
Bog'liq
Tog‘ turizmi Anorboyev Otabek

Mavzu Tog‘ turizmi: Qulay sharoit, imkoniyat va daromadlar

Tayyorladi: Anorboyev Otabek

Tekshirdi: Aliyeva Mahbuba


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI
AGROIQTISODIYOT VA TURIZM HAFEDRASI
TURIZM YONALISHI

Reja:

  • KIRISH
  • O‘zbekistonda xalqaro tog‘ turizmini rivojlantirishning birinchi markazi Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida joylashgan Zomin tog‘idir.
  • “Samarqand – Omonqo‘ton g‘ori“ marshruti.
  • “Samarqand – Kamongaron“ marshruti.
  • “Buxoro – Sarmishsoy“ marsh­ruti.
  • XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

  • Keyingi vaqtlarda Yevropa mamlakatlarida tog‘-g‘or turizmi ancha rivojlandi. Dunyoning ko‘p­gina mamlakatlarida turistik ekskursiyalar uyushtiriladigan g‘orlar 1250 dan ortiq. O‘zbekistonda dunyoga mashhur o‘nlab g‘orlar bo‘lishiga qaramay, birorta g‘or turistik ekskursiya tashkil etish uchun tayyorlanmagan.
  • Turizm dunyodagi ko‘pgina davlatlar iqtisodiyotining muhim daromad manbai sanalsa, rivojlanayotgan mamlakatlarni barqaror taraqqiy ettirish konsepsiyasida tog‘ turizmining o‘rni alohida.
  • 2005 yilda dunyo bo‘yicha 338 million odam tog‘ turizmi industriyasi bilan shug‘ullangan va yillik daromad 7,2 trillion AQSh dollarini tashkil etgan. Hozirgi vaqtda yevropaliklarning qariyb yarmi tog‘li joylarda dam olishni ma’qul ko‘radi. Har xil taassurot qoldiruvchi xilma-xil tabiiy geografik ob’yektlarni kesib o‘tuvchi marshrutlar turistlar orasida katta qiziqish uyg‘otadi.
  • Masalan, Yaponiyada “tezyurar po­yezdlar tizimi“ mamlakatning asosiy shahar markazlarini baland tog‘lar bilan, Shveysariyada trolleybuslar shaharni tog‘ muzliklari bilan bog‘laydi. Bunday misollar Shimoliy Amerikada ham mavjud.
  • Tog‘ relefi tekislikka nisbatan nafaqat landshaft, estetik jihatdan qulayliklarga ega, balki tog‘ning sof musaffo havosi ultrabinafsha nurlarining ko‘pligi, turli xil sport turlarini tashkil qilish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham Yevropada Alp, Osiyoda Himolay, Afrikada Atlas, Amerikada Kordilera xalqaro tog‘ turizmi rayonlari bo‘lib qoldi. Ayniqsa, Alyaska, Kanada tog‘larida, Grenlandiya bo‘ylab turistik marshrutlar juda ham mashhur bo‘lib, har yili bu yerga 1,5 million nafardan ortiq turist keladi. Rossiyada Oltoy, Teber, Ural va Boshqird tog‘larida esa ko‘p kunlik otda oshib o‘tish turistik marshrutlari rivojlangan.
  • Yurtimizning so‘lim tog‘i maskanlarida ham otda yurish turizmini rivojlantirish uchun imkoniyatlar bor. Bundan tashqari, tog‘larning yonbag‘rida ko‘pgina mamlakatlardagi kabi g‘orlarga ekskursiya uyushtirishni tashkil etish katta foyda keltiradi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling