To‘g‘onlar suv oqimini to‘sib, oldidagi suv sathini ko‘taruvchi gidrotexnik inshootlardir


Download 38 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi38 Kb.
#1171624
Bog'liq
KIRISH




Kirish
To‘g‘onlar – suv oqimini to‘sib, oldidagi suv sathini ko‘taruvchi gidrotexnik inshootlardir. To‘g‘onlar vazifasiga ko‘ra, suvni ko‘tarish balandligi, yuqori befdan pastki befga suv o‘tkazish usuli va qurilgan matYeriali bo‘yicha sinflarga ajratiladi.
Tuproq to‘g‘onlarni ko‘tarish uchun turli tuproqlar: qumoq, qumloq, qum, qum-shag‘al qo‘llaniladi. Ko‘rsatilgan tuproqlar past yoki yuqori darajada suv o‘tkazuvchandir. SHuning uchun to‘g‘on oldida suv ko‘tarilishi, unda filtratsiya oqimini hosil qiladi. U to‘g‘on orqali o‘tib, bosimini bir qismini yo‘qotadi va pastki qiyalikdan chiqadi. Bu qiyalik mustahkamligini kamaytiradi va suv omboridan suvni chiqib ketishiga olib keladi. Suv o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan qumli, qumloqli va boshqa tuproqlardan qurilgan to‘g‘onlarda suv omboridan suvni yo‘qotilishini kamaytirish uchun suv o‘tkazmaydigan tuproqlardan maxsus to‘siqlar (yadro yoki ekran) qilinadi. Ekran to‘g‘onning yuqori qiyaligi bo‘ylab boshidan filtratsiya oqimini yo‘lini to‘sish maqsadida joylashtiriladi. Ekranlar uchun beton, temir-beton, bitum va polimYer plyonkalardan foydalanish mumkin. Lekin, beton va temir-beton ekranlar qimmat, konstruksiyasi bo‘yicha murakkab, bitumdan qilinganlari esa qiyalik bo‘yicha sidirilib tushishga moyildir.
Gitrotexnik inshootlar qurilishida yer ishlarini mexanizmlarda bajarishning asosiy tamoyillari, texnologik jarayonlar, umumqurilish ishlarida yer ishlarining o‘rni, umuman qurilish va yangi texnika-texnologiyalar yaratish yo‘nalishidagi hukumat qarorlari , ulardan kelib chiqadigan masalalar, kurs loyihasini bajarish jarayonida shunga o‘xshash masalalarning yechilishi kabilar haqida yoziladi.
Mustaqilligimiz davrida ko‘plab gidrotexnik inshootlar qurildi. Ularga misol qilib , Ohangaron, Rezaksoy, To‘polong gidrotexnik inshootlari bo‘g‘inlarini keltirish mumkin. Kurs loyihasini bajarish jarayonida shu inshootlar qrilishi tajribasidan ham foydalanish tavsiya etiladi.


Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling